Aitmuratova Miyrigul Jalgasovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligi korxonalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirish”, 08.00.04-“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti”(iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5328.
Ilmiy rahbar: Kudiyarov Kishibay Ramatullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Allayarov Piratdin Atabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent, Qurbonov Shovqi Djuraevich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Abu Rayxon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: qishloq xo‘jaligida innovatsion faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun innovatsion va konsalting markazlari (IKM)ga bo‘lgan ehtiyojni hisoblash tartibi asosida mavjud qishloq xo‘jaligi korxonalari sonidan kelib chiqqan holda mikro (MH ≤ 30), kichik (30 < KH ≤ 60), o‘rta (60 < O‘H ≤ 100), yirik (YH ≥ 130) hududlardagi yetakchi korxonalar bazasidagi IKM (1; 2; 3; 4-5) hamda ixtisoslashuvi bo‘yicha malakali maslahatchilarga talab (3; 5; 9; 10) miqdori asoslangan;
qishloq xo‘jaligida innovatsion faoliyatni jadallashtirish hamda ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasining uzviyligini ta’minlash maqsadida sohada malakali maslahatchilarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib hududiy axborot-konsalting markazlarini tashkil etish mexanizmi ilmiy asoslangan;
dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari faoliyatiga innovatsion texnologiyalarning joriy etishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida innovatsion loyihalarni moliyalashtiruvchi maxsus jamg‘arma tashkil qilish taklifi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi korxonalarida innovatsion faoliyatni rivojlanishi ta’sirida tarmoqda yaratilgan qo‘shilgan qiymat hajmi o‘zgarishining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun innovatsion va konsalting markazlari (IKM)ga bo‘lgan ehtiyojni hisoblash tartibi asosida mavjud qishloq xo‘jaligi korxonalari sonidan kelib chiqqan holda mikro (MH ≤ 30), kichik (30 < KH ≤ 60), o‘rta (60 < O‘H ≤ 100), yirik (YH ≥ 130) hududlardagi yetakchi korxonalar bazasidagi IKM (1; 2; 3; 4-5) hamda ixtisoslashuvi bo‘yicha malakali maslahatchilarga talab (3; 5; 9; 10) miqdori bo‘yicha taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 8 avgustdagi 03/03-2936-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni joriy etilishi Qoraqalpog‘istonda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklarida innovatsion faoliyat samaradorligini baholash jarayonlari soddalashtirish va innovatsion faoliyat natijadorligini majmuaviy tarzda aniq baholash imkonini bergan;
qishloq xo‘jaligida innovatsion faoliyatni jadallashtirish hamda ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasining uzviyligini ta’minlash maqsadida sohada malakali maslahatchilarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib hududiy axborot-konsalting markazlarini tashkil etish mexanizmi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 8 avgustdagi 03/03-2936-son ma’lumotnomasi). Ushbu mexanizmning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qoraqalpog‘istondagi mavjud qishloq xo‘jaligi korxonalarida innovatsion texnologiyalar va bu sohadagi eng yaxshi amaliyotlarni keng targ‘ib qilinishiga, kadrlar salohiyatini oshirishga, agrar soha rahbarlari, xodimlar va mutaxassislarning innovatsion yangiliklar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini hamda boxabarligini yanada oshirish imkonini yaratgan;
dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari faoliyatiga innovatsion texnologiyalarning joriy etishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida innovatsion loyihalarni moliyalashtiruvchi maxsus jamg‘arma tashkil qilish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 8 avgustdagi 03/03-2936-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiq etilishi dehqon xo‘jaliklarida innovatsion yangiliklarni keng joriy etish imkoniyatlarini va mahsulot ishlab chiqarish hajmini ortishiga hamda ularda ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini oshirish, moliyaviy barqarorliklarini yaxshilash imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi korxonalarida innovatsion faoliyatni rivojlanishi ta’sirida tarmoqda yaratilgan qo‘shilgan qiymat hajmi o‘zgarishining 2030 yilgacha ishlab chiqilgan prognoz parametrlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 8 avgustdagi 03/03-2936-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognozdan foydalanish orqali kelgusida qishloq xo‘jaligida innovatsion faoliyatni rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillarni hisobga olgan xolda qisqa va uzoq muddatli rejalar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etgan.