Tursunbaev Sarvar Anvarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Germaniy elementi asosida ishlab chiqilgan modifikator yordamida engil qotishmalarning mexanik xossalarini oshirishning ilmiy asoslari”, 05.02.01–“Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/T971
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi DSc. 03/2025.27.T.02.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy maslahatchi: Turaxodjaev Nodir Djaxongirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Dunyashin Nikolay Sergeevich, texnika fanlari doktori, professor; Parmonov Sarvar Tashpo‘latovich, texnika fanlari doktori, dotsent, Berdiyarov Bahriddin Tilovqabulovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi germaniy elementi asosida ishlab chiqilgan modifikator yordamida engil qotishmalarning mexanik xossalarini oshirishning ilmiy asoslaridan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
alyuminiy qotishmalarini suyuqlantirish jarayonida suyuq metallning suyuq oquvchanlik xossalarini ta’minlovchi texnologiya germaniy va kremniy miqdoriga bog‘liqligi asosida ishlab chiqilgan;
pech ichida yuqori haroratda suyuqlantirilgan qotishmaga germaniy oksidi va kremniy yordamida modifikatsiya qilish texnologiyasi ishlab chiqilib, qotishma kimyoviy tarkibidagi elementlarning qattiqlik xossalariga ta’sir etish dinamikasiga bog‘liqligi asosida asoslangan; 
suyuqlantirilgan qotishmani qum-gilli qolipga ikki bosqichli quyish texnologiyasi ishlab chiqilib, unda kirishuvchanlikning metall sarfiga bogʻliqlik darajasi asosida ishlab chiqilgan;
alyuminiy qotishmasining yangi tarkibi ishlab chiqilgan bo‘lib, u germaniy oksidi va kremniyning yuqori haroratda alyuminiy bilan o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida intermetalidlar hosil bo‘lish qonuniyati asosida asoslangan; 
germaniy oksidi va kremniyni alyuminiy qotishmasi tarkibiga modifikator sifatida kiritish texnologiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning alyuminiy qotishmasi bilan o‘zaro ta’sirlashuvi asosida ishlab chiqilgan;
alyuminiy va magniy qotishmalarini rafinirlash jarayoni qotishma tarkibidagi oksidlar kamayishi bilan bog‘liqligi asosida ishlab chiqilgan; 
pech ichida suyuq qotishmaga germaniy oksidi va kremniy elementlarini optimal kombinatsiyada kiritish texnologiyasi modifikatsiyalovchi elementlarning qotishma tarkibiga singishiga bog‘liqligi asosida ishlab chiqilgan; 
alyuminiy va magniy qotishmalardan olinadigan quyma mahsulotlarning cho‘zilishdagi mustahkamligi tarkibdagi germaniy va kremniy elementlari miqdoriga bog‘liqligi asosida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Germaniy elementi asosida ishlab chiqilgan modifikator yordamida engil qotishmalarning mexanik xossalarini oshirishning ilmiy asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Alyuminiy qotishmasini  germaniy oksidi va kremniy bilan ishlov berish  texnologiyasi “Agregat zavodi” AJga joriy etilgan (“O‘zAvtosanoat” AJ ning 2025-yil 16-yanvar 21/06-25-0082-sonli maʻlumotnomasi). Texnologiyani joriy etish natijasida qotishmaning suyuqoquvchanligi 14-16% ga oshgan.
Alyuminiy qotishmasiga germaniy oksidi va kremniy  bilan yuqori haroratli ishlov berish texnologiyasi “Agregat zavodi” AJga joriy etilgan (“O‘zAvtosanoat” AJ ning 2025-yil 16-yanvar 21/06-25-0082-sonli ma’lumotnomasi). Texnologiyani joriy etish natijasida olinayotgan quymalarning qattiqligi 6-8% ga oshgan.
Alyuminiy qotishmasini qum-gilli qolipga quyishning ikki bosqichli texnologiyasi “Agregat zavodi” AJga joriy etilgan (“O‘zAvtosanoat” AJ ning 2025-yil 16-yanvar 21/06-25-0082-sonli ma’lumotnomasi). Texnologiyani joriy etish natijasida metallning quyish tizimiga ketadigan sarfi 6-8% ga kamaygan.
Mashinasozlik detallarini ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladigan alyumniy qotishmasining yangi tarkibi “Agregat zavodi” AJga  joriy qilingan (“O‘zAvtosanoat” AJ ning 2025-yil 16-yanvar 21/06-25-0082-sonli ma’lumotnomasi). Joriy etish natijasida detallarning xizmat muddati  10-12% ga oshgan.
Germaniy oksidi va kremniyni alyuminiy qotishmasi tarkibiga modifikatsiyalovchi sifatida  kiritish texnolgiyasi “Agregat zavodi” AJga joriy etilgan (“O‘zAvtosanoat” AJ ning 2025-yil 16-yanvar 21/06-25-0082-sonli ma’lumotnomasi). Joriy etish natijasida germaniy oksidining sarfi 3-4 % ga, kremniyning sarfi 2-3% ga kamaygan.
Alyuminiy va magniy asosidagi engil qotishmalarni germaniy oksidi bilan rafinirlash texnologiyasi “Navoiy mashinasozlik zavodi” IChB ga joriy qilingan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ ning 2025-yil 29-aprel  23/01-01-07/324-sonli ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida alyuminiy va magniy asosidagi engil qotishmalarning tarkibidagi oksid qo‘shimchalar miqdori 12-14% ga kamaygan;
Alyuminiy va magniy asosidagi engil qotishmalarga yuqori haroratda ishlov berish texnologiyasi “Navoiy mashinasozlik zavodi” IChB ga joriy qilingan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ ning 2025-yil 29-aprel  23/01-01-07/324-sonli ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida alyuminiy va magniy asosidagi engil qotishmalarning suyuqoquvchanligi 16-18% ga ortgan.
Alyuminiy va magniy asosidagi engil qotishmalarni kremniy elementi bilan modifikatsiyalash texnologiyasi “Navoiy mashinasozlik zavodi” IChB ga joriy qilingan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ ning 2025-yil 29-aprel  23/01-01-07/324-sonli ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida alyuminiy va magniy asosidagi engil qotishmalarning cho‘zilishdagi mustahkamligi 6-8% ga ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish