Rahmatov Xudoyqul Chorievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Introduksiya sharoitida Hind nastarini (Lagerstroemia indica L.) ning bioekologiyasi va ko‘paytirish usullari”, 06.03.01 – O’rmon ekinlari. Seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko’kalamzorlashtirish. O’rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o’rmonlarini barpo etish (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/B1296.
Ilmiy rahbar: Berdiev Erkin turdalievich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi DSc.08/2025.27.12.Qx.02.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaev Boboqul Yorqulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Temirov Eldor Ergashboevich, biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent vohasi hududida Hind nastarinining (Lagerstroemia indica L.) bioekoloyiyasi va ko‘paytirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent vohasida Hind nastarinining ontogenezi 4 davr, 7 bosqich va 3 fazalardan iborat bo‘lishi, pregenerativ davrida 4 bosqich (preyuvinel (p), yuvinel (j), immatur (im) va virginal (v)) bosqichlari aniqlangan;
virginil bosqich eng murakkab bo‘lib, bir xil davrda ekilgan nihollarda birinchi yilda 1-1,8%, ikkinchi yilda 90-94 % nihollarda va uchunchi yili 5-9 % nihollarda yakuniga etishi isbotlangan;
Toshkent vohasi sharoitida Hind nastarinining kunlik gullash dinamikasi etuk butalarda gullarning ochilish soni o‘rtacha 123 tani tashkil etishi, gʻunchalash davri 17-25 kun va gullash 115-125 kun davom etishi aniqlangan;
Hind nastarinining Surxondaryoda terilgan urug‘larining og‘irligi 2,4 ± 0,3 grammni va Toshkent vohasi sharoitida terilgan urug‘larning og‘irligi 2,1 ± 0,2 grammni tashkil qilishi aniqlangan;
Toshkent vohasi sharoitida Hind nastarinining fenologiyasi tadqiq etilib, uning umumiy vegetatsiya davri 218-230 kunni tashkil etishi aniqlangan;
Toshkent vohasi sharoitida Hind nastarini introduksion mezonlar bo‘yicha 74 ball, manzaraviyligi 78 ballga baholanib, o‘simlikning yuqori moslashuvchanlikka ega ekanligi isbotlangan;
Hind nastarinining urugʻi va qalamchalaridan ko‘paytirishda eng yaxshi natija 500 mg/l geteroauksin qo‘llagan variantda urugʻlarining unuvchanligi 10,35 %, qalamchalarniki 98 foizni tashkil etib, nazoratga nisbatan 52,2 % va 11,6 % ga yuqori bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Introduksiya sharoitida Hind nastarinining bioekologiyasi va ko‘paytirish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Hind nastarini (Lagerstroemia indica L.) ko’chatlarini etishtirishda urugʻlarni terib olish muddatlari va ekishga tayyorlash usullarini aniqlash ishlanmasi Darxon ilmiy-tajriba xo‘jaligi ko‘chatxonasida joriy etilgan (Ekologiya va artof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarish vazirligining 03-03/1-03/3-8865-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2910 dona standart ko‘chatlar etishtishtirilgan hamda uch yillik ko‘chatlarni realizsiyasidan daromad olish imkonini bergan;
Hind nastarini (Lagerstroemia indica L.) ko’chatlarini etishtirishda urugʻlarni terib olish muddatlari va ekishga tayyorlash usullarini aniqlash ishlanmasi “Green zone of world” mas’uliyati cheklangan jamiyati hududining 8-bo‘lim ko‘chtaxonasiga joriy etilgan (Ekologiya va artof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarish vazirligining 03-03/1-03/3-8865- sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 13,76 ming dona standart ko‘chatlar etishtishtirilgan hamda uch yillik ko‘chatlarni realizsiyasidan daromad olish imkonini bergan;
Hind nastarini (Lagerstroemia indica L.) ko’chatlarini etishtirishda urugʻlarni terib olish muddatlari va ekishga tayyorlash usullarini aniqlash ishlanmasi GREEN NATURE BUILDERS mas’uliyati cheklangan jamiyati hududining import bo‘lim ko‘chatxonasiga joriy etilgan (Ekologiya va artof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarish vazirligining 03-03/1-03/3-8865- sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 7,35 ming dona strandart ko‘chatlar etishtishtirilgan hamda uch yillik ko‘chatlarni realizsiyasidan daromad olish olish imkonini bergan.