Bobojanov Alisher Abdulla o‘g‘lining
falsafa  doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Luqmon Bo‘rixonning “Imom Moturidiy” romani poetikasi 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4051
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Xamra Dauletbaevich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:  Urganch davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.06.05
Rasmiy opponentlar: Sariev San’atbek Matchonboevich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Matyakupov Sadulla Gaipovich filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Luqmon Bo‘rixonning “Imom Moturidiy” tarixiy romani poetikasini tadqiq etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarixiy romanda epik an’analar, tarixiylik va umuminsoniylik tamoyillariga amal etilganligi asosida asarda shaxs va jamiyat o‘rtasidagi mukammallik, o‘z-o‘zini taftish qilish va anglash, insonning ma’naviy yuksalishga da’vat etganligi ilmiy jihatdan asoslangan;
romanbop epik rivoyada kompozisiya va syujet qurish hamda xarakter yaratish borasida muallif pozisiyasi bilan birga, roman syujetining o‘ziga xosligi orqali konfliktning tarixiy sharoit bilan uyg‘unligi ochib  berilgan;
yozuvchining romanda retrospektiv va assotsiativ syujet tiplaridan foydalanish mahorati hamda badiiy konfliktning beshta darajasi mavjudligi misollar yordamida dalillangan;
tarixiy shaxs xarakterini badiiy kashf etishda ularning ichki ruhiy olami, qiyofasi, o‘y-xayollari, ideallariga keng o‘rin berilishi hamda ularning romanda monolog, dialog, peyzaj, tush tasvirlari va xronotop: makon va zamon orqali ifodalanishi, qahramonning olimlik va insoniylik fazilatlarini ochib berganligi asoslab berilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi zamon o‘zbek tarixiy romanchiligi poetikasini tadqiq etish hamda ilmiy-nazariy ishlab chiqish asosida:
Imom Moturidiy shaxsi  orqali qadimgi Movarounnahr va uning ma’naviy-ma’rifiy markazi Samarqandning islom dunyosidagi o‘rni va roli, romanbop epik rivoyada, kompozisiya va  syujet qurish hamda xarakter yaratish sohasida muallif pozisiyasi, tarixiy shaxslarning ichki ruhiy olami, qiyofasi, o‘y-hayollari, ideallari romanda monolog, dialog, peyzaj, tush tasvirlari orqali mohirona ifodalashga oid  ilmiy-nazariy qarash va xulosalardan 2017–2020-yillarda bajarilgan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish” nomli  fundamental  tadqiqot  loyihasining  nazariy  qismini   yozishda  foydalanilgan
(O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining  2025-yil 15-yanvardagi №20\1-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot ishi xulosalari loyiha uchun personajlarning xarakteri, obrazlarning o‘zaro aloqasi va ularning bir-birini qanday to‘ldirishi hamda rivojlantirishini ochib beruvchi zaruriy manba vazifasini o‘tagan;
Luqmon Bo‘rixonning tarixiy romanida ko‘rsatilgan davr manzarasi, Imom Moturidiy obrazi tasvirini badiiy-estetik va tarixiy qiyosiy tadqiq etish va bu jarayonning o‘zbek adabiyotshunosligi uchun muhim ilmiy-nazariy ma’lumotlar  berishi, adabiyotshunoslik nazariyasi, o‘zbek adabiyoti tarixi, hozirgi adabiy jarayon, badiiy tahlil asoslari, shuningdek, nazariy poetika kabi fanlardan yaratiladigan darslik va qo‘llanmalarning takomillashuviga xizmat qilishiga asoslanganligi bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan Xorazm Ma’mun akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-martdagi “Muhammad Rizo Erniyozbek o‘gʻli Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash hamda Xiva shahrida Ogahiy ijod maktabini tashkil etish to‘gʻrisida”gi 238-sonli qarori 3-bandiga muvofiq, shuningdek, A-FA-2019-9 shifrli “Qadimiy yozma noyob qo‘lyozma va manbalarni tadqiq qilish, ularning raqamlashtirilgan bibliotekasini yaratish” amaliy loyihasi doirasida bajarilgan Ogahiy “Asarlar” silsilasining 6-8-9-jildlarini nashrga tayyorlash va chop etishda foydalanilgan (Xorazm Ma’mun akademiyasining 2025-yil 30-yanvardagi №33\3-25-son ma’lumotnomasi). Natijada asarlar matnining o‘quvchilarga tushunarliligi oshgan, tushunilishi qiyin so‘zlarga matn osti izohlar berilishi orqali ushbu sharhlarning ilmiy-ma’naviy asoslari kuchaygan va mukammallashgan;
Moturudiy obrazining tarixiy, ilmiy va badiiy asarlardagi talqini, jumladan,  syujet va kompozisiya, syujet tiplari, konflikt va uning turlari, konflikt va xarakter mutanosibligi, obraz tizimlari, voqealar va xarakterlar mantig‘i, psixologizm va qahramon ruhiyati, badiiy nutq shakllari, tarixni badiiy idrok etish, tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima kabi jihatlariga oid ilmiy-nazariy tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanalining “Azim daryo”, “Xabar” eshittirishlari va “Adabiy jurnal” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi  teleradiokanalining 2025-yil 25-fevraldagi №05-22\114-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiy-badiiy, maʼnaviy-maʼrifiy ko‘rsatuv va eshittirishlarning ilmiy-ommabopligi, ilmiy-ma’naviy saviyasi oshishi hamda tadqiqot ishida asoslab berilgan buyuk Moturidiy tarixi va ma’naviy qiyofasining kelajak avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida tinglovchilarga kengroq ma’lumotlar etib borishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish