Dauletbaeva Dilbar Dastanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston Respublikasining hozirgi zamon urbanizatsiyasi va uning hududiy xususiyatlari”, 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Gr314.
Ilmiy rahbar: Xodjaeva Gulya Ashirbaevna, geografiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Gr.04.11.
Rasmiy opponentlar: Nizamiev Abdurashit Gumarovich, geografiya fanlari doktori, professor; Qurbanov Shuxrat Bekmetovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasining hozirgi zamon urbanizatsiyasi jarayonlari va muammolarining hududiy xususiyatlarini aniqlash orqali ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qaratilgan ilmiy va amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shahar va shaharchalarning genetik tipologiyasi va funksional shakllanish jarayoniga ta’sir etuvchi tabiiy, tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa omillar tadqiq etilgan va ularning genetik va funksional tipologiyasining nazariy jihatlari takomillashtirilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar aholi punktlarining genetik va funksional tipologiyasini o‘zida aks ettirgan “urbanizatsiya darajasi”, “shahar aholi punktlarining genetik tipologiyasi” va “shahar aholi punktlarining funksional tipologiyasi” kartalari ilk bor 1:2500000 mashtabda ArcGIS dasturi asosida yaratilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq tumanlari, shahar va shaharchalar aholisi va ularning shaharlashuv indeksining miqdoriy ko‘rsatkichlarining o‘zgarish dinamikasi ekstrapolyasiya usuli yordamida 2030, 2035 va 2040-yillarga prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida urbanistik salohiyatni oshirish, shahar va shaharchalarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish (yirik qishloqlarni shaharchaga, ayrim shaharchalarni esa shaharga aylantirish) yuzasidan tashkiliy, ma’muriy-hududiy chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ilmiy amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston shaharlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishlari, mavjud muammolari hamda istiqbolli rivojlanish imkoniyatlarini aniqlashga qaratilgan tadqiqot natijalari asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va shaharchalarining genetik tipologiyasi hamda ularning shakllanishiga ta’sir etuvchi tabiiy, tarixiy va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5623-son Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanish mumkin. Ushbu natijalar hududlarning tabiiy va tarixiy sharoitlari bilan uyg‘un urbanistik rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqish, shahar va shaharchalarning genetik tipologiyasini aniqlash orqali ularning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini baholashda amaliy ahamiyat kasb etadi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2025-yil 14-noyabrdagi 02-06/9-11/1351-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar tizimining barqaror rivojlanish modelini shakllantirishda ilmiy asos yaratilgan;
ishlab chiqilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar aholi punktlarining genetik va funksional tipologik tasniflanishini aks ettirgan 1:2500000 masshtabli kartalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–60-son Farmonida belgilangan “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish” va “barqaror urbanizatsiya” yo‘nalishlarini amalga oshirishda foydalanilmoqda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESining byudjet, iqtisodiy isloxotlar, investisiyalar va innovatsiya masalalari qo‘mitasining 2025-yil 17-noyabrdagi 07-07/696-son ma’lumotnomasi). Mazkur kartalar Qoraqalpog‘iston Respublikasining urbanistik salohiyatini hududlar kesimida baholash, shaharlararo aloqalar tizimini tahlil qilish hamda strategik rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlashda amaliy asos bo‘lib xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va shaharchalari aholisi sonining 2030, 2035 va 2040-yillarga prognoz ko‘rsatkichlari PF–60-son Farmonida belgilangan “hududlarda aholining muvozanatli joylashuvi” va “yangi urbanistik markazlar tashkil etish” vazifalarini amalga oshirishda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-apreldagi PQ–124-son “O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosida demografik prognoz ma’lumotlari sifatida tatbiq etilishi mumkin (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2025-yil 14-noyabrdagi 02-06/9-11/1351-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalar asosida shahar va shaharchalar aholisi o‘sish sur’atlarini inobatga olgan holda, transport, uy-joy, ijtimoiy infratuzilma obektlarini rejalashtirish imkoni yaratilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida urbanistik salohiyatni oshirish hamda yirik qishloqlarni shaharchaga, ayrim shaharchalarni esa shaharga aylantirishga oid ilmiy-amaliy tavsiyalar PF–5623-son Farmoni va PQ–124-son Qarorida belgilangan vazifalar bilan uyg‘un ravishda, shaharsozlik siyosatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan. Ushbu tavsiyalar asosida mintaqaning tabiiy-iqtisodiy imkoniyatlari, demografik salohiyati hamda hududiy joylashuv xususiyatlariga ko‘ra, yangi urbanistik birliklarni shakllantirish, shahar maqomini berish mezonlarini ilmiy asoslash imkoniyati yaratiladi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESining byudjet, iqtisodiy isloxotlar, investisiyalar va innovatsiya masalalari qo‘mitasining 2025 yil 17-noyabrdagi 07-07/696-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasida urbanizatsiya jarayonlarini ilmiy asosda boshqarish, shahar va shaharchalarning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiluvchi ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkonini bergan.