Shaxmurov Nizami Aladdin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yangi oktava gerbisidini har tomonlama gigienik va toksikologik baholash, undan xavfsiz foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3530.
Ilmiy rahbar: Xudayberganov Anatoliy Sagatbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya, gigiena va kasb kasaliklari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03.
Rasmiy opponentlar: Ermatov Nizom Jumaqulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Iskandarova Gulnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi Oktava gerbisidini kompleks gigienik-toksikologik, atrof-muhit ob’ektlari va oziq-ovqat mahsulotlarida gigienik me’yorlar, xavfsizlik qoidalari va ularni xavfsiz qo‘llash bo‘yicha gigienik tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligi amaliyotida Oktava gerbisidni qo‘llashni kompleks tartibga solish bo‘yicha yangi ekologo-toksikologik yondashuvlarga asoslanib, gerbisid kam xavfliligi, funksional kumulyasiya bilan tavsiflanishi, oshqozon orqali ortiqcha miqdorda kiritilganda politrop toksik ta’sir ko‘rsatishi, embriotoksik yoki teratogen ta’sirlarga ega emasligi isbotlangan;
atmosfera havosi, suv, tuproq va oziq-ovqat mahsulotlaridagi Oktava gerbisidining miqdori bo‘yicha gigienik me’yorlar, uni xavfsiz qo‘llash reglamentlari, sanitariya-himoya mintaqasining o‘lchami va ishlov berilgan maydonlarga ishga qaytish muddatlarini belgilash reglamentlari, sezgir hayvonlarda tur sezuvchanlik koeffisienti uchun LD50 o‘lim darajasining 2 dan kamligi va xavfsizligi ilmiy jihatdan asoslangan;
Oktava gerbisididan xavfsiz foydalanish sanitariya-gigiena talablari tizimining samaradorligi, sanitariya-himoya mintaqasining o‘lchami, ishlov berilgan maydonlarga ishlashga qaytish tartiblari, aholi va gerbisid bilan kasbiy aloqada bo‘lgan shaxslarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishining oldini olish uchun inson muhitining tarkibiy qismlarida faol moddaning miqdori bo‘yicha standartlar asoslangan;
Oktava gerbisidining inson salomatligiga salbiy ta’siri xavfini baholash asosida, gerbisidni qo‘llash uchun foydalaniladigan texnologiya yuqori darajada qo‘llaniladigan mintaqalar aholisi uchun xavf tug‘dirmasligi aniqlangan hamda gigiena me’yorlari va xavfsizlik qoidalarini hisobga olgan holda, gerbisidni qishloq xo‘jaligida xavfsiz qo‘llashi bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yangi Oktava gerbisidini gigienik va toksikologik baholash, undan xavfsiz foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: qishloq xo‘jaligi amaliyotida Oktava gerbisidni qo‘llashni kompleks tartibga solish bo‘yicha yangi ekologo-toksikologik yondashuvlarga asoslanib, gerbisid kam xavfliligi, funksional kumulyasiya bilan tavsiflanishi, oshqozon orqali ortiqcha miqdorda kiritilganda politrop toksik ta’sir ko‘rsatishi, embriotoksik yoki teratogen ta’sirlarga ega emasligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligining ilmiy faolyaitini muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 10 maydagi 34-son bilan tasdiqlangan «Respublika qishloq xo‘jaligi amaliyotida Oktava yangi gerbisidini qo‘llaganda atrof-muhit va aholi salomatligini muxofaza qilish bo‘yicha tavsiyalar» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 10.02.2025 yildagi 06-son, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi bo‘yicha 20.01.2025 yildagi 19-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 23.01.2025 yildagi 5-P-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 29/55-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qishloq xo‘jaligi amaliyotida Oktava gerbisidni qo‘llashni kompleks tartibga solish bo‘yicha yangi ekologo-toksikologik echimlarni ishlab chiqish kam xavfliligi, funksional kumulyasiya xususiyatiga egaligi, oshqozon orqali ortiqcha miqdorda kiritilganda poliotrop zaharliligi, embriotoksik hamda teratogen ta’sirlarga ega emasligini isbotlash, kasbiy omillar bilan bog‘liq kasalliklarni erta tashxislash va oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: zaharliroq pestisidlarni kamroq zaharli Oktava gerbisidi bilan almashtirish teri, nafas olish va ovqat hazm qilish kasalliklari tufayli vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik kunlarini 6,29 kundan 5,25 kunga qisqartirish natijasida har 100 nafar ishchi uchun 47040000 so‘m ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: atmosfera havosi, suv, tuproq va oziq-ovqat mahsulotlaridagi Oktava gerbisidining miqdori bo‘yicha gigienik me’yorlar, uni xavfsiz qo‘llash reglamentlari, sanitariya-himoya mintaqasining o‘lchami va ishlov berilgan maydonlarga ishga qaytish muddatlarini belgilash reglamentlari, sezgir hayvonlarda tur sezuvchanlik koeffisienti uchun LD50 o‘lim darajasining 2 dan kamligi va xavfsizligi ilmiy jihatdan asoslanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligining ilmiy faolyaitini muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 10 maydagi 34-son bilan tasdiqlangan «Respublika qishloq xo‘jaligi amaliyotida Oktava yangi gerbisidini qo‘llaganda atrof-muhit va aholi salomatligini muxofaza qilish bo‘yicha tavsiyalar» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 10.02.2025 yildagi 06-son, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi bo‘yicha 20.01.2025 yildagi 19-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 23.01.2025 yildagi 5-P-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 29/55-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yangi mahalliy pestisidlarni qo‘llash o‘tkir va surunkali zaharlanishlarni oldini olish, ishchilarning mehnat qobiliyati va salomatligini saqlash, pestisidlar ko‘p qo‘llaniladigan hududlarda yashovchi aholi salomatligiga zarar etkazish xavfini bartaraf etish, kasbiy omillar bilan bog‘liq kasalliklarni erta tashxislash va oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: zaharliroq pestisidlarni kamroq zaharli Oktava gerbisidi bilan almashtirish teri, nafas olish va ovqat hazm qilish kasalliklari tufayli vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik kunlarini 6,29 kundan 5,25 kunga qisqartirish natijasida har 100 nafar ishchi uchun 47040000 so‘m ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: Oktava gerbisididan xavfsiz foydalanish sanitariya-gigiena talablari tizimining samaradorligi, sanitariya-himoya mintaqasining o‘lchami, ishlov berilgan maydonlarga ishlashga qaytish tartiblari, aholi va gerbisid bilan kasbiy aloqada bo‘lgan shaxslarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishining oldini olish uchun inson muhitining tarkibiy qismlarida faol moddaning miqdori bo‘yicha standartlar asoslanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligining ilmiy faolyaitini muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 10 maydagi 34-son bilan tasdiqlangan «Respublika qishloq xo‘jaligi amaliyotida Oktava yangi gerbisidini qo‘llaganda atrof-muhit va aholi salomatligini muxofaza qilish bo‘yicha tavsiyalar» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 10.02.2025 yildagi 06-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi bo‘yicha 20.01.2025 yildagi 19-son, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha23.01.2025 yildagi 5-P-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 29/55-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: gerbesidning xavfsiz foydalanish qoidalari, sanitariya-himoya mintaqasining o‘lchami va ishlov berilgan maydonlarda ishlashga qaytish muddati belgilanganligi, suv, havo, tuproq va oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi gerbisidlar uchun gigienik me’yorlar ishlab chiqilganligi inson salomatligi va atrof-muhitni muhofaza qilish, o‘tkir va surunkali zaharlanishlarning o‘z vaqtida oldini olish, kasbiy omillar bilan bog‘liq kasalliklarni erta tashxislash va oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: zaharliroq pestisidlarni kamroq zaharli Oktava gerbisidi bilan almashtirish teri, nafas olish va ovqat hazm qilish kasalliklari tufayli vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik kunlarini 6,29 kundan 5,25 kunga qisqartirish natijasida har 100 nafar ishchi uchun 47040000 so‘m ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Oktava gerbisidining inson salomatligiga salbiy ta’siri xavfini baholash asosida, gerbisidni qo‘llash uchun foydalaniladigan texnologiya yuqori darajada qo‘llaniladigan mintaqalar aholisi uchun xavf tug‘dirmasligi aniqlangan hamda gigiena me’yorlari va xavfsizlik qoidalarini hisobga olgan holda, gerbisidni qishloq xo‘jaligida xavfsiz qo‘llashi bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligining ilmiy faolyaitini muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 10 maydagi 34-son bilan tasdiqlangan «Respublika qishloq xo‘jaligi amaliyotida Oktava yangi gerbisidini qo‘llaganda atrof-muhit va aholi salomatligini muxofaza qilish bo‘yicha tavsiyalar» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 10.02.2025 yildagi 06-son, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi bo‘yicha 20.01.2025 yildagi 19-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 23.01.2025 yildagi 5-P-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 29/55-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Oktava gerbisidining inson salomatligiga salbiy ta’siri xavfillik darajasining baholash, xavfsiz qo‘llash bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish orqali o‘tkir va surunkali zaharlanishlarning oldini olish, ishchilarning umumiy salomatligini yaxshilash, kasbiy omillar bilan bog‘liq kasalliklarni erta tashxislash va oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: zaharliroq pestisidlarni kamroq zaharli Oktava gerbisidi bilan almashtirish teri, nafas olish va ovqat hazm qilish kasalliklari tufayli vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik kunlarini 6,29 kundan 5,25 kunga qisqartirish natijasida har 100 nafar ishchi uchun 47040000 so‘m ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish