Tojiboev Mirzaabdulla Mustafoqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Equisetium arvensis va Convolvulus arvensis asosida xalq tabobati uchun tovarlar olish va ularni sinflash”, 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41 – Xalq tabobati (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/K784.
Ilmiy rahbarlar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor; Imomova Mukammal Yormuxamatovna, kimyo fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.07.04.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Vaxobjon Umarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Rustamov Sanjar Ashiralievich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Equisetum ramosissimum, Equisetum arvensis va Convolvulus arvensis o‘simliklarining turli kompozisiyalari asosida xalq tabobati uchun oziq-ovqat qo‘shilmalari ishlab chiqish, ularning kimyoviy tarkibi va shifobaxsh xususiyatlarini aniqlash hamda olingan yangi tovarlarni TIF TN bo’yicha sinflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysida o‘suvchi Equisetum ramosissimum, Equisetum arvensis va Convolvulus arvensis o‘simliklarining tarkibidagi makro- va mikroelementlar induktiv bog‘langan plazmali mass-spektrometriya usuli yordamida aniqlanib K, Ca, Na, Mg, Fe, Zn, kabi asosiy elementlarning yuqori miqdorda to‘planishi aniqlangan;
Equiseti arvensis, Equisetum ramassismum hamda Convolvulus arvensis turli nisbatlarda (3:3:2, 1:1:2, 1:1:6) olingan namunalarda sinovdan o‘tkazilib, ular orasida 1:1:6 nisbatdagi aralashmaning antioksidant faolligi (19,82%) boshqalarga nisbatan yuqori ekanligi isbotlangan, hamda ushbu aralashma asosida “As-Ramosis” oziq-ovqat qo‘shilmasi ishlab chiqilgan.
“As-Ramosis” oziq-ovqat qo‘shilmasining toksiklik darajasi o‘rganilib, OECD tasnifiga ko‘ra VI sinf - kimyoviy birikmalarning nisbatan zaharsiz sinfiga tegishli ekanligini aniqlangan;
“As-Ramosis” oziq-ovqat qo‘shilmasi tarkibidagi rutin, salisil kislota, kversetin, apigenin kabi flavonoidlar miqdorini YuSSX usulida aniqlanib, tarkibida rutinning moqdori boshqa flavonoidlarda nisbatan yuqori ekanligi isbotlangan;
“As-Ramosis” tarkibidagi vitaminlarni miqdori YuSSX usulida tahlil qilinib, oziq-ovqat qo‘shilmasi tarkibiga B1, B3, B6 va B9 vitaminlar miqdori ko‘p ekanligi isbotlabgan;
“As-Ramosis” oziq-ovqat qo‘shilmasi tarkibidagi makro-, mikroelementlar va og‘ir metallarning miqdori induksion bog‘langan plazmali optik emission spektometrida amalga oshirilgan. OOQ tarkibida Mg, Fe, K, Na, Ca, Zn, Mn kabi foydali elementlarning miqdori ko‘p ekani hamda zaharli og‘ir metallar mavjud emasligi isbotlangan;
“As-Ramosis” oziq-ovqat qo‘shilmasi va “As-Arvens” surtmasining antibaktetial va antifungal faolligi aniqlamib, “As-Ramosis” oziq-ovqat qo‘shilmasi Agrobacterium tumefaciens, Escherichi a coli bakterialari va Cryptococcus sp zambrug‘iga hamda “As-Arvens” surtmasi Bacillus toyonensi, Agrobacterium tumefaciens, Staphylococc us aureus bakterialari, Candida albicans zambrug‘lariga qarshi faolligi isbotlangan;
“As-Arvens” malhamining teri ochiq jarohatlarining bitishiga taʻsiri orqali malhamning teri regeneratsiyasini yaxshilash qobiliyati isbotlangan;
Farg‘ona viloyati hududida o‘suvchi Equisetum ramosissimum, Equisetum arvensis va Convolvulus arvensis o‘simliklari asosida biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmasi va teri uchun malham yaratilgan va tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovarlar nomenklaturasi (TIF TN) bo‘yicha tovar kodi ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Equisetum ramosissimum, Equisetum arvensis va Convolvulus arvensis o‘simliklari asosida xalq tabobati uchun tovarlar olish va ularni sinflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Equisetum ramosissimum, Equisetum arvensis va Convolvulus arvensis o‘simliklari asosida “As-Romosis” nomli yangi oziq-ovqat qo‘shilmasini ishlab chiqarish texnologik yo‘riqnomasi (TY 545585745-01:2024) ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2024 yil 6 – noyabrdagi 389982-soni xati). Natijada, Equisetum ramosissimum, Equisetum arvensis va Convolvulus arvensis o‘simliglarining kompozisiyasi asosida shifobaxsh oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqarish imkonini bergan.
Convolvulus arvensis o‘simligi asosida yangi “As-Arvens” surtmasi ishlab chiqarish texnologik yo‘riqnomasi (TY 5582548-02:2024) ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2024 yil 6 – noyabrdagi 389980-soni xati). Natijada, Equisetum ramosissimum, Equisetum arvensis va Convolvulus arvensis o‘simliklari asosida shifobaxsh teri uchun surtmani ishlab chiqarish imkonini bergan.
“As-Romosis” oziq-ovqat qo‘shilmasi va “As-Arvens” surtmasi tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha sinflanib, “As-Ramosis” oziq-ovqat qo‘shilmasi uchun – 1211 90 860 6 kod raqami, “As-Arvens” surtmasi uchun – 3304 99 000 1 yangi xalqaro tovar kod raqamlari ishlab chiqililgan va davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2024 yil 4 dekabrdagi 17/05-24-2128-son maʻlumotnomasi). Natijada, Equisetium arvensis va Convolvulus arvensis dorivor o‘simliklari asosida tayyorlangan oziq-ovqat qo‘shilma va yaraga qarshi surtmasini kimyoviy tarkibi asosida sinflash imkonini bergan.