Ermatov Boratjon Raxmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diafragma qizilo‘ngach teshigi churralarini davolashda endovizual texnologiyalarning roli», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2021.1.PhD/Tib1760.
Ilmiy raxbar: Berkinov Ulug‘bek Bozorbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.08.01
Rasmiy opponentlar: Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Teshaev Oktyabr` Ruhillaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: videoendoskopik amaliyotlarni texnik va taktik jihatlarini takomillashtirish orqali diafragma qizilo‘ngach teshigi churralari bilan bemorlarni jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diafragma qizilo‘ngach teshigi churrasi bor bemorlarda videoendoskopik amaliyotlarni amalga oshirishda tana konstitusional tuzilishini (astenik, normostenik, giperstenik) hisobga olgan holda troakarlar kiritishning maqbul zonalarini biz tomondan ishlab chiqilgan kompyuter dasturi asosida aniqlangan nuqtalarda amalga oshirilgan jarrohlik amaliyotlarning standart texnikaga nisbatan samaradorligi isbotlangan;
qizilo‘ngach uzunligini ekspress baholash uchun ishlab chiqilgan kompyuter dasturi yordamida har bir bemor uchun qizilo‘ngach uzunligini individual baholash orqali kalta qizilo‘ngach tashxisini tasdiqlash yoki inkor qilish mumkinligi va bu amaliyot uchun ko‘rsatma qo‘yish yohud samarasiz amaliyotni oldini olish imkonini yaratilganligi isbotlangan;
Nissen va Tupe bo‘yicha fundoplikatsiya manjetasini shakllantirishda oshqozon zondining optimal o‘lchami 36 Fr ekanligi aniqlangan va amalda uni qo‘llash disfagiya, “gaz blotting” RE residivi kabi asoratlar rivojlanishini kamaytirishi isbotlangan;
antireflyuks operatsiyalarini bajarishda fundoplikatsiya usulini tanlash mezoni - qizilo‘ngach propul`siv imkoniyati yosh bilan teskari proporsional bog‘liqligi (50 yoshgacha bemorlarda - Nissen usuli, 50 yoshdan kattalarga - Tupe usuli qo‘llanilishi maqsadga muvofiqligi) va shu tamoyil asosida operatsiya bajarish asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Diafragma qizilo‘ngach teshigi churrasi bilan kasallangan bemorlarga yuqori texnologiyali diagnostik yordam ko‘rsatish va kompleks davolash sifatini oshirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: diafragma qizilo‘ngach teshigi churrasi bor bemorlarda tana tuzilishiga qarab, videoendoskopik amaliyotlarni amalga oshirishda troakarlar kiritishning maqbul zonalarini aniqlashga imkon beradigan kompyuter dasturi ishlab chiqilgan va uning asosida amalga oshirilgan jarrohlik amaliyotlarning standart texnikasiga nisbatan samaradorligi isbotlanganligi Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani tibbiyot birlashmasida (05.02.2025 yildagi 20-sonli buyruq), Qo‘qon shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasida (06.02.2025 yildagi 4-sonli buyruq) amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnikaviy kengash xulosasi № 18, 22 may 2025 y.). Ijtimoiy samaradorligi: DQTChda videoendoskopik amaliyot bajarish uchun tana tuzilishiga qarab troakarlarni kiritish uchun maqbul zonalarini aniqlashga imkon beradigan kompyuter dastur ularni muvafaqiyatli, asoratsiz bajarish imkonini oshiradi. Bu esa amaliyotni nisbatan tezroq bajarish va turli operatsiya vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnik asoratlar rivojlanish xavfini pasaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: adabiyotlarga ko‘ra, DQTCh bilan kasallangan bemorlarda intraoperatsion vizualizatsiya sifati yomonligi bemorlarda pnevmotoraks, vagus nervi orqa shoxi zararlanishi, qizilo‘ngach orqa devori teshilishi kabi asoratlar rivojlanish tufayli qayta amaliyotga olishga, koyka kuni uzayishiga, keyinchalik qayta gospitalizatsiyalarga sabab bo‘ladi. Texnik jihatdan ehtiyotkorlik va xavfsiz bajarish orqali bemorlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan va hayotiga xavf solish ehtimoli bo‘lgan asoratlar oldi olinadi, o‘rtacha operatsiya davomiyligi muddatini 115±12,1 minutdan 82,4±7,6 minutga qisqartirish mumkin. DQTCh operatsiyasida har bir soat uchun narxi 1400000 so‘mni tashkil etar ekan, 20 nafar bemor uchun iqtisodiy tejamkorlik 28000000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: DQTChda videoendoskopik amaliyot bajarish uchun tana tuzilishiga qarab troakarlarni kiritish uchun maqbul zonalarini aniqlashga imkon beradigan kompyuter dastur asoratlarning oldini olish, hamda operatsiya davomiyligini qisqartirish hisobiga har bir qisqargan soat 28000000 so‘m tejash imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: antropometrik ma’lumotlar asosida, jinsni hisobga olgan holda qizilo‘ngach uzunligini ekspress baholash uchun kompyuter dasturi ishlab chiqildi va bu dastur har bir bemor uchun