Sobirova Noiba Zafar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Etimologik tahlil asosida talabalarning mantiqiy fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ona tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7534
lmiy rahbar: Yozieva Umida Lutfullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.11.04
Rasmiy opponentlar: Nurullaeva Shahlo Uktamovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Shaxmurodova Diljahon Almardanovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi etimologik tahlil asosida talabalar mantiqiy fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish imkoniyatlari aniqlashtirilgan; bunda kasbiy kompetensiyalarning pragmatikligini ta’minlashga xizmat qiluvchi shaxsga yo‘naltirilganlik, individuallik va ko‘p darajalilik yondashuvlarining integrativ yaxlitligi ilmiy asoslangan;
talabalarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish modeli mantiqiy amallar (analiz, sintez, taqqoslash, induksiya, deduksiya) va etimologik tahlilning didaktik arxitektonikasini prakseologik tartiblash (oddiydan murakkabga o‘tish algoritmi) hamda diagnostik va tatbiqiy bosqichlar uzviyligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish texnologiyalari antropologik yondashuvga asoslangan etimologik tahlil va istiqbolli reja-dasturlar uzviyligini ta’minlash, shuningdek, talabalarning intellektual-kreativ faoliyatining rivojlanish traektoriyasini manzilli intensivlashtirish asosida takomillashtirilgan;
mantiqiy fikrlashni rivojlantirish metodikasining samaradorligi interaktiv dasturlarning konstruktiv-didaktik tuzilmasi, bilimlar intensivligini monitoring qilish hamda natijaviylik ko‘rsatkichlarini o‘quv jarayoniga maqsadli integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Etimologik tahlil asosida talabalarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish va amalga oshirishga doir ishlab chiqilgan nazariya va metodika asosida:
talabalarning mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish imkoniyatlari aniqlashtirilgan; bunda kasbiy kompetensiyalarning pragmatikligini ta’minlashga xizmat qiluvchi shaxsga yo‘naltirilganlik, individuallik va ko‘p darajalilik yondashuvlarining integrativ yaxlitligi ilmiy asoslanganligiga oid takliflar “Ona tili o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023- yil 29- maydagi 232-son buyrug‘i bilan berilgan 232-595-son guvohnomasi). Natijada, ushbu o‘quv qo‘llanma ona tili darslarida etimologik tahlildan foydalanish samaradorligining oshishiga imkoniyat yaratgan;
talabalarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish modeli mantiqiy amallar (analiz, sintez, taqqoslash, induksiya, deduksiya) va etimologik tahlilning didaktik arxitektonikasini prakseologik tartiblash (oddiydan murakkabga o‘tish algoritmi) hamda diagnostik va tatbiqiy bosqichlar uzviyligini ta’minlash asosida takomillashtirilganligiga oid takliflar O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2024- yil 26- dekabrdagi 560-son ma’lumotnomasi). Natijada, didaktik jarayonda talabalarning tafakkur operatsiyalarini tizimli, izchil va tarixiylik, zamonaviylik tamoyillari asosida takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
talabalarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish texnologiyalari antropologik yondashuvga asoslangan etimologik tahlil va istiqbolli reja-dasturlar uzviyligini ta’minlash, shuningdek, talabalarning intellektual-kreativ faoliyatining rivojlanish traektoriyasini manzilli intensivlashtirish asosida takomillashtirilganligiga oid takliflardan Qarshi davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti, Termiz davlat pedagogika institutlarida o‘tkazilgan pedagogik eksperiment davomida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi tomonidan 2025-yil 4-aprelda berilgan 02/01-01-117 raqamli ma’lumotnoma). Natijada, tajriba-sinov obektlaridagi ta’lim jarayoni etimologik tahlil asosida talabalar mantiqiy fikrlashini rivojlantirish texnologiyalari bilan takomillashuviga xizmat qilgan;
mantiqiy fikrlashni rivojlantirish metodikasining samaradorligi interaktiv dasturlarning konstruktiv-didaktik tuzilmasi, bilimlar intensivligini monitoring qilish hamda natijaviylik ko‘rsatkichlarini o‘quv jarayoniga maqsadli integratsiyalash asosida aniqlashtirilganligiga oid xulosalardan “Ona tili o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 -yil 29- maydagi 232-son buyrug‘i bilan berilgan 232-595-son guvohnomasi). Natijada, ushbu o‘quv qo‘llanma oliy ta’limning pedagogik yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarning mantiqiy fikrlashi, tafakkur tezligini yuksaltirish imkonini bergan.