Muhsinov Ibrohimjon Ismoiljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinalari uchun tebranuvchi to‘rli sirt konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5098
Ilmiy rahbar: Sarimsakov Olimjon Sharipjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.T.15.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Jamoliddin Samatovich, texnika fanlari doktori, professor
Daliev Shuxrat Latibjonovich texnika fanlari falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinalari uchun tebranuvchi to‘rli sirt konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta xom ashyosini qoziqchali baraban va to‘rli sirt ta’sirida harakatlanishi davomida unga ta’sir etuvchi og‘irlik, ishqalanish va markazdan qochma kuchlar ta’sirini inobatga olgan holda harakat tezligi va ko‘chishini ifodalovchi matematik model ishlab chiqilgan;
to‘rli sirt va qoziqchali baraban yordamida harakatlanayotgan paxta oqimidan ifloslik zarrachalari ajralishini intensivlash imkonini beruvchi tebranma harakatni amalga oshiradigan qoziqchali baraban valiga mayatnik ko‘rinishida mahkamlangan to‘rli sirtning tebranishlarini maqsadli boshqarish tizimi ishlab chiqilgan;
to‘la omilli tajribalarni rejalashtirish va olingan natijalarni maqsadli kompyuter dasturlari yordamida ishlov berish orqali tozalagichda paxta va chigitiga mexanik kuchlar ta’sirini kamaytiruvchi tebranuvchi to‘rli sirtga ega bo‘lgan paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasi konsturuksiyasi ishlab chiqilgan;
chigitning mexanik shikastlanishini kamaytirish imkonin beradigan, qoziqchali baraban bilan oraliq masofani saqlagan holda tebranuvchi to‘rli sirtni harakatga keltiruvchi mexnizm uchun prujinaning ratsional o‘ramlar soni va bikrligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasi to‘rli sirti konstruksiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tebranuvchi to‘rli sirt konstruksiyasi ishlab chiqilgan va UXK mashinalarida “UZTEX UChKORGON” MChJ ga qarashli Namangan viloyatining “Uychi paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoati» uyushmasining 2025 yil 11 noyabrdagi №02/22-311-son ma’lumotnomasi). Natijada takomillashtirilgan mashinaning paxta tarkibidagi mayda iflosliklar miqdori 2,5 % dan 1,4 % gacha kamayishiga, ish unumdorligi 20-30 % ga, tozalash samaradorligini 10 % ga oshirilishiga hamda iflosliklar tarkibidagi paxta ulushi 1,8 % ga kamayishiga erishilgan.