qizilo‘ngach uzunligini individual baholash orqali kalta qizilo‘ngach tashxisini tasdiqlash yoki inkor qilish imkonini berishi isbotlanganligi Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani tibbiyot birlashmasida (05.02.2025 yildagi 20-sonli buyruq), Qo‘qon shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasida (06.02.2025 yildagi 4-sonli buyruq) amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnikaviy kengash xulosasi № 18, 22 may 2025 y.). Ijtimoiy samaradorligi: ushbu usulni joriy etish DQTCh bilan kasallangan bemorlarda kalta qizilo‘ngach tashxisini aniq baholash va buning asosida amaliyot uchun ko‘rsatma qo‘yish yohud samarasiz videoendoskopik amaliyotni oldini olish imkonini beradi imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: manbalarga ko‘ra, DQTCh bilan kasallangan bemorlarda kalta qizilo‘ngach sababli qayta jarrohlik amaliyotlari o‘tkaziladi. DQTCh va kalta qizilo‘ngach bilan kasallangan bemorlarda har bir jarrohlik amaliyotining o‘rtacha qiymati 26600000 so‘mni tashkil etadi. Jarrohlik amaliyotlari va gospitalizatsiyalar sonining kamayishi 20 nafar bemor uchun taxminan 532000000 so‘m byudjet mablag‘ini tejash imkonini beradi. Xulosa: Jinsni hisobga olgan holda antropometrik ko‘rsatkichlar asosida qizilo‘ngach uzunligini ekspress baholash bo‘yicha kompyuter dastur qisqa qizilo‘ngachli bemorlar sifatida e’tirof etilgan holatlarni to‘g‘ri baholashni ta’minlaydi va samarasiz jarrohlik amaliyotlar sonini keskin kamaytiradi, bu esa 532000000 so‘m tejash imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: operatsiyadan keyingi davrda disfagiya va “gaz-blotting” sindromini kamaytirishga imkon beradigan Nissen va Tupe bo‘yicha fundoplikatsiya manjetasini shakllantirishda oshqozon zondining optimal o‘lchami aniqlanib amalda samaradorligi isbotlanganligi Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani tibbiyot birlashmasida (05.02.2025 yildagi 20-sonli buyruq), Qo‘qon shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasida (06.02.2025 yildagi 4-sonli buyruq) amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnikaviy kengash xulosasi № 18, 22 may 2025 y.). Ijtimoiy samaradorligi: Nissen va Tupe fundoplikatsiyasida ishlatiladigan oshqozon naychasini maqbul o‘lchami jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarni 21% dan 4% kamaytirishi, davolash xarajatlarini kamaytirish va tibbiy-ijtimoiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: DQTCh jarrohlik amaliyotlaridan keyingi asoratlarni kamaytirish bemorlarni bo‘limda o‘rta hisobda 5–6 kun kam qolishiga olib keladi. Bir koyka–kun narxi 270000 so‘mni tashkil etar ekan, 20 nafar bemor uchun iqtisodiy tejamkorlik 5400000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Nissen va Tupe fundoplikatsiyasida ishlatiladigan oshqozon naychasini maqbul o‘lchami qo‘llanilishi asoratlarning oldini olishga va gospitalizatsiya davolash muddatini qisqartirishga imkon beradi, bu esa 5400000 so‘m tejashni ta’minlaydi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: fundoplikatsion mufta 50 yoshdan kichik bemorlarga Nissen uslubida, 50 yoshdan kattalarga esa Tupe uslubida amalga oshirish amaliyotdan keyingi davrdagi asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirishi isbotlanganligi Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani tibbiyot birlashmasida (05.02.2025 yildagi 20-sonli buyruq), Qo‘qon shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasida (06.02.2025 yildagi 4-sonli buyruq) amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnikaviy kengash xulosasi № 18, 22 may 2025 y.). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlar yoshini hisobga olgan holda fundoplikatsiya turini tanlash bo‘yicha yondoshuvni joriy etish operatsiyadan keyingi erta davrdagi asoratlarning disfagiya asorati chastotasini 20,0%dan 4,04% gacha, “gaz blotting” asoratini 17,39%dan 2,17%gacha, uzoq muddatli davrdagi RE residivlarni esa 12,0%dan 3,7%gacha kamaytirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: operatsiyalardan keyingi asoratlar rivojlanish holatlarining kamayishi statsionar davolanish (shu jumladan, intensiv terapiya va endoskopik muoladjalar) xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi. Bir kunlik davolanish narxi o‘rtacha 1200000 so‘mni tashkil etadi. 20 nafar bemor uchun tejaladigan mablag‘ 132000000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Bemorlar yosh ko‘rsatkichi va qizilo‘ngach propul`siv imkoniyati o‘zaro teskari proporsional bog‘liqligini hisobga olgan holda fundoplikatsion mufta 50 yoshdan kichik bemorlarga Nissen uslubida, 50 yoshdan kattalarga esa Tupe uslubida amalga oshirish yondoshuvni joriy etish asoratlar sonini kamaytirishga va 132000000 so‘m mablag‘ni tejashga imkon beradi.