Pashazade Sahib Ag‘averdi o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tor uchun yaratilgan asarlarda mug‘omdan foydalanish xususiyatlari”, 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/San17.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ozarbayjon milliy konservatoriyasi.
Ilmiy rahbar: Tashmatova Azatgul Raximovna, san’atshunoslik fanlari doktori (DSc), professor.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti, PhD.11/2025.27.12.San.03.01.
Rasmiy opponentlar: Nizamov Asliddin, san’atshunoslik fanlari doktori (DSc), professor; Matyakubov Batir Jumaniyazovich, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ozarbayjon kompozitorlarining tor uchun yaratgan asarlarida mug‘omdan foydalanish xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Ozarbayjon kompozitorlari ijodida mug‘om va torni ijroviy texnik xususiyatlariga oid metodologiyasi o‘zbek maqomlarining lad, parda, nimparda, usul, shakl, metro-ritmik, tuzilishi, tarkibiy va badiiy xususiyatlarining umimiyligi kesimida ishlab chiqilgan;
Ozarbayjon musiqa madaniyatida mug‘om va torning mohiyati an’anaviy ijrochilik asoslari, ifodaviy imkoniyatlar, cholg‘ularning tembr xususiyatlari, intonatsion-lad va improvizatsion ta’siri ansambl va orkestrlarning tovush palitrasini boyituvchi omil ekanligi ochib berilgan;
Ozarbayjon kompozitorlari ijodida tor cholg‘usi uchun yaratilgan bir qismli dasturiy asarlar, Ya.Xalilov, N.Guliev, F.Babaeva va A.Rahmatovaning tor uchun konsertlari, T.Bakixanovning tor va skripka uchun konserti, X.Zeynalovaning ud va tor uchun konserti, Ya. Xalilovning “Ozarbayjon” simfoniyasi va “Mug‘om dostoni” suitasining ijrochilik amaliyoti xususiyatlari mug‘om-cholg‘ushunoslik tahlili, interpretatsion yondashuv, texnik-virtuozlik talablari, tembr-dinamik imkoniyatlari hamda stilistik-dramaturgik o‘ziga xos jihatlarini aniqlash orqali dalillangan;
kompozitorlik ijodining turli janrlarida mug‘om va tordan foydalanishda an’anaviy maqom kuylari, musiqiy iqtiboslar hamda kompozitorlar tomonidan yaratilgan mug‘om ohanglarining intonatsion tuzilishi, modal-strukturaviy rivojlantirish tamoyillari va lad-garmonik echimlari kabi badiiy kompozision-uslubiy xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Tor uchun yaratilgan asarlarda mug‘omdan foydalanish xususiyatlari” tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Ozarbayjon kompozitorlari ijodida mug‘om va torni ijroviy texnik xususiyatlariga oid metodologiyasi o‘zbek maqomlarining lad, parda, nimparda, usul, shakl, metro-ritmik, tuzilishi, tarkibiy va badiiy xususiyatlarining umimiyligi kesimida ishlab chiqilgan usullar bo‘yicha natijalar Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Faraj Karaev tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “Ustozga ehtirom” nomli konsert dasturida foydalanilgan (Ozarbayjon xalqaro mug‘om markazining 2025 yil 5 dekabrdagi 276-son ma’lumotnomasi). Natijada musiqashunos olimlar va ijrochilar tor uchun yaratilgan asarlarda mug‘omdan foydalanish xususiyatlari hamda o‘zbek maqomlari bilan umimiyligi haqida ma’lumotlarga ega bo’lishlariga erishilgan;
Ozarbayjon musiqa madaniyatida mug‘om va torning mohiyati an’anaviy ijrochilik asoslari, ifodaviy imkoniyatlar, cholg‘ularning tembr xususiyatlari, intonatsion-lad va improvizatsion ta’siri ansambl va orkestrlarning tovush palitrasini boyituvchi omil ekanligi xususidagi natijalar Ozarbayjon ijtimoiy televideniyasi va radioeshittirish kompaniyasining “Ustoz darsi” ko‘rsatuvida qo‘llanilgan (Ozarbayjon Respublikasi ijtimoiy televideniya va radioeshittirish kompaniyasining 2025 yil 5 noyabrdagi 02-02-163-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilar mug‘om va torning ozarbayjon musiqa madaniyatidagi o‘rni haqida muayyan qarashlar va yangi ilmiy tasavvurlarga ega bo’lishgan;
Ozarbayjon kompozitorlari ijodida tor cholg‘usi uchun yaratilgan bir qismli dasturiy asarlar, Ya.Xalilov, N.Guliev, F.Babaeva va A.Rahmatovaning tor uchun konsertlari, T.Bakixanovning tor va skripka uchun konserti, X.Zeynalovaning ud va tor uchun konserti, Ya. Xalilovning № 8- “Ozarbayjon” simfoniyasi va “Mug‘om dostoni” suitasining ijrochilik amaliyoti xususiyatlari mug‘om-cholg‘ushunoslik tahlili, interpretatsion yondashuv, texnik-virtuozlik talablari, tembr-dinamik imkoniyatlari hamda stilistik-dramaturgik o‘ziga xos jihatlari; kompozitorlik ijodining turli janrlarida mug‘om va tordan foydalanishda an’anaviy maqom kuylari, musiqiy iqtiboslar hamda kompozitorlar tomonidan yaratilgan mug‘om ohanglarining intonatsion tuzilishi, modal-strukturaviy rivojlantirish tamoyillari va lad-garmonik echimlari kabi badiiy kompozision-uslubiy xususiyatlarini aniqlashga oid natijalari 2022-yil 3-yanvarda bo'lib o‘tgan Uzeyir Hojibeyli nomidagi Ozarbayjon musiqa va drama san'ati akademiyasining 100 yilligiga bag‘ishlangan kechada 2022-yil 21-dekabrda taniqli tarchi A. Bokixonovning 130 yilligiga bag‘ishlangan konsertida foydalanilgan ("Ozarbayjon televidenie va radioeshittirishlari" yopiq aksiyadorlik jamiyatining 2025 yil 5 dekabrdagi 13-6/3-5095/2025-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilar ozarbayjon mug‘omi va o‘zbek maqomining umumiylik qirralarini aniqlashda muhim omil bo‘lgan mug‘om kuy-ohanglari haqida o‘z bilimlarini oshirgan.