Abdusalamov Jaxongir Uktam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon matni

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarining jismoniy shaxslarni kreditlash amaliyotini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4983.
Ilmiy rahbar: Rasulov To‘lqin Sattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.I.29.02 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rustamov Davron Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  Kulliev Istam Yangimurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarni kreditlash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarni kreditlash amaliyotini takomillashtirish va bankning kredit portfelini sifatli shakllantirishda aholining qarz yuki darajasi (debt burden ratio – DBR) ni ifodalovchi ko‘rsatkichlar holatining tahlili asosida bankning jismoniy shaxslarga berilgan kreditlari tarkibida muammoli kreditlar (NPL) miqdorini maqbul holatga keltirish, kredit portfelida NPL ulushini o‘rtacha 0.7–1.0% oraliqda kamaytirish imkoniyati mavjudligi asoslangan; 
tijorat banklarining jismoniy shaxslarga yo‘naltirilgan kreditlari daromadliligini oshirish va mijozlarning moliyaviy ehtiyojlarini tahlil qilish maqsadida REAN konsepsiyasini qo‘llash asosida banklarning aholiga berilgan kredit qo‘yilmalarini takomillashtirish, kreditga yo‘naltirilgan resurslarini optimal darajaga keltirilib, kredit portfeli tarkibida jismoniy shaxslar kreditlarining daromadliligini o‘rtacha 1.2–1.5% oraliqda ko‘paytirish yo‘nalishlari asoslangan;
bankning jismoniy shaxslar kreditlarini samarali shakllantirish va kredit portfelini tizimli boshqarishda tijorat bankining kredit potensiali darajasiga qarab moliyaviy resurslarni uy xo‘jaliklariga ajratish asosida bankning kredit portfeli tarkibida jismoniy shaxslar kreditlari ulushi va kreditga yo‘naltirilgan resurslarning tarmoq tarkibini diversifikatsiya darajasini optimal holatga keltirilib, bankning aktivlar daromadliligi (ROA) darajasini 2.0% gacha oshirish imkoniyatining mavjudligi asoslandi; 
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining jismoniy shaxslar kreditlari hajmiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida jismoniy shaxslar kreditlarini takomillashtirishning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tijorat banklarining jismoniy shaxslar kreditlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida: 
tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga kreditlar berilishi amaliyotini takomillashtirish va bankning kredit portfeli tarkibini sifatli shakllantirishda aholining qarz yuki darajasi (debt burden ratio – DBR) cheklovini tavakkalchilikka tortilgan aktivlarga nisbatan muvofiqlashtirish asosida ta’minlash taklifi ATB “Mikrokreditbank” tomonidan joriy qilingan (ATB “Mikrokreditbank”ning 2025-yil 10-fevraldagi 05-12/2722 sonli ma’lumotnomasi).  Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi ATB “Mikrokreditbank”ning jismoniy shaxslarga berilgan kreditlari tarkibida muammoli kreditlar (NPL) miqdori maqbul holatga keltirilib, kredit portfelida NPL ulushini o‘rtacha 0.8-1.0% oraliqda kamaytirish mavjudligi belgilangan;  
tijorat banklarining kredit portfeli tarkibida jismoniy shaxslarga yo‘naltirilgan kreditlar daromadliligini oshirish va mijozlarning moliyaviy ehtiyojlarini tahlil qilish maqsadida REAN (Reach, Engagement, Activation and Nurture) konsepsiyasini qo‘llash asosida banklarning aholiga berilgan kredit qo‘yilmalarini takomillashtirish, kreditga yo‘naltirilgan resurslarni optimal holatga keltirish taklifi ATB “Mikrokreditbank” tomonidan joriy qilingan (ATB “Mikrokreditbank”ning 2025-yil 10-fevraldagi 05-12/2722 sonli ma’lumotnomasi).  Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi ATB “Mikrokreditbank”ning kredit portfeli tarkibida jismoniy shaxslar kreditlarining daromadliligini o‘rtacha 1.2–1.5% oralig‘ida ko‘paytirish imkonini yaratgan;
bankning jismoniy shaxslar kreditlarini samarali shakllantirish va kredit portfeli tarkibidagi jismoniy shaxslar kreditlarini tizimli boshqarishda tijorat bankining kredit potensiali darajasiga qarab moliyaviy resurslarni uy xo‘jaliklariga ajratish taklifi ATB “Mikrokreditbank” tomonidan joriy qilingan (ATB “Mikrokreditbank”ning 2025-yil 10-fevraldagi 05-12/2722 sonli ma’lumotnomasi).  Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ATB “Mikrokreditbank”ning kredit portfeli tarkibida jismoniy shaxslar kreditlari ulushi va kreditga yo‘naltirilgan resurslarning tarmoqlar bo‘yicha diversifikatsiyalashuv darajasi optimal holatga keltirilib, bankning aktivlar daromadliligi (ROA) darajasini 2.0% gacha oshirish imkoniyatining mavjudligi asoslangan;
tijorat banklarida jismoniy shaxslar kreditlarini takomillashtirishga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi “Parametric Model” ekonometrik modeli asosida bankning jismoniy shaxslar kreditlari sifatini oshirishning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifi ATB “Mikrokreditbank” tomonidan joriy qilingan (ATB “Mikrokreditbank”ning 2025-yil 10-fevraldagi 05-12/2722 sonli ma’lumotnomasi).  Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ATB “Mikrokreditbank”ning jismoniy shaxslar kreditlarini takomillashtirishga ta’sir etuvchi omillar ekonometrik modeli asosida tahlil qilinib, uy xo‘jaliklariga ajratilayotgan kreditlarni takomillashtirishning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish