Xamraev Siroj Abruevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mulkdorlik va tadbirkorlik tamoyillari – Yangi O‘zbekistonni taraqqiy ettirish omili”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Fal254
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.08.02.
Ilmiy maslahatchi: Abilov O‘rol Muradovich, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Salomova Xakima Yusupovna, falsafa fanlari doktori, professor; Nazarov Qiyom Normerzaevich, falsafa fanlari doktori, professor; Kuvvatov Narkazak Burxanovich, falsafa fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda mulkdorlik va tadbirkorlik tamoyillarining jamiyat taraqqiyotini ta’minlashdagi ahamiyatini asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mulkdorlik va tadbirkorlik faoliyatining erkin tanlov va ijodkorlik aloqadorligi, insonni ma’naviy qadriyatlar yaratuvchi, jamiyat farovonligi uchun mas’ul ijtimoiy mavjudot sifatida ifodalovchi ijtimoiy-falsafiy mazmuni, individual (shaxsning mustaqil tashabbusi va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish), ijtimoiy (hamkorlik va kooperatsiya orqali insonparvarlikni ta’minlash), innovatsion (yangi g‘oya va texnologiyalar asosida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni modernizatsiya qilish) kabi namoyon bo‘lish xususiyatlari hamda yaratuvchanlik, barqarorlik, insonparvarlik kabi falsafiy mohiyati ochib berilgan;
mulkdorlik va tadbirkorlikning halollik va adolat, ijodkorlik va tashabbuskorlik, mas’uliyat va hamjihatlik kabi umuminsoniy tamoyillari amaliyoti asosida Yangi O‘zbekiston mulkdorlari va tadbirkorlariga vatanparvarlik va ijtimoiy burchni chuqur his etish, raqobatbardosh ishlab chiqarish va ishchi o‘rni yaratish, halollik va sadoqat kabi xususiyatlarni mustahkamlash dinamikasi aniqlashtirilgan; 
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirishda mulkdorlik va tadbirkorlikning innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, aholini daromadli mehnat bilan band qilish, sanoatning “drayver” sohalarini rivojlantirish kabi ustuvor tendensiyalarining pragmatik hodisa (ijtimoiy faollik va mehnat samaradorligini oshirish, jamiyatda ishonch muhitini kuchaytirish) va innovatsion jarayon (intellektual kapital asosida ijtimoiy tuzilmalarni yangilash, tadbirkorlik madaniyatini zamonaviylashtirish va postmodern ijtimoiy ongni shakllantirish) sifatidagi ahamiyati asoslab berilgan;
taraqqiyotning zamonaviy bosqichida mulkdorlik va tadbirkorlik tamoyillarining aksiologik-axloqiy (halollik, mas’uliyat, adolat) va ijtimoiy-iqtisodiy (erkinlik, hamkorlik, samaradorlik), pragmatik-amaliy (innovatsion, barqarorlik, “yashil faoliyat”) kabi ijtimoiy-falsafiy omillari dialektikasi asosida milliy manfaatlarimizga mos keluvchi tadbirkorlik madaniyatini ta’lim va tarbiya tizimi orqali shakllantirish, innovatsion iqtisodiyotga yo‘naltirilgan ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish kabi optimallashtirish yo‘llari takomillashtirilgan;
yoshlar iqtisodiy faolligini oshirish, tadbirkorlik va mulkdorlik savodxonligini yuksaltirishning ta’lim-tarbiya (iqtisodiy tafakkurini, moliyaviy savodxonligi va tashabbuskorligini rivojlantirish), institutsional-huquqiy (iqtisodiy erkinlikni kafolatlash va mulkiy daxlsizligini ta’minlash), ma’naviy-axloqiy (iqtisodiy faoliyatni milliy qadriyatlar, halollik, mehnatsevarlik va ijtimoiy mas’uliyat asosida yo‘naltirish) kabi mexanizmlarini optimallashtirishga oid taklif-tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida mulkdorlik va tadbirkorlik tamoyillarining ahamiyatini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mulkdorlik va tadbirkorlik faoliyatining erkin tanlov va ijodkorlik aloqadorligi, insonni ma’naviy qadriyatlar yaratuvchi, jamiyat farovonligi uchun mas’ul ijtimoiy mavjudot sifatida ifodalovchi ijtimoiy-falsafiy mazmuni, individual (shaxsning mustaqil tashabbusi va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish), ijtimoiy (hamkorlik va kooperatsiya orqali insonparvarlikni ta’minlash), innovatsion (yangi g‘oya va texnologiyalar asosida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni modernizatsiya qilish) kabi namoyon bo‘lish xususiyatlari hamda yaratuvchanlik, barqarorlik, insonparvarlik kabi falsafiy mohiyatiga oid nazariy xulosalar va metodologik tavsiyalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2024-yilga mo‘ljallangan yo‘l xaritasidagi “Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish” yo‘nalishi 4-bandi “Erkin fuqarolik jamiyatini va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada takomillashtirish, O‘zbekistonni fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha xabga aylantirish”da foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2024-yil 30-oktyabrdagi 01-27/351-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiyasining ish rejasiga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirishda o‘ziga xos manba vazifasini hamda partiya faoliyatidagi dolzarb masalalarni samarali hal etishga hal etishga xizmat qilgan;
mulkdorlik va tadbirkorlikning halollik va adolat, ijodkorlik va tashabbuskorlik, mas’uliyat va hamjihatlik kabi umuminsoniy tamoyillari amaliyoti asosida Yangi O‘zbekiston mulkdorlari va tadbirkorlariga vatanparvarlik va ijtimoiy burchni chuqur his etish, raqobatbardosh ishlab chiqarish va ishchi o‘rni yaratish, halollik va sadoqat kabi xususiyatlarni mustahkamlash dinamikasiga oid g‘oya va takliflardan Yoshlar ishlari agentligining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”ning VII bob “Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari” 51-bandi “Jamiyatida, ayniqsa, yoshlarda fuqarolik pozisiyasi va ularning huquqiy madaniyatini oshirishning g‘oyaviy-mafkuraviy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusiga doir turli tadbirlar va seminarlarni tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 7-noyabrdagi 1-13-21-5816-son ma’lumotnomasi). Natijada, kelgusida yoshlar tadbirkorligi va ular salohiyatini oshirishga qaratilgan ijtimoiy loyihalarini ishlab chiqish va tashkil etishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirishda mulkdorlik va tadbirkorlikning innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, aholini daromadli mehnat bilan band qilish, sanoatning “drayver” sohalarini rivojlantirish kabi ustuvor tendensiyalarining pragmatik hodisa (ijtimoiy faollik va mehnat samaradorligini oshirish, jamiyatda ishonch muhitini kuchaytirish) va innovatsion jarayon (intellektual kapital asosida ijtimoiy tuzilmalarni yangilash, tadbirkorlik madaniyatini zamonaviylashtirish va postmodern ijtimoiy ongni shakllantirish) sifatidagi ahamiyatiga oid ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-2024-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan, 2023-yil uchun chora tadbirlar dasturining II yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘iboti” 9-bandi “Yangi O‘zbekiston xalqparvar davlat” tamoyilini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan islohotlar mazmun mohiyatini targ‘ib qilish borasidagi ustuvor vazifalar” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 4-noyabrdagi 10/144-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida tadbirkorlar ma’naviyatini yuksaltirishga, ularda milliy qadriyatlarga sodiqlik tuyg‘usini mustahkamlashga hamda Yangi O‘zbekistonda mulkdorlik va tadbirkorlik tamoyilini ijtimoiy-falsafiy tahlil etishga xizmat qilgan;
taraqqiyotning zamonaviy bosqichida mulkdorlik va tadbirkorlik tamoyillarining aksiologik-axloqiy (halollik, mas’uliyat, adolat) va ijtimoiy-iqtisodiy (erkinlik, hamkorlik, samaradorlik), pragmatik-amaliy (innovatsion, barqarorlik, “yashil faoliyat”) kabi ijtimoiy-falsafiy omillari dialektikasi asosida milliy manfaatlarimizga mos keluvchi tadbirkorlik madaniyatini ta’lim va tarbiya tizimi orqali shakllantirish, innovatsion iqtisodiyotga yo‘naltirilgan ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish kabi optimallashtirish yo‘llariga doir ilmiy yangilik sifatidagi taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Xodimlarning malakasini oshirish markazining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” PF-37-son farmonida belgilangan vazifalar, tadbirkorlik faoliyatida o‘zini-o‘zi band qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlarni, “Hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish” dasturlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlarining malakasini oshirish markazining 2024-yil 19-dekabrdagi 02/0036-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi davrida mulkdorlik va tadbirkorlik tendensiyasi bilan bog‘liq amaliy jihatlari ochib berishga, o‘quv dasturlar yaratishga, mulkdorlik va tadbirkorlik tendensiyasini yanada yuksaltirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha davlat organlari, jamoat tashkilotlari va fuqarolik institutlari faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan aniq takliflar va tavsiyalar, ularni amaliyotga qo‘llash bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ishlab chiqishga, xodimlar malakasini oshirish markazi faoliyatidagi dolzarb masalalarni hal etishga xizmat qilgan;
yoshlar iqtisodiy faolligini oshirish, tadbirkorlik va mulkdorlik savodxonligini yuksaltirishning ta’lim-tarbiya (iqtisodiy tafakkurini, moliyaviy savodxonligi va tashabbuskorligini rivojlantirish), institutsional-huquqiy (iqtisodiy erkinlikni kafolatlash va mulkiy daxlsizligini ta’minlash), ma’naviy-axloqiy (iqtisodiy faoliyatni milliy qadriyatlar, halollik, mehnatsevarlik va ijtimoiy mas’uliyat asosida yo‘naltirish) kabi mexanizmlarini optimallashtirishga oid taklif-tavsiyalar, ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati faoliyatida, jumladan, “Jahon falsafasi qomusi”ning “Mulkdorlik”, “Tadbirkorlik” maqolalarini tayyorlashda, 2023-yil 13-maydagi 80-01/90-son “Ekstremizm va terrorizm profilaktikasining zamonaviy omillari va texnologiyalari” grant loyihasi asosida nashr qilingan “Ekstremizm va terrorizm profilaktikasining zamonaviy texnologiyalari” kitobini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Faylasuflar milliy jamiyatining 2025-yil 15-apreldagi 36-son ma’lumotnomasi). Natijada, mulkdorlik va tadbirkorlik faoliyatining ijtimoiy- falsafiy mazmuni, uning shakllari va oziga xos xususiyatlari, ularning umuminsoniy tamoyillari amaliyotini o‘rganish asosida Yangi O‘zbekiston mulkdorlari va tadbirkorlariga xos xususiyatlarni mustahkamlash dinamikasining ma’no-mazmunini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish