Otakulova Dildora Hakimbek qizi
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “8-11-sinf o‘quvchilarining yozish ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili), (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2024.1.PhD/Ped7118
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Abullaeva Barno Sayfutdinovna. Pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy  pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.04. 
Rasmiy opponentlar: Misirov Sohibjon Abdupattaevich pedagogika fanlari doktori, professor (DSc). Najmutdinova Gulnoza Baxtiyorovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 8-11-sinf o‘quvchilarining yozish ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    8–11-sinf o‘quvchilarining yozish ko‘nikmasini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari yozishga emotsional tayyorlik va nutqiy stimulning faollashuvi yozma diskurs barqarorligi hamda yozma ifoda aniqligining shakllanishi assotsiativ bog‘lanishlar yordamida yozma fikrni faollashtirish ichki yozma ishtirokni rag‘batlantirishni ta’minlash asosida aniqlashtirilgan; 
    8–11-sinf o‘quvchilarining yozish ko‘nikmasini rivojlantirish modeli yozish jarayonida o‘zini boshqarish va yozma fikrni monitoring qilish matn kompozision izchilligi hamda janrga xos yozma tuzilmaning barqaror namoyon bo‘lishida yozma faoliyatni rejalashtirish va ifodalash konvergent qayta tuzish asosida takomillashtirilgan;
     8–11-sinf o‘quvchilarining yozish ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasi yozish jarayonining ongli boshqaruvi, yozma nutqiy moslashuvchanlik matn semantik yaxlitligi hamda mazmuniy izchillikning ta’minlanishi ichki nutqdan yozma nutqqa o‘tish jarayonini faollashtirish orqali takomillashtirilgan;
    8–11-sinf o‘quvchilarining yozish ko‘nikmasini rivojlantirish samaradorligi irodaviy yozuv barqarorligi va faoliyatda o‘zini nazorat qilishning kuchayishi hisobiga nutqda aniqlik va moslashuvchanlikning orttirilishi hamda yozma nutq sifat ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishi feedback aloqani joriy qilish orqali oshirilgan.    
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘quvchilarning yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
8–11-sinf o‘quvchilarining yozish ko‘nikmasini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari yozishga emotsional tayyorlik va nutqiy stimulning faollashuvi yozma diskurs barqarorligi hamda yozma ifoda aniqligining shakllanishi assotsiativ bog‘lanishlar yordamida yozma fikrni faollashtirish ichki yozma ishtirokni rag‘batlantirishni ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan “Reading and Writing” (O‘zbekiston milliy pedagogika universitewtining 2025-yil 29-iyuldagi 22-01-355/22-sonli ma’lumotnomasi), nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan. Natijada o‘quvchilarning yozish ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlarini aniqlash imkoni yaratilgan;
8–11-sinf o‘quvchilarining yozish ko‘nikmasini rivojlantirish modeli yozish jarayonida o‘zini boshqarish va yozma fikrni monitoring qilish matn kompozision izchilligi hamda janrga xos yozma tuzilmaning barqaror namoyon bo‘lishida yozma faoliyatni rejalashtirish va ifodalash konvergent qayta tuzish asosida takomillashtirishga oid takliflardan “Reading and Writing” (O‘zbekiston milliy pedagogika universitewtining 2025-yil 29-iyuldagi 22-01-355/22-sonli ma’lumotnomasi), nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan. Natijada o‘quvchilarning yozish ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishtirishning didaktik ta’minotini tahlil qilish imkoni kengaytirilgan;
8–11-sinf o‘quvchilarining yozish ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasi yozish jarayonining ongli boshqaruvi, yozma nutqiy moslashuvchanlik matn semantik yaxlitligi hamda mazmuniy izchillikning ta’minlanishi ichki nutqdan yozma nutqqa o‘tish jarayonini faollashtirish orqali takomillashtirishga oid tavsiyalardan “Reading and Writing” ” (O‘zbekiston milliy pedagogika universitewtining 2025-yil 29-iyuldagi 22-01-355/22-sonli ma’lumotnomasi), nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan. Natijada o‘quvchilarning nutqiy yozish ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish modelining samaradorligi oshgan;
8–11-sinf o‘quvchilarining yozish ko‘nikmasini rivojlantirish samaradorligi irodaviy yozuv barqarorligi va faoliyatda o‘zini nazorat qilishning kuchayishi hisobiga nutqda aniqlik va moslashuvchanlikning orttirilishi hamda yozma nutq sifat ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishi feedback aloqani joriy qilish orqali  takomillashtirishga oid takliflardan “Reading and Writing” (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 29-iyuldagi 22-01-355/22-sonli ma’lumotnomasi), nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan. Natijada talabalarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish texnologiyalaridan foydalanish imkoniyati oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish