Panjiev Adham O‘rozovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston SSR siyosiy rahbariyati faoliyati (1939-1945 y.) ”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tar1037
Ilmiy rahbar: Rajabov Qahramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori,professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti.
DSc 03/2025.27.12.Tar.11.01.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, Qobulov Eshbolta Atamurodovich; tarix fanlari doktori, professor G‘afforov Shokir Safarovich
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston SSR siyosiy rahbariyati faoliyati masalalarini tahlil etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining byurosi a’zolarining tarkibi va uning tuzilishini o‘rganib, ularning amalga oshirgan ishlari ko‘rsatib o‘tildi. Davlat va partiya arbobi Usmon Yusupov Ikkinchi jahon urushi davrida amalga oshirgan ishlari: Katta Farg‘ona kanali qurilishi, O‘zbekistonga ko‘chirilgan korxonalarni joylashtirish, g‘arbiy hududlardan olib kelingan aholini oziq-ovqat bilan ta’minlanishi, O‘zbekiston Kompartiyasining faoliyatini tashkil etish, mamlakat iqtisodiyotini urush sharoitlariga moslashtirish, urush fronlari uchun oziq-ovqat va qurol-yarog‘ bilan taminlanishi, yangi elektr stansiyalar bunyod etishi, qishloq xo‘jaligini urushga moslashtirish, O‘zbekiston xalqini tinchligini saqlash kabi masalalar isbotlangan;
O‘zbekiston SSR hukumatining amalga oshirgan ishlari tufayli xalq xo‘jaligini urush sharoitlariga moslab qayta qurilishida hukumat raisi Abdujabbor Abdurahmonov tomonidan chora tadbirlar: ikkinchi jahon urushi davrida xalqni qiynab kelayotgan suv masalasini xal qilish uchun Rudasoy va Kosonsoy suv ombori qurildi, ko‘chirilgan korxonalarni Toshkent va Farg‘ona hududlariga joylashtirish, Chirchiqkimyo zavodini urush sharoitiga moslashtirish, Farhod GESini bunyod etishda tashkilotchilik, davlatda urush davrid ta’lim va tibbiyot sohasida qinilgan tadbirlar dalillangan;
Urush yillarida O‘zbekistonda milliy harbiy qismlar shakllantirish va o‘zbekistonlik jangchilarning jasorati va matonati haqida yangi malumotlar berilib, milliy harbiy qismlarning qanday qiyin sharoitlarida tuzilib mamlakatning 1/3 qismi urush fronlarida xizmat qilganligi, front ortidagi aholidan urush ehtiyojlaridan foydalanganligi og‘zaki tarix usullaridan hamda yangi olib borilgan tadqiqot ishlari orqali o‘rganilgan;
Birlamchi manbalar yordamida O‘zbekistonga ko‘chirilgan korxonalar hamda aholining joylashtirilishi, ayniqsa, bolalarning ko‘chirib keltirish jarayonlarini o‘rganildi. Urush davrida olib kelingan Oliy ta’lim muassasalari va tadqiqot institutlarini joylashtirishda O‘zbekiston SSR rahbarlarining tashabbusi bilan bog‘liq jarayonlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston SSR siyosiy rahbariyati faoliyati ustida olib borilgan izlanishlar natijalari asosida:
Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining byurosi a’zolarining tarkibi va uning tuzilishini o‘rganib, ularning amalga oshirgan ishlari ko‘rsatib o‘tildi. Davlat va partiya arbobi Usmon Yusupov Ikkinchi jahon urushi davrida amalga oshirgan ishlari: Katta Farg‘ona kanali qurilishi, O‘zbekistonga ko‘chirilgan korxonalarni joylashtirish, g‘arbiy hududlardan olib kelingan aholini oziq-ovqat bilan ta’minlanishi, O‘zbekiston Kompartiyasining faoliyatini tashkil etish, mamlakat iqtisodiyotini urush sharoitlariga moslashtirish, urush fronlari uchun oziq-ovqat va qurol-yarog‘ bilan taminlanishi, yangi elektr stansiyalar bunyod etishi, qishloq xo‘jaligini urushga moslashtirish, O‘zbekiston xalqini tinchligini saqlashga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2024-yil 25-yanvarda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2024-yil 29-yanvardagi 02-31-124-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar teletomoshabinlarning Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekiston SSR siyosiy rahbariyatining faoliyati to‘g‘risida yangi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga xizmat qiladi.
O‘zbekiston SSR hukumatining amalga oshirgan ishlari tufayli xalq xo‘jaligini urush sharoitlariga moslab qayta qurilishida hukumat raisi Abdujabbor Abdurahmonov tomonidan chora tadbirlar: ikkinchi jahon urushi davrida xalqni qiynab kelayotgan suv masalasini xal qilish uchun Rudasoy va Kosonsoy suv ombori qurildi, ko‘chirilgan korxonalarni Toshkent va Farg‘ona hududlariga joylashtirish, Chirchiqkimyo zavodini urush sharoitiga moslashtirish, Farhod GESini bunyod etishda tashkilotchilik, davlatda urush davrid ta’lim va tibbiyot sohasida qinilgan tadbirlar dalillangan.
Urush yillarida O‘zbekistonda milliy harbiy qismlar shakllantirish va o‘zbekistonlik jangchilarning jasorati va matonati haqida yangi malumotlar berilib, milliy harbiy qismlarning qanday qiyin sharoitlarida tuzilib mamlakatning 1/3 qismi urush fronlarida xizmat qilganligi, front ortidagi aholidan urush ehtiyojlaridan foydalanganligi og‘zaki tarix usullaridan hamda yangi olib borilgan tadqiqot ishlari orqali o‘rganilgan.
Birlamchi manbalar yordamida O‘zbekistonga ko‘chirilgan korxonalar hamda aholining joylashtirilishi, ayniqsa, bolalarning ko‘chirib keltirish jarayonlarini o‘rganildi. Urush davrida olib kelingan Oliy ta’lim muassasalari va tadqiqot institutlarini joylashtirishda O‘zbekiston SSR rahbarlarining tashabbusi bilan bog‘liq jarayonlarning ilmiy natijalari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi fondi dasturlarini bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasining 2024-yil 4-dekabrdagi № 42/938-son ma’lumotnomasi) Bu esa tahlil qilingan manbalar, xorijiy va ilmiy adabiyotlar, ilmiy asosga ega bo‘lgan xulosa va takliflar urush yillarida O‘zbekiston SSR siyosiy rahbariyatining faoliyati va aholisining kundalik hayoti tarixini o‘rganishga hamda chuqur tahlil qilishga xizmat qilagan.