Urazimbetova Yulduzxan Xaydarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston Respublikasida jinoyatchilikning geografik jihatlari”, 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Gr174.
Ilmiy rahbar: Turdimambetov Izimbet Raxmetovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Gr.04.11.
Rasmiy opponentlar: Komilova Nilufar Qarshiboena, geografiya fanlari doktori, professor; Utepova Genjexan Baltabaevna, geografiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida jinoyatchilikning hududiy tarkibi va dinamikasi asosida kriminogen vaziyatning yuzaga kelishiga ta’sir ko‘rsatuvchi mintaqaviy omillar va shart-sharoitlarni, mavjud ma’muriy-hududiy birliklarda umumiy jinoyatchilik darajasi va jinoyat darajalari bo‘yicha reytingini aniqlash hamda guruhlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinoyatchilikni ijtimoiy-geografik tadqiq etish yo‘nalishlari nazariy-metodik jihatdan tizimlashtirildi va unga ta’sir etuvchi mintaqaviy omillar hamda shart-sharoitlarni baholash “Nisbiy standartga asoslangan toifalash” (Relative classification based on a reference value) usulidan foydalanish orqali takomillashtirilgan;
kriminogen vaziyatga ta’sir etuvchi ijtimoiy-geografik omillar tizimi (aholi soni, zichligi, bandligi, urbanizatsiya darajasi va boshq.) hamda shart-sharoitlar mintaqaviy baholandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida jinoyatchilikning hududiy va tadrijiy dinamikasini tahlil qilish asosida, uning o‘sishi yoki kamayishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-geografik omillar va shart-sharoitlar aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida jinoyat statistikasi ma’lumotlari asosida ma’muriy-hududiy birliklarining jinoyatchilik darajasi bo‘yicha reytingi (juda yuqori, yuqori, o‘rtacha, past, juda past) aniqlanib, ular relativ ko‘rsatkichlar asosida guruhlashtirildi. Shu asosda jinoyatchilikka qarshi kurashda kuch va vositalarni mutanosib taqsimlash bo‘yicha har bir guruh uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
jinoyatchilikning hududiy tarkibi bo‘yicha GAT bazasi yaratildi va undan foydalangan holda umumiy jinoyatchilik va uning darajalari (uncha og‘ir bo‘lmagan, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar) bo‘yicha turkum kartalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida jinoyatchilik dinamikasi va uning hududiy tarkibini tahlil qilish natijasida aniqlangan ma’lumotlar asosida:
jinoyatchilikni ijtimoiy-geografik tadqiq etish yo‘nalishlarini aniqlash va unga ta’sir etuvchi mintaqaviy omillar hamda shart-sharoitlarni baholash usullarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan takliflardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida jinoyatchilikka qarshi kurash tizimida olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligining tahliliy nazorat bo‘limida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligining 2025-yil 3-noyabrdagi 45/1-2537-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublika ma’muriy-hududiy birliklarida jinoyatchilikni jilovlash tizimi faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
kriminogen vaziyatga ta’sir etuvchi ijtimoiy-geografik omillar (aholi soni, zichligi, bandligi, urbanizatsiya darajasi va boshq.) va shart-sharoitlarni mintaqaviy baholash usullaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqarg‘i KenGESining sanoat, qurilish, transport va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tizimida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqarg‘i KenGESining sanoat, qurilish, transport va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi 2025-yil 4-noyabrdagi 04-04/669-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy hududiy birliklarida, kriminogen vaziyatga ta’sir etuvchi ijtimoiy-geografik omillarni aniqlab va ular ta’sirida jinoyatchilik dinamikasini bashorat qilish imkonini yaratgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarkibidagi 16 ta ma’muriy tuman hamda respublika poytaxti Nukus shahridagi jinoyatchilik dinamikasini tahlil qilish, orqali uning o‘sishi yoki kamayishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-geografik omillar va shart-sharoitlari tahlili ma’lumotlarida Qoraqalpog‘iston Respublika Ichki Ishlar vazirligi tizimida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligining 2025-yil 3-noyabrdagi 45/1-2537-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublika hududlarida jinoyatchilikka qarshi kurashda unga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-geografik omillar va shart-sharoitlarni oldindan baholash va unga qarshi kurashda kuch va vositalarni optimal taqsimlash imkonini bergan; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida jinoyat statistikasi ma’lumotlari asosida ma’muriy-hududiy birliklarining jinoyatchilik darajasi bo‘yicha reytingi aniqlandi va guruhlashtirildi. Shu asosda jinoyatchilikka qarshi kurashda kuch va vositalarni mutanosib taqsimlash bo‘yicha har bir guruh uchun ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublika Joqarg‘i KenGESining sanoat, qurilish, transport va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tizimida foydalanilgan; (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqarg‘i KenGESining sanoat, qurilish, transport va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi 2025-yil 4-noyabrdagi 04-04/669-son ma’lumotnomasi). Natijada, jinoyatchilikka qarshi chora-tadbirlarni hududlar kesimida tabaqalashtirish va resurslardan samarali foydalanish mexanizmi shakllantirish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida jinoyatchilikning hududiy tarkibi bo‘yicha GAT bazasidan va shu asosida ishlangan turkum kartalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi tizimida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligining 2025-yil 3-noyabrdagi 45/1-2537-son ma’lumotnomasi). Natijada, tegishli chora-tadbirlarning manzilliligini ta’minlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish