Ergasheva Yulduz Xalilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «GAT texnologiyalari asosida tabiiy va texnogen xavfli jarayonlarni baholash kartalarini yaratish metodikasini takomillashtirish», 11.00.06 – Geodeziya. Kartografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Gr377.
Ilmiy rahbar: Safarov Eshqobul Yuldashovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Gr.01.17.
Rasmiy opponentlar: Fozilova Dilbar Shomurodovna, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Raxmonov Dilshod Normo‘minovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy va texnogen xavflarni aniqlash va GAT texnologiyalari asosida dinamik xavfni baholash kartalarini yaratish metodlarini takomillashtirish hamda modelini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy va texnogen xavfli jarayonlarni kartaga olishning zamonaviy 6 ta baholash mezonlari (radioaktiv ta’sir, chiqindi yig‘iladigan havzaning havoga ta’siri, suv bosimining gidravlik obektlarga ta’siri, erosti suvlarining infratuzilmagan ta’siri, relef nishabligi, er osti suvlarining sathi) GAT texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan;
tabiiy va texnogen xavfli jarayonlarni baholash kartalarini yaratish usullari Landsat-8, Sentinel-2 kosmik suratlarini ArcGIS dasturida qayta ishlash asosida takomillashtirilgan;
tabiiy va texnogen xavfli jarayonlarni geografik sharoit hamda texnogen va ekologik omillar bilan aloqadorligini matematik-kartografik modellashtirishning korellyasion bog‘lanish qiymati (1, -1, 0) asoslangan;
GAT texnologiyalari ArcGIS dasturlarida kosmik geotasvirlarni o‘zaro integratsiya qilish negizida xavfli hududlarning chegaralarini va xavf darajasini aniqlovchi raqamli kartalar seriyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tabiiy va texnogen xavfli jarayonlarni kartaga olish bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:
tabiiy va texnogen xavfli jarayonlarni kartaga olishda GAT texnologiyalari asosida lingvistik tadqiq qilish metodikasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligida tabiiy va ekologik kartalarni nashrga tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 9-iyuldagi 03-03-7503-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy va texnogen xavfli jarayonlarni baholash kartalarining mazmunini semantik, sintaktik va pragmatik xususiyatlarini avtomatlashtirilgan usulda tahlil qilish imkonini yaratgan;
tabiiy va texnogen xavfli jarayonlarni baholash kartalarini yaratish bo‘yicha kosmik suratlarini ArcGIS dasturida qayta ishlash asosida takomillashtirilgan usullari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligida mavzuli kartalarni ishlab chiqishda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 9-iyuldagi 03-03-7503-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy va texnogen xavfli jarayonlarning hududiy va fazoviy aniqligini, vizual tasvirlash sifatini oshirish imkoni yaratilgan;
tabiiy va texnogen xavfli jarayonlarni baholashda geoma’lumotlar bazasi va kartalar mazmunini shakllantirish algoritmi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligida umumgeografik va mavzuli kartalarni ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 9-iyuldagi 03-03-7503-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kartaga olinayotgan obektlarning geografik sharoit bilan o‘zaro bog‘liqligi salbiy yoki ijobiy natijalarni oldindan belgilash imkonini bergan;
kosmik suratlarini ArcGIS dasturlarida geotasvirlarni o‘zaro integratsiya qilish negizida ishlab chiqilgan xavfli hududlarning chegaralarini va xavf darajasini aniqlovchi raqamli kartalar seriyasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligida turli mavzudagi kartalarni ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 9-iyuldagi 03-03-7503-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xavfli hududlar chegaralari va xavf darajasini ko‘rsatuvchi raqamli kartalar seriyasi kadastr sohasida xavfli hududlar kadastrini shakllantirish, yer uchastkalarida xavf indeksini belgilash hamda kadastr ma’lumotlarining aniqligini oshirish imkoniyatini bergan.