Maylieva Gulmira Bahramovnaning
falsafa  doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
        Sifat funksional-semantik imkoniyatlarining chog‘ishtirma lingvistik tahlili (o‘zbek va ingliz tillari misolida) 10.00.06. – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya bo‘yicha).
       Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4866 
       Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Urganch davlat universiteti.
       Ilmiy rahbar: Ruzmetov Hamidjon Kalandarovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:  Urganch davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.06.05
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Doniyor Tahirovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professo v.b.; Axmedov Oybek Saporbaevich, filologiya fanlari doktori (DSc), rofessor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi sifatning funksional-semantik xususiyatlari, ularning o‘xshash va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va ingliz tillaridagi sifat leksemalarining semantik guruhlari qiyosiy tahlili asosida, har ikkala tilda sifatlarning xarakter-xususiyat, holat, qiymat, jismoniy xususiyat, inson xatti-harakatlarini ifodalovchi semantik guruhlari mazmun va vazifa jihatidan o‘xshash ekanligi aniqlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda lingvistik graduonimiya hodisasi umumlisoniy xususiyatga egaligi, bunda asosiy omil so‘zlarning ma’noviy munosabatlar doirasida darajalanishi bo‘lib, graduonimik qatorning boshi va oxiridagi so‘zlar bir-biri bilan antonim yoki sinonim bo‘lishi mumkinligi hamda graduonimik qatorni tashkil etuvchi sifatlar faqat asliy sifatlar bo‘la olishi izohlangan;
sifatning lug‘aviy ma’noni ifodalashi, stilistik, lingvopragmatik va sintaktik jihatlari uning funksional-semantik xususiyatlari ekanligi T.Drayzerning “Sister Carrie” (“Baxtiqaro Kerri”) asaridan olingan sifat leksemalari misolida dalillangan;
badiiy matnda sifatlar belgini tasvirlashi, u haqida ma’lumot berishi bilan birgalikda, matnda epitet, metafora, metonimiya vazifasida kelib, ekpressiv-emotsionallikni ifodalashi, ijobiy va salbiy ma’no bo‘yog‘iga ko‘ra farqlanishi misollar yordamida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillarida sifat leksemalarining funksional-semantik xususiyatlarini aniqlash yuzasidan olingan natijalar asosida:
o‘zbek va ingliz tillarida sifatning funksional-semantik xususiyatlari, lingvistik graduonimiya hodisasi, sifat semantik guruhlarining lingvistik tahlili, ularning matndagi imkoniyatlari va qo‘llanilishi yuzasidan olingan ilmiy natijalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2021–2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy grant doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 2-dekabrdagi 04/1-3482-son ma’lumotnomasi). Natijada har ikkala tillardagi badiiy matnga xos sifatlarning funksional-semantik xususiyatlari, lingvistik graduonimiya hodisasi, sifat semantik guruhlarining lingvistik tahlili, ularning matndagi imkoniyatlari va qo‘llanilishi yuzasidan tavsiyalar berilgan;
sifat leksemalarining semantik guruhlari, funksional-semantik imkoniyatlari, sifat leksemalarining graduonimik qatori, sifatning chog‘ishtirilayotgan tillardagi semantik guruhlari tadqiqi, graduonimiya hodisasi tavsifi yuzasidan olingan ilmiy va amaliy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2017–2020-yillarda bajarilgan FA-F1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 27-noyabrdagi 548/1-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va ingliz tillardagi sifat graduonimik qatorlarning dalillanishi va sifatning leksik-semantik guruhlari, badiiy matndagi imkoniyatlari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi sifat leksemalarning funksional-semantik xususiyatlari, graduonimik jihatlarini o‘rganishdagi amaliy tavsiya va natijalaridan Urganch davlat universitetida 2020–2022-yillarda amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining 610170-EPP-1-2019-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP “Establishment of training and research centers and courses development on intelligent big data analysis in Central Asia: ELBA” (O‘rta Osiyoda katta ilmiy ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha o‘quv-tadqiqot markazlari kurslarni yaratish) dasturi doirasida foydalanilgan (Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining 2025-yil 14-fevraldagi 06-31/1-son ma’lumotnomasi). Natijada sifatlarning funksional-semantik xususiyatlari va tadqiqining nazariy asoslari, chog‘ishtirilayotgan tillardagi sifatning vazifaviy hamda graduonimik jihatlarining tilshunoslik, adabiyotshunoslik, shuningdek, semantikada o‘rganilishi, sifatlarning o‘ziga xos xususiyatlari tavsiflab berilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi sifat leksemalarning badiiy matndagi imkoniyatlari, sifatning matnda aniqlovchi va kesim vazifasida kelishi, graduonimik jihatlari va graduonimik qatorni tashkil etish tamoyillari borasidagi  ilmiy yangiliklari va tahlillaridan “Xorazm” teleradiokanali “Assalom Xorazm” ko‘rsatuvida, “Najot-bilimda” radioeshittirishida muxbirlar nutqida foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 17-dekabr 1092-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va ingliz tillaridagi sifat leksemalarining badiiy matnda belgini tasvirlashi, u haqida ma’lumot berishi bilan birgalikda, matnda epitet, metafora, metonimiya vazifasida kelishi, ekpressiv-emotsionallikni ifodalashi, ijobiy va salbiy ma’no bo‘yog‘iga ko‘ra farqlanishi yuzasidan tavsiyalar berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish