Urunbaev Saparbek Samatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Yashil iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida tabiiy kapitalni jamg‘arish usullarini takomillashtirish”, 08.00.01 – “Iqtisodiyot nazariyasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3684.
Ilmiy rahbar: G‘iyosov Ilhom Karimovich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.1.01.10.
Rasmiy opponentlar: Juraev Toshbolta Tuxtaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamanazarov Abdusamat Abdusaitovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD.
Yetakchi tashkilot nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yashil iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida tabiiy kapitalni jamg‘arish usullarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublikada mavjud tabiiy kapital resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga faoliyati tabiiy resurslarni qayta ishlash yo‘li bilan yangi qiymat yaratishga mo‘ljallangan “yashil tadbirkorlik” sub’ektlariga er uchastkalaridan foydalanish huquqini erkin bozor tamoyillari asosida sotish orqali erishish taklifi asoslangan.
“Tabiiy kapitalni jamg‘arish” jarayonlarini rag‘batlantirishning iqtisodiy mexanizmini respublika hududlarining tabiiy resurs salohiyati, investision jozibadorligi va raqobat ustunliklarini hisobga olgan “yashil energetika”, “suv infratuzilmasi” va “ekologik turizm” sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining biznes xatarlarini davlat va banklar ishtirokida optimal taqsimlash tizimini joriy qilish orqali takomillashtirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
respublikada “tabiiy kapital bozori”ni rivojlantirishga qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirgan tadbirkorlik sub’ektlariga foyda solig‘idan 50 foizlik imtiyoz berish orqali erishish taklifi asoslangan;
qayta tiklanadigan va tiklanmaydigan tabiiy resurslar hajmiga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modelini yaratish asosida respublikada tabiiy kapitalni jamg‘arish indikatorlarining 2030-yilgacha bo‘lgan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yashil iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida tabiiy kapitalni jamg‘arish usullarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
respublikada mavjud tabiiy kapital resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga faoliyati tabiiy resurslarni qayta ishlash yo‘li bilan yangi qiymat yaratishga mo‘ljallangan “yashil tadbirkorlik” sub’ektlariga er uchastkalaridan foydalanish huquqini erkin bozor tamoyillari asosida sotish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 3-ilovasi 5-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investisiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xo‘jaligi masalalari kotibiyatining 2025-yil 4-avgustdagi 04/1-2324-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida hududlarda mavjud mineral xomashyo resurslaridan tadbirkorlik sub’ektlari samarali foydalanish, qimmatbaho, rangli, nodir metallar, noruda kon va uchastkalarini sotib olish, xomashyoni qayta ishlash imkoniyatini oshirishga xizmat qiladi;
“Tabiiy kapitalni jamg‘arish” jarayonlarini rag‘batlantirishning iqtisodiy mexanizmini respublika hududlarining tabiiy resurs salohiyati, investision jozibadorligi va raqobat ustunliklarini hisobga olgan “yashil energetika”, “suv infratuzilmasi” va “ekologik turizm” sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining biznes xatarlarini davlat va banklar ishtirokida optimal taqsimlash tizimini joriy qilish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”ga qarorining 3-ilovasi 28-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investisiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xo‘jaligi masalalari kotibiyatining 2025-yil 4-avgustdagi 04/1-2324-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali respublikada “yashil energetika”, “suv infratuzilmasi” va “ekologik turizm”ni rivojlantirish asosida “Tabiiy kapitalni jamg‘arish” jarayonlari samaradorligi oshishiga erishiladi;
respublikada “tabiiy kapital bozori”ni rivojlantirishga qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirgan tadbirkorlik sub’ektlariga foyda solig‘idan 50 foizlik imtiyoz berish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 3-ilovasi 12-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investisiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xo‘jaligi masalalari kotibiyatining 2025-yil 4-avgustdagi 04/1-2324-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida respublikada qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga erishiladi;
qayta tiklanadigan va tiklanmaydigan tabiiy resurslar hajmiga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modelini yaratish asosida ishlab chiqilgan respublikada tabiiy kapitalni jamg‘arish indikatorlarining 2030 yilgacha bo‘lgan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”ga qarorining 5-ilovasining maqsadli ko‘rsatkichlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investisiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xo‘jaligi masalalari kotibiyatining 2025-yil 4-avgustdagi 04/1-2324-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida respublikada tabiiy kapitalni jamg‘arish jarayonlarinig samaradorligini oshirishga erishiladi.