Radjabova Lobar Ramazonovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kontrafakt tovarlar energetik ichimliklar tarkibini tadqiq etish va tasniflash tizimini takomillashtirish”, 02.00.09 – Tovarlar kimyosi (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/T693.
Ilmiy maslahatchi: Karimqulov Qurbonqul Mavlanqulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.07.04.
Rasmiy opponentlar: Axmadaliev Maxamadjon Axmadalievich, texnika fanlari doktori, dotsent; Yo‘lchiev Aslbek Baxtiyorbekovich, texnika fanlari doktori, dotsent; To‘raev Zokirjon, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kontrafakt tovarlar va alkogolsiz salqin ichimliklar sinfiga kiruvchi energetik ichimliklar, kam alkogolli energetik ichimliklar va sport energetik kokteyllari tarkibidagi inson organizmga xavfli ta’sir ko‘rsatuvchi kimyoviy moddalarning  aniqlashning kimyoviy usullari va ularni tasniflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, eksport qilinayotgan TIF TN 2202 tovar guruhi tarkibidagi energetik ichimliklarning kimyoviy tarkibi xromatografik usulda aniqlash asosida energetik ichimliklar uchun jami 2 ta yangi TIF TN kod raqami ishlab chiqilgan;
ilk bor, energetik ichimliklarning kontrafakt shakllari kimyoviy identifikatsiya asosida aniqlash natijasida, ushbu tovarlarning standart me’yorlardan og‘ish miqdori (foiz hisobida) isbotlangan;
kam alkogolli ayrim energetik ichimliklar tarkibidagi etil spirti miqdori qadoqda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarga mosligini aniqlash natijasida “Yaguar orginal”  ichimligida 7,5 %, “Red Devil alkoenergy” ichimligida 9 % ni tashkil etishi isbotlangan; 
energetik ichimliklarning import qilinayotgan soxta (kontrafakt) turlari tarkibida kofein, taurin va aspartam birikmalarining miqdorlari me’yoriy chegaralardan ortiq bo‘lib inson salomatligi uchun xavfli darajada ekanligi isbotlangan; 
alkogolsiz ichimliklar va energetik ichimliklardagi, jumladan, “Monster Energy” ichimligidagi kofein, aspartam va taurinning taxminiy darajasini MISER LC-MS yordamida tekshirilganda, ushbu ichimlik tarkibida kofein va taurin, hamda sun’iy tinchlantiruvchi aspartam miqdori belgilangan me’yordan yuqori ekanligi aniqlangan;
energetik ichimliklar tarkibidagi kofein tahlil qilinganda, kunlik va haftalik miqdordan hamda, qadoqda ko‘rsatilgan iste’mol me’yoridan ya’ni 150 mg dan ko‘p ekanligi yuqori samarali  suyuqlik xromotografiyasi  usuli yordamida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alkogolsiz salqin ichimliklar tarkibiga kiruvchi energetik salqin ichimliklarni TIF TN asosida tasniflash tizimini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
energetik ichimliklarning kimyoviy tarkibi aniqlanib, ularga tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha, quyidagicha: “mineral va gazlangan suvlar” uchun – 2202 10 0001, “tarkibida kofein va taurin mavjud bo‘lgan energetik salqin ichimliklar” uchun – 2202 10 0002 yangi xalqaro tovar kod raqamlari ishlab chiqilgan hamda davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2025 yil 23 yanvardagi 17/05-250080-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, TIF TN 2202 tovar guruhi bo‘yicha energetik ichimliklarni tasniflashda aniq identifikatsion belgilarga ega milliy kodlash tizimini yaratish, bojxona va sertifikatlash amaliyotida kontrafakt mahsulotlarni tezkor aniqlash uchun kimyoviy tarkibga asoslangan kodifikatsiya ishlab chiqish imkonini bergan;
alkogolsiz salqin ichimliklar sinfiga kiruvchi energetik ichimliklar tarkibidagi kofein, taurin va guarana kabi kimyoviy moddalar miqdorini aniqlashning samarali suyuqlik xromotografiyasiga asoslangan usuli O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 21 dekabrdagi 02-28/29955-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, energetik ichimliklarning inson salomatligiga xavf darajasi kimyoviy va fiziologik asosda baholanib, ushbu  ma’lumotlar sog‘liqni saqlash tizimida biologik faol moddalarning me’yoriy miqdorlarini qayta ko‘rib chiqish imkonini bergan; 
alkogolsiz ichimliklar sinfiga kiruvchi energetik ichimliklar, tarkibida alkogol saqlaydigan  energetik ichimliklar va sport energetik ichimliklari tarkibidagi kofein, taurin va guarana kimyoviy moddalarning inson salomatligiga xavfli ta’sirlarini aniqlash usullari O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi Davlat mussasasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi Davlat mussasasi 2024 yil 3 dekabrdagi 1/302-son ma’lumotnomasi). Natijada, kodlarni tavsiya etish, bojxona to‘lovlarini to‘g‘ri hisoblash, qalbaki yoki arzon aralash mahsulotlar tez aniqlash, tovar xavfsizligini ta’minlash, davlat bojxona daromadlarini optimallashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish