Umarov Bexzod Turg‘unpo‘latovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kartoshka va piyozni saralashni mexanizatsiyalashning ilmiy-texnik asoslari”, 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/T725.
Ilmiy maslahatchi: Baxadirov Gayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar Akademiyasi M.T.O‘rozboev nomidagi mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.08/2025.27.12.T.13.01.
Rasmiy opponentlar: Norchaev Davron Rustamovich – texnika fanlari doktori, professor; Bayboboev Nabijon Gulomovich – texnika fanlari doktori, professor; Musurmonov Azzam Turdievich – texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kartoshka va piyozning respublikada keng tarqalgan navlarida hosilni saralashda ularni kam shikastlagan holda sifatli saralaydigan saralash qurilmasini ishlab chiqish yo‘li bilan mehnat sarfini kamaytirish va yuqori ish unumini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
piyoz va kartoshka tugunaklarini saralashda energiya va resurs tejamkorlikni ta’minlash uchun saralash qurilmasining konstruktiv sxemasi bir nechta elastik rezina tasmalarni transportyor ko‘rinishida o‘rnatilish shartidan ishlab chiqilgan;
piyoz va kartoshka tugunaklarini saralash qurilmasining tasmalarini transportyor ko‘rinishida o‘zaro ko‘ndalangiga joylashuv chegaralari va harakat rejimlari piyoz va kartoshka tugunaklariining fizik-mexanik xossalari, o‘lchamlarini hisobga olgan holda keltirib chiqarilgan analitik bog‘lanishlar asosida aniqlangan;
piyoz va kartoshka tugunaklarini saralash qurilmasining tasmasini turi, qayishqoqligi va o‘lchamlari piyoz va kartoshka tugunaklarini minimal shikastlanishini ta’minlash uchun mashina asosiy qismlari yuzasi bo‘ylab ular harakatining maqbul dinamik ko‘rsatkichlarini aniqlash imkonini beradigan matematik modellar asosida aniqlangan;
piyoz va kartoshka tugunaklarini turli fraksiyalrda saralashda ularni tasmalar yuzasi bo‘ylab bir tekis harakatlanishi, tiqilib qolmasligi va minimal dinamik ta’sirlashda bo‘lishini ta’minlaydigan sifat va energetik ish ko‘rsatkichlarini baholash mezonlaridan kelib chiqib aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kartoshka va piyozni saralashni mexanizatsiyalashning ilmiy-texnik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
kartoshka va piyozni saralash qurilma konstruksiyasiga
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazining patentlari olingan (“Ildizmevalarni saralash qurilmasi”, FAP 01733 – 2021 y., “Vibratsion saralash mashinasi”, IAP 07235 – 2022 y., “Saralash punktlari uchun avtomatik boshqariladigan transportyor”, IAP 8039 – 2025 y.). Natijada kartoshka va piyozni saralash qurilmasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
kartoshka va piyozni saralash qurilmasining tajriba nusxasi Toshkent viloyati Zangiota tumani “Agrover urug‘chilik” mas’uliyati cheklangan jamiyatining kartoshka saqlash omborida foydalanilayotgan “Grimme RH 20-60” va “Schouten Sorting Equipment B.V.” kartoshka tuganaklarini saralash – kalibrlash liniyasiga joriy etilgan (Kartoshka etishtiruvchilar uyushmasining 2022-yil 07-iyuldagi 01/03-35-son ma’lumotnomasi). Natijada saralash aniqligi 12 foizga oshgan, kartoshka tuganaklarining shikastlanish darajasi 22,4 dan 5,1 foizga, ekspluatatsion xarajatlar esa 17,7 foizga kamaygan;
ishlab chiqilgan kartoshka va piyozni saralash qurilmasining sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari “Marg‘ilon mexanika zavodi” MChJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Kartoshka etishtiruvchilar uyushmasining 2022-yil 07-iyuldagi 01/03-35-sonli ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega kartoshka va piyozni saralash qurilmasi sanoat usulida ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.