Kitaybekov Sultanbek Maratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston Respublikasida g‘allachilik xizmatchilarining ovqatlanishini muvofiqlashtirishni gigienik asoslash», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3528.
Ilmiy rahbarlar: Xudayberganov Anatoliy Sagatbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya, gigiena va kasb kasaliklari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03.
Rasmiy opponentlar: Ermatov Nizom Jumaqulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Fayziboev Pirmamat Normamatovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi g‘allachilik xizmatchilarining haqiqiy ovqatlanish ratsionini aholi va individual darajalarda tahlil qilish asosida ularning ovqatlanishini optimallashtirish dasturini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
24 soatlik xronometraj usuli asosida, jins, mavsumiy omillar va kundalik faoliyat tuzilishini hisobga olgan holda, g‘allachilik sohasi ishchilarining o‘rtacha kunlik energiya sarfi xususiyatlari, ya’ni yoz-kuz mavsumida erkaklarning energiya sarfi qish-bahor mavsumiga nisbatan 2,54 %ga oshishi, ayollarda esa nisbatan barqaror darajada saqlanishi ilmiy jihatdan asoslangan;
g‘allachilik sohasi ishchilarining qish-bahor va yoz-kuz mavsumlarida haqiqiy ovqatlanishining miqdoriy tavsifini va oziq-ovqat xavfsizligining barqaror ko‘rsatkichlarini kompleks baholash asosida sut, meva va baliq mahsulotlarining sezilarli tanqisligi, guruch, shakar, margarin va osh tuzini ortiqcha iste’moli fonida vitaminlar va asosiy ozuqa moddalarining etarli emasligi isbotlangan;
g‘allachilik sohasi xodimlarining kunlik ratsionida makkajo‘xori asosida tayyorlangan milliy mahsulotlarning funksional va gigienik ahamiyati hamda ularning bug‘doy unidan tayyorlangan mahsulotlarga nisbatan makro- va mikronutrientlar, aminokislotalar miqdori jihatdan ustunligi isbotlangan;
g‘allachilik sohasi ishchilarning kunlik ratsioniga maxsus funksional ovqat mahsulotini kiritish bo‘yicha ishlab chiqilgan modelning ratsionning biologik qiymatini oshirish, vitamin va mikroelementlar bilan ta’minlanish darajasini yaxshilash hamda alimentar buzilishlarining klinik belgilarini kamaytirishdagi samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qoraqolpog‘iston Respublikasida g‘allachilik xizmatchilarining ovqatlanishi muvofiqlashtirishni gigienik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: 24 soatlik xronometraj usuli asosida, jins, mavsumiy omillar va kundalik faoliyat tuzilishini hisobga olgan holda, g‘allachilik sohasi ishchilarining o‘rtacha kunlik energiya sarfi xususiyatlari, ya’ni yoz-kuz mavsumida erkaklarning energiya sarfi qish-bahor mavsumiga nisbatan 2,54 %ga oshishi, ayollarda esa nisbatan barqaror darajada saqlanishi ilmiy jihatdan asoslanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2023 yil 6 yanvarda 8-n-r/14-son bilan tasdiqlangan «Qishloq xo‘jaligi ishchi va xizmatchilar o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish holatini o‘rganish uchun uslubiy tavsiyalar» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 12.02.2025 yildagi 10-son, Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi bo‘yicha 26.04.2025 yildagi 09–t–son hamda Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 26.06.2025 yildagi 44–son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 4 noyabrdagi 28/06-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: jins, mavsumiy o‘zgarishlar va kunlik faoliyat tuzilishini hisobga olgan holda energiya sarfi hisob-kitoblarini qo‘llash ratsionning energiya qiymatini haqiqiy yuklama bilan aniqroq muvofiqlashtirish, surunkali charchoq va oziq-ovqat etishmovchiligi xavfini kamaytirish, shuningdek, kasbiy xavf guruhlari uchun ish qobiliyatini va profilaktik kuzatuv sifatini oshirish imkonini beradi qishloq xo‘jaligi xizmachilarining hayot sifatini yaxshilash, kasbiy omillar bilan bog‘liq kasalliklarni erta tashxislash va oldini olish imkonini berganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorlik: taklif etilayotgan prognostik yondashuvdan foydalangan holda, tavsiya etilgan maxsus profilaktik oziq-ovqat mahsulotlarini muntazam iste’mol qilish orqali ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklarni statsionar sharoitida davolashning bir kunida o‘rtacha 42000–54000 so‘m (davolashning bir kursi uchun 5040000–6480000 so‘m) byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: g‘allachilik sohasi ishchilarining qish-bahor va yoz-kuz mavsumlarida haqiqiy ovqatlanishining miqdoriy tavsifini va oziq-ovqat xavfsizligining barqaror ko‘rsatkichlarini kompleks baholash asosida sut, meva va baliq mahsulotlarining sezilarli tanqisligi, guruch, shakar, margarin va osh tuzini ortiqcha iste’moli fonida vitaminlar va asosiy ozuqa moddalarining etarli emasligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2023 yil 6 yanvarda 8-n-r/14-son bilan tasdiqlangan «Qishloq xo‘jaligi ishchi va xizmatchilar o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish holatini o‘rganish uchun uslubiy tavsiyalar» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 12.02.2025 yildagi 10-son, Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi bo‘yicha 26.04.2025 yildagi 09–t–son hamda Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 26.06.2025 yildagi 44–son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 4 noyabrdagi 28/06-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: alimentar xavflarning barqaror profilini aniqlash (sut va baliq mahsulotlari, mevalar va vitaminlar etishmovchiligida ayrim tozalangan mahsulotlar va tuzning ortiqchaligi) yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning xavf omillarini erta aniqlash, manzilli sanitariya-ma’rifiy qo‘llab-quvvatlash va qishloq hududlarida profilaktika tadbirlarini yanada asosli rejalashtirish uchun zamin yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilayotgan prognostik yondashuvdan foydalangan holda, tavsiya etilgan maxsus profilaktik oziq-ovqat mahsulotlarini muntazam iste’mol qilish orqali ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklarni statsionar sharoitida davolashning bir kunida o‘rtacha 42000–54000 so‘m (davolashning bir kursi uchun 5040000–6480000 so‘m) byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: g‘allachilik sohasi xodimlarining kunlik ratsionida makkajo‘xori asosida tayyorlangan milliy mahsulotlarning funksional va gigienik ahamiyati hamda ularning bug‘doy unidan tayyorlangan mahsulotlarga nisbatan makro- va mikronutrientlar, aminokislotalar miqdori jihatdan ustunligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2023 yil 6 yanvarda 8-n-r/14-son bilan tasdiqlangan «Qishloq xo‘jaligi ishchi va xizmatchilar o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish holatini o‘rganish uchun uslubiy tavsiyalar» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 12.02.2025 yildagi 10-son, Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi bo‘yicha 26.04.2025 yildagi 09–t–son hamda Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 26.06.2025 yildagi 44–son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 4 noyabrdagi 28/06-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: profilaktik ovqatlanishning arzon va madaniy jihatdan maqbul tarkibiy qismi sifatida jo‘xori asosidagi an’anaviy mahsulotlardan foydalanishni asoslash dala sharoitida ratsionning ozuqaviy zichligini yaxshilashning amaliy imkoniyatlarini kengaytiradi, tavsiyalarga amal qilishni oshiradi va xodimlarning odatiy ovqatlanish tuzilishini o‘zgartirmasdan salomatligini mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi xodimlarining salomatligini saqlash va mustahkamlash hamda ularning mehnat qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilayotgan prognostik yondashuvdan foydalangan holda, tavsiya etilgan maxsus profilaktik oziq-ovqat mahsulotlarini muntazam iste’mol qilish orqali ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklarni statsionar sharoitida davolashning bir kunida o‘rtacha 42000–54000 so‘m (davolashning bir kursi uchun 5040000–6480000 so‘m) byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: g‘allachilik sohasi ishchilarning kunlik ratsioniga maxsus funksional ovqat mahsulotini kiritish bo‘yicha ishlab chiqilgan modelning ratsionning biologik qiymatini oshirish, vitamin va mikroelementlar bilan ta’minlanish darajasini yaxshilash hamda alimentar buzilishlarining klinik belgilarini kamaytirishdagi samaradorligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2023 yil 6 yanvarda 8-n-r/14-son bilan tasdiqlangan «Qishloq xo‘jaligi ishchi va xizmatchilar o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish holatini o‘rganish uchun uslubiy tavsiyalar» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 12.02.2025 yildagi 10-son, Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi bo‘yicha 26.04.2025 yildagi 09–t–son hamda Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 26.06.2025 yildagi 44–son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 4 noyabrdagi 28/06-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: donchilik xodimlari ratsioniga ixtisoslashtirilgan funksional oziq-ovqat mahsulotini kiritish asosiy vitaminlar va mikronutrientlar bilan ta’minlanishni yaxshilaydi, ovqatlanishning umumiy biologik qiymatini oshiradi va ovqatlanish buzilishlarining klinik ko‘rinishlarini (shu jumladan stomatologik belgilarni) kamaytiradi. Bu esa Orolbo‘yi sharoitida mehnat qobiliyatini saqlab qolish va oziq-ovqatga bog‘liq patologiyaning oldini olish, qishloq xo‘jaligi xodimlarining mehnat qobiliyatini samaradorligini oshirish, kasalliklarni oldini olish, hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilayotgan prognostik yondashuvdan foydalangan holda, tavsiya etilgan maxsus profilaktik oziq-ovqat mahsulotlarini muntazam iste’mol qilish orqali ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklarni statsionar sharoitida davolashning bir kunida o‘rtacha 42000–54000 so‘m (davolashning bir kursi uchun 5040000–6480000 so‘m) byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish