Burxanova Ma’mura Gullyamovaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ziyoli madaniy mavqeyining ijtimoiy-falsafiy tahlili”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fal586
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.2020.F.08.02
Ilmiy rahbar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Turdiev Bexruz Sobirovich, falsafa fanlari doktori, professor; Madaeva Shaxnoza Omonullaevna falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ziyoli inson madaniy mavqeini yuksaltirishning imkoniyatlarini asoslasb berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ziyoli inson konsepsiyasining ratsionallik, tanqidiy tahlil va innovatsion yondashuv (intellektual), ijtimoiy mas’uliyat, adolatparvarlik va insonparvarlik (axloqiy) hamda nafis did, moddiylik va ma’naviylik uyg‘unligi va go‘zallikka intilish (estetik) tamoyillari inson biosotsial mohiyatining tashqi ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘lishi aniqlangan hamda ularning yangi qadriyatlar va demokratik tamoyillar mohiyatiga, zamonaviy turmush va tafakkur tarziga mos ijtimoiy munosabatlarning asosiy mezoni ekanligi asoslab berilgan;
ziyolilik fenomenining refleksivlik (o‘z-o‘zini tahlil), ma’naviy barqarorlik (haqiqat, adolat, vijdon ustuvorligi), mustaqil fikrga egalik (strategik fikrlash) va futuristik yo‘nalganlik (kelajakni ko‘ra bilish) kabi ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari hamda ziyoli shaxsning jamiyatdagi madaniy mavqei mahsuldorlik (yaratuvchilik faoliyati) e’tirof (jamoatchilik fikri, g‘oyaviy yetakchilik), madaniy kapital (yuksak did, notiqlik, o‘zini tutish madaniyati) va ijtimoiy faollik kabi mezonlari ochib berilgan;
ziyoli shaxsning umuminsoniy g‘oyalar va qadriyatlar asosida jamiyatni o‘zgartirish (ijtimoiy borliqni insonparvarlashtirish, jamoatchilik ongini