Inagamova Mahliyo Xojiakbar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Anal kanalining amaliyotdan keyingi strikturalarini tashhxislash va davolashni takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3625.
Ilmiy rahbar: Baymakov Sayfiddin Risbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.03.
Rasmiy opponentlar: Mamaradjabov Sobirjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Jong Woo Kim, tibbiyot fanlari doktori, professor (Yaponiya).
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: amaliyotdan keyingi anal kanal strikturasi bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini tashxislash va kompleks davolash usullarini takomillashtirish yo‘li bilan yaxshilashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
perianal soxada uchraydigan kasalliklarda anal kanal strikturasini rivojlanishida epiteliy hujayralari metaplaziyasi, shilimshiq giperproduksiya, qon tomirlar kengayishi, fibroblastlar proliferatsiyasi jarayonlari va mexanizmlari klinik-morfologik jixatdan aniqlangan;
anal kanal strikturasida keskin distrofik o‘zgarishlar, fibrinoid bo‘kish, gialinoz, keloid chandiq, va devori qalinlashgan holatlarda klinik-morfologik o‘rganishlar asosida zamonaviy tashxislash va og‘irlik darajasini baholash va bujlash uchun ishlab chiqilgan qurilma takomillashtirilgan;
anal kanal strikturasini davolashda kompensatsiya bosqichida (anal kanal torayishi-1,3-1,8 smgacha) va subkompensatsiya bosqichida (anal kanal torayishi 0,7-1,2 smgacha) korreksiyalash maqsadida zamonaviy takomillashgan algoritm  ishlab chiqilgan;
anal kanal stenozlari darajasini, bosqichlarini baholash, tashxislash va uni korreksiyalash usullari orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, ijobiy davolash natijalarni oshirish, kasalxonadagi yotoq kunlarini kamaytirish, intraoperatsion va operatsiyadan keyingi asoratlarni sonini kamaytirish maqsadida anal kanal strikturasini baxolovchi to‘plam ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi foydali model uchun patent FAP 2505). 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Anal kanalining amaliyotdan keyingi strikturalarini tashhxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 07.07.2025 y. 21/40-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: perianal soxada uchraydigan kasalliklarda anal kanal strikturasini rivojlanishida epiteliy hujayralari metaplaziyasi, shilimshiq giperproduksiya, qon tomirlar kengayishi, fibroblastlar proliferatsiyasi jarayonlari va mexanizmlari klinik-morfologik jixatdan aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi (24.09.2024 y. 1488-14-207-TB/2024-son buyrug‘i), Milliy tibbiyot markazi (01.02.2025 y. 0I-03/9-son buyrug‘i) va Toshkent shaxar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi (07.02.2025 y. 13-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: anal kanal strikturasi xirurgik davolash muddati usuli tanlashda ishlab chiqilgan algoritm shartlariga ko‘ra kasallik kechishining og‘irlik darajasi va asoratlarini hisobga olish zaruriyati isbotlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: anal kanal strikturasi bilan bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 10-12 kun uchun 2145600 so‘m. Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 877450 so‘m sarflanadi. Xulosa: perianal soxada o‘tkazilgan amaliyotlar AKS rivojlanish sabablaridan biri bo‘lib, to‘qimalarning o‘zgarishi o‘tkazilgan jarrohlik amaliyot xajmiga, texnik qiyinchiliklarga va organizmning chandiq hosil bo‘lishi individual moyilligiga bog‘liq.
ikkinchi ilmiy yangilik: anal kanal strikturasida keskin distrofik o‘zgarishlar, fibrinoid bo‘kish, gialinoz, keloid chandiq, va devori qalinlashgan holatlarda klinik-morfologik o‘rganishlar asosida zamonaviy tashxislash va og‘irlik darajasini baholash va bujlash uchun ishlab chiqilgan qurilma takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi (24.09.2024 y. 1488-14-207-TB/2024-son buyrug‘i), Milliy tibbiyot markazi (01.02.2025 y. 0I-03/9-son buyrug‘i) va Toshkent shaxar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi (07.02.2025 y. 13-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: kasallik kechishining og‘irlik darajasini subektiv va ob`ektiv baholash, jarohlik aralashuvi optimal usulini tanlash, ishlab chiqish va davolash chora-tadbirlarga asoslangan taktikasini belgilash uchun ishlab chiqilgan algoritmdan foydalanish operatsiyadan keyinga asoratlar va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar, oldini olish va kamaytirish imkonini berdi va samarali natijadorlikka ko‘maklashdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bujlash uchun ishlab chiqilgan qurilma asosida bemorlarning byudjetdan tashqari yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 21255400 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: AKSni tashxislash uchun ishlab chiqilgan to‘plamni qo‘llash natijasida AKS 3ta darajaga ajratildi va morfologik farqlari o‘rganildi. AKS ning kompensatsiya bosqichida morfologik o‘zgarishlari: epiteliy hujayralari metaplaziyasi, shilimshiq giperproduksiya, qon tomirlar kengayishi, fibroblastlar proliferatsiyasi jarayonlari aniqlanadi. AKS ning subkompensatsiya bosqichida morfologik o‘zgarishlar: atrofik va sklerotik o‘zgarishlar, fibromatoz tolalarning betartib, xaotik joylashishi, interstisial shishlar, chandiqlanish kuzatiladi. AKSning dekompensatsiya bosqichida-morfologik o‘zgarishlar: keskin distrofik o‘zgarishlar, fibrinoid bo‘kish, gialinoz, keloid chandiq, qon tomirlar toraygan soni kamaygan, devori qalinlashgan. 
