Umarova Maftuna Mashrabjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida kaliy sulfat olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5030.
Ilmiy rahbar: Dexkanov Zulfikaxar Kirgizbaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.19.06.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Baxodir Elbekovich, texnika fanlari doktori, professor; Usanbaev Najimuddin Xalmurzaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat chiqindisi fosfogipsni mahalliy chiqindi asosida karbonatli konversiya qilish orqali kaliy sulfat oʻgʻitini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotining ilmiy yangiligi:
kaliy karbonat eritmasini konversiyalash jarayoniga bosqichma-bosqich kiritilishi natijasida, jarayon davomiyligini 30 daqiqagacha kamayishi asoslangan;
sanoat chiqindisi fosfogipsni mahalliy chiqindi asosida karbonatli konversiyalash jarayonida konversiya darajasi 83-86% gacha borganligi asoslangan;
sanoat chiqindisi fosfogipsni mahalliy chiqindi asosida karbonatli konversiyalashdan olingan suspenziyasini filtrlanish tezligi 1809,44 kg/m2·soat va 3545,81 kg/m2·soat ekanligi aniqlangan;
olingan namunalarning rentgenafazali, IQ-spektroskopik va fizik-kimyoviy tahlillari o‘tkazilgan hamda xlorsiz kaliyli o‘g‘it olishning maqbul tarkibi aniqlangan;
sanoat chiqindisi fosfogipsni mahalliy chiqindi asosida karbonatli konversiyalash orqali kaliy sulfat olishning moddiy sarf hisobi ishlab chiqilgan, quritish hamda sovutish jarayonlarini optimallash orqali resurstejamkor kaliy sulfat olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilinishi. Respublikamizdagi mahalliy xomashyo fosfogipsni suyuq usulda karbonatli qayta ishlash orqali kaliy sulfat o‘g‘iti olish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sanoat va mahalliy kislotali qayta ishlash orqali kaliy sulfat ishlab chiqarishning taklif etilayotgan texnologiyasi “Elektrokimyozavod” qo‘shma korxonasining “2027-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJning 2025 yil 23 maydagi 60-son ma’lumotnomasi). Natijada, kaliy va oltingugurtli o‘g‘it ishlab chiqarish imkonini beradi;
sanoat va mahalliy chiqindilarni konversiya usulida qayta ishlab kaliy sulfat ishlab chiqarishning taklif etilayotgan texnologiyasi Elektrokimyozavod” qo‘shma korxonasining “2027-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJning 2025 yil 23 maydagi 60-son ma’lumotnomasi). Natijada, kaliy va oltingugurtli o‘g‘it ishlab chiqarish imkonini beradi.