Shamshetova Dilyara Sarsenovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxtachilikda zararkunandalar hisobiga hosil yo‘qotilishi miqdorini iqtisodiy baholashning ilmiy-amaliy asoslari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (Iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt668.
Ilmiy rahbar: Sauxanov Janibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaev Kayrulla, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Obilov Mirkomil Rashidovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida paxtachilikda uchraydigan asosiy zararkunandalar hisobiga yuzaga kelayotgan hosil yo‘qotishlari hajmini iqtisodiy jihatdan baholash, ularning fermer xo‘jaliklari daromadiga ta’sirini aniqlash hamda zararkunandalarga qarshi kurash choralari samaradorligini oshirish orqali iqtisodiy yo‘qotishlarni minimallashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligida zararkunandalar tomonidan keltiriladigan iqtisodiy zararlarni baholashda paxtachilik tarmog‘iga bevosita salbiy ta’siri natijasida ko‘riladigan (0,55 ≤ BTpaxta ≤ 0,75) hamda zararkunandalarga qarshi kurash natijasida ekologik muvozanatning izdan chiqishi (0,25 ≤ EMpaxta ≤ 0,45) oqibatida kelib chiqadigan xarajatlarga tasniflash asosida takomillashtirilgan;
ekinlar zararlanishining turli (ZDq = 5%; ZDo‘ = 10%; ZDyu = 20%) darajalarida zararlangan ekin bargining muayyan miqdoriga to‘g‘ri keladigan hasharotlar soni ko‘rsatkichi orqali paxta zararkunandalari (o‘rgimchakkana, shira, ko‘sak qurti, g‘o‘za tunlami) bo‘yicha zararlanish miqdorining iqtisodiy chegarasi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston sharoitida paxta hosili yo‘qotishlarini kamaytirishga imkon beruvchi ko‘p bosqichli algoritmi paxta etishtirishning samaradorlik ko‘rsatkichlarini (Smax) “xarajat – hajm – foyda” tamoyili asosida baholashda (X = 0,64; H = 0,22; F = 0,14) komponentlari o‘rtasidagi nisbatni aniqlash orqali takomillashtirilgan;
Qoraqalpog‘iston sharoitida paxtachilikka ta’sir etuvchi omillarning salmog‘ini tizimlashtirish asosida 2030 yilgacha bo‘lgan davr uchun paxta etishtirishning ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxtachilikda zararkunandalar hisobiga hosil yo‘qotilishini iqtisodiy baholash yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
qishloq xo‘jaligida zararkunandalar tomonidan keltiriladigan iqtisodiy zararlarni baholashda paxtachilik tarmog‘iga bevosita salbiy ta’siri natijasida ko‘riladigan (0,55 ≤ BTpaxta ≤ 0,75) hamda zararkunandalarga qarshi kurash natijasida ekologik muvozanatning izdan chiqishi (0,25 ≤ EMpaxta ≤ 0,45) oqibatida kelib chiqadigan xarajatlarga tasniflash asosida takomillashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasida paxta etishtiruvchi xo‘jaliklarda zararkunandalar hisobiga hosil yo‘qotishlari miqdori va iqtisodiy samaradorlikni baholashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 22 sentyabrdagi 02/013-3556-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida paxta etishtiruvchi xo‘jaliklarda paxta hosildorligini o‘rtacha 1,5 sentnergacha oshirish, zararkunandalarga qarshi kurashish xarajatlarini gektariga 7-10 foizgacha qisqartirish imkonini bergan;
ekinlar zararlanishining turli (ZDq = 5%; ZDo‘ = 10%; ZDyu = 20%) darajalarida zararlangan ekin bargining muayyan miqdoriga to‘g‘ri keladigan hasharotlar soni ko‘rsatkichi orqali paxta zararkunandalari (o‘rgimchakkana, shira, ko‘sak qurti, g‘o‘za tunlami) bo‘yicha zararlanish miqdorining iqtisodiy chegarasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida paxta etishtiruvchi xo‘jaliklarda zararkunandalar hisobiga hosil yo‘qotishlari miqdori va iqtisodiy samaradorlikni baholashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 22 sentyabrdagi 02/013-3556-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida paxta zararkunandalariga qarshi kurashishning biologik va kimyoviy usullarini o‘zaro taqqoslash imkonini berib, paxta etishtiruvchi xo‘jaliklarda zararkunandalarga qarshi kurashda biologik usullardan foydalanish borasida rag‘bat oshgan;
Qoraqalpog‘iston sharoitida paxta hosili yo‘qotishlarini kamaytirishga imkon beruvchi ko‘p bosqichli algoritmi paxta etishtirishning samaradorlik ko‘rsatkichlarini (Smax) “xarajat – hajm – foyda” tamoyili asosida baholashda (X = 0,64; H = 0,22; F = 0,14) komponentlari o‘rtasidagi nisbatni aniqlash orqali takomillashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasida paxta zararkunandalariga qarshi kurashishda integratsiyalashgan boshqaruv usullarining samaradorligini baholash asosida integratsiyalashgan boshqaruv usullarining xo‘jaliklar faoliyatiga ta’sirini modellashtirishdan paxta zararkunandalari zararli miqdori iqtisodiy chegarasini aniqlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 22 sentyabrdagi 02/013-3556-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotda qo‘llanilishi paxta etishtiruvchi xo‘jaliklarda zararning iqtisodiy chegarasini aniqlash va zararkunandalarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston sharoitida paxtachilikka ta’sir etuvchi omillarning salmog‘ini tizimlashtirish asosida 2030 yilgacha bo‘lgan davr uchun ishlab chiqilgan paxta etishtirishning ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasida paxtachilik sohasini rivojlantirish, sohaga yangi innovatsion echimlarni joriy etishga xizmat qiluvchi istiqbolli dastur va rejalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 22 sentyabrdagi 02/013-3556-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida paxtani qayta ishlovchi korxonalarni uzluksiz xomashyo bilan ta’minlash, Respublika eksport salohiyatini mustahkamlash istiqbollarini baholash imkoni yaratilgan.