Sultanova Dildoraxon Azamat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“Oshiq Erkin asarlari tilining lingvopoetik va lingvokulturologik xususiyatlari” mavzusida 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligida filologiya fanlari bo‘yicha
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4788
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Primov Azamat Iskandarovich, filologiya fanlari doktori(DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.06.05
Rasmiy opponentlar: Qurboniyazov Gulmirza Allamberganovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor. Yuldashev Ma’rufjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori(DSc), professor.;
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shoir asarlarini lingvopoetik va lingvokulturologik jihatdan tahlil qilib, ijodkorning tilning badiiy tasvir vositalari hamda lingvokulturologik birliklardan foydalanishdagi mahoratini va bu orqali uning o‘zbek tili rivojidagi o‘rnini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Oshiq Erkin asarlari tilining lingvopoetik va lingvokulturologik xususiyatlarini tadqiq etish orqali adibning o‘ziga xos uslubga ega ekanligi asoslangan;
o‘zbek tilshunosligida Oshiq Erkin asarlari tilining o‘rganilish holati ilmiy dalillangan;
ijodkorning xalq maqollari va iboralar, milliy mentalitetni aks ettiruvchi birliklar hamda okkazionalizmlardan ijodiy tarzda foydalanish mahorati aniqlangan;
adibning ko‘chma ma’noli so‘zlar, leksik birliklarning shakliy, mazmuniy turlari, jonlantirish, antiteza, parallelizm, o‘xshatish, badiiy takrordan unumli foydalanishi to‘plangan materiallar tahlili asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oshiq Erkin asarlari tilining lingvopoetik va lingvokulturologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
adibning ko‘chma ma’noli so‘zlar, leksik birliklarning shakliy, mazmuniy turlari, jonlantirish, antiteza, parallelizm, o‘xshatish, badiiy takrordan unumli foydalanishi to‘plangan materiallar tahlili asosida olingan natijalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi ALM-202310132634 raqamli “Yangi so‘z va atamalarning o‘zbekcha muqobilini sun’iy intellekt asosida avtomatik taqdim qiluvchi atamacom.uz dasturiy ta’minoti platformasi va mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani (2023–2024-yy.) amalga oshirishda (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2025-yil 19-maydagi 837-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mobil ilovadagi nomlarni shakllantirishda dissertatsiyada ilgari surilgan xulosalardan foydalanilgan.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2023–2024-yillarda bajarilgan II-4721101717-raqamli “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2025-yil17-iyun, 922-sonli buyrug‘iga asosan) ijodkorning xalq maqollari va iboralar, milliy mentalitetni aks ettiruvchi birliklar hamda okkazionalizmlardan ijodiy tarzda foydalanish mahoratini tahlil qilish asosida olingan natijalardan foydalanilgan va dissertatsiyaning xulosalariga tayanilgan.
Ijodkorning til vositalaridan ijodiy tarzda foydalanishi, ayrim o‘rinlarda ularga yangi ma’no yuklay olish mahorati uslubiy vositalardan unumli foydalanishi orqali izohlangan hamda metafora, metonimiya, o‘xshatish, gradatsiya, takrorning poetik matn tarkibidagi muhim o‘ringa egaligi bo‘yicha aniqlangan xulosa va natijalardan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan 2023-yil 12-sentyabr kuni efirga uzatilgan “Assalom Xorazm”dasturida, 2024-yil 4-aprelda “Til millat ko‘zgusi” ko‘rsatuvida hamda 2024-yilning 20-dekabr kuni “Tilimizni o‘rganamiz” radioeshittirishida efirga uzatilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 19-iyundagi 478-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur manbalar ko‘rsatuvlarni ma’rifiy va amaliy jihatdan boyitishga hissa qo‘shgan.