Djabarov Bekzod Tairovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): «Elektrotexnika maqsadlari uchun mahalliy va ikkilamchi xom ashyo asosida elektr izolyasiyali kompozision materiallarning samarali tarkiblari va ularni olish texnologiyalarini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6090.
Ilmiy rahbar: Abed Nodira Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti “Fan va taraqqiyot” DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/2025.27.12.T.02.06.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh, ilmiy darajasi va unvoni: Mamadalimov Abdugafur Teshaboevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zR FA akademigi; Tulyaganova Vasila Sunnatilaevna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent kimyo- texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy va ikkilamchi elektrotexnik xomashyolar asosida elektroizolyasion kompozision materiallarning samarali tarkiblari va olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
10-30 massa qism optimal miqdordagi polimer kompozisiyaning elektroizolyasion, fizik-mexanik xossalari va oquvchanligi yaxshilangan holda detallarni shakllantirishda qisqarishi kamaygan epoksid kompozisiyalarning elektrofizik va fizik-mexanik xossalarini organomineral to‘ldiruvchilar - tal’k, kaolin, vollastonitning turi va miqdoriga bog‘liq ravishda o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan;
fizik-mexanik xossalarining yaxshilanishi 10-40 massa qism miqdorida mineral to‘ldiruvchilar va paxta lintini kiritib mustahkamlash hisobiga kompozisiyalarning termomexanik ta’sirlarga chidamliligini oshishi aniqlangan;
yuqori fizik-mexanik va elektroizolyasion xususiyatlarga ega bo‘lgan bir qator elektroizolyasion kompozision epoksid va furan-epoksid materiallar va ular asosidagi qoplamalarning samarali tarkiblari ishlab chiqilgan;
elektrotexnika sanoati mashina va mexanizmlarining ishchi organlari uchun listli tekstolit materiallar va detallar tayyorlashning maqbul texnologik parametrlari aniqlangan;
elektrotexnik maqsadlar uchun elektroizolyasion kompozision epoksid va furan-epoksid materiallarni olishning samarali resurstejamkor texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektrotexnika maqsadlarida mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosida elektr izolyasiyalovchi kompozision materiallarning samarali tarkiblari va olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan elektr izolyasiyalovchi kompozision epoksid polimer materiallar va ulardan foydalangan holda tekstolitlar Chirchiq shahridagi “ELUS” MChJ va Sirdaryo IES filialidagi “IES” AJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2025 yil 2 dekabrdagi 04-13-6709-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektroizolyasion tekstolit materiallar va ulardan tayyorlangan elektrotexnik asbob va apparatlarning yuqori elektroizolyasion va fizik-mexanik xossalari bilan xizmat muddatini 1,5-2 barobarga oshirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan elektroizolyasion kompozision epoksidli va furan-epoksidli polimer materiallar va ulardan foydalangan holda tekstolitlar olishning samarali resurstejamkor texnologiyasi «KOMPOZIT NANOTEXNOLOGIYaSI» MChJ ishlab chiqarish bazasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2025 yil 2 dekabr’dagi 04-13-6709-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan tekstolitlarni qo‘llash orqali elektroizolyasion materiallarni deyarli 2 barobarga arzonlashtirish imkonini bergan.