uchinchi ilmiy yangilik: anal kanal strikturasini davolashda kompensatsiya bosqichida (anal kanal torayishi-1,3-1,8 smgacha) va subkompensatsiya bosqichida (anal kanal torayishi 0,7-1,2 smgacha) korreksiyalash maqsadida zamonaviy takomillashgan algoritm  ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi (24.09.2024 y. 1488-14-207-TB/2024-son buyrug‘i), Milliy tibbiyot markazi (01.02.2025 y. 0I-03/9-son buyrug‘i) va Toshkent shaxar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi (07.02.2025 y. 13-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: patogenetik maqsadli davolash usullarini tanlashda xizmat qilishi, hamda kasallanish asoratlarining profilaktikasida, bemorlar hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni olib borishning ilmiy asoslanganligi bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: davolash samaradorligini asoslash uchun tavsiya etilgan usul har bir holat uchun 3500000 so‘mni tejashga olib kelishi mumkin. Xulosa: anal soxadagi amaliyotlardan keyingi strikturalar morfologik belgilariga asoslangan  diagnostik-davolash algoritmi tashxisni to‘g‘ri va erta qo‘yish va davolash taktikasini takomillashtirishga imkon beradi. AKS ning kompensatsiya bosqichida( anal kanal torayishi-1,3-1,8smgacha) konservativ davolash chora-tadbirlari chandiq yumshatuvchi malxamlar va shamchalardan, har kunlik barmoq bilan kengaytirish muolajalari o‘tkaziladi. Ijobiy natijalar 95% bemorlarda kuzatildi, 5% bemorlarda qo‘shimcha bujlash amaliyoti ham o‘tkazildi. Ijobiy natijalar 100% tashkil etdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: anal kanal stenozlari darajasini, bosqichlarini baholash, tashxislash va uni korreksiyalash usullari orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, ijobiy davolash natijalarni oshirish, kasalxonadagi yotoq kunlarini kamaytirish, intraoperatsion va operatsiyadan keyingi asoratlarni sonini kamaytirish maqsadida anal kanal strikturasini baxolovchi to‘plam ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi foydali model uchun patent FAP 2505). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi (24.09.2024 y. 1488-14-207-TB/2024-son buyrug‘i), Milliy tibbiyot markazi (01.02.2025 y. 0I-03/9-son buyrug‘i) va Toshkent shaxar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi (07.02.2025 y. 13-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bemorlarda anal kanalda o‘tkazilgan turli xil jarrohlik amaliyotlaridan so‘ng yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli xil asoratlar, torayishlarning oldini olishga va tegishli taktik-strategik davo-profilaktik chora-tadbirlarni yaxshilash va takomillashtirish orqali anal kanal strikturasi kasallligini davolash tartibi boyitilganligi bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: anal kanal strikturasi bilan bemorlarni taklif etilgan xirurgik taktikani qo‘llash orqali davolash natijasida reabilitatsiya muddatlarining qisqarishi, xayot sifatining yaxshilanishi va mexnat faoliyatining tiklanishi tufayli yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 25% gacha byudjet mablag‘larini tejashga olib keladi. Xulosa: modifikatsiyalashgan Milligan-Morgan usulida gemorroidektomiya bemorlar 3,092 marta ko‘proq chandiqli stenozlar paydo bo‘ldi. Shulardan, 2,185 marotaba ko‘proq elektroxirurgik va lazerli gemorroidektomiyani (r<0,001) boshidan o‘tkazgan bemorlarga nisbatan 2,185 marotaba ko‘proq og‘ir darajali chandiqli stenozga chalinish ehtimoliga ega bo‘lishadi. To‘g‘ri ichakdagi tashqi va ichki gemorroy tufayli bajarilgan jarrohlik amaliyotlarining eng og‘ir asorati – anal stenozlar modifikatsiyalashgan Milligan-Morgan usulida gemorroidektomiya qilingan bemorlarda zamonaviy jarrohlik davolash usullarida bajarilgan aralashuvlarga nisbatan 2 marotaba ko‘proq uchraydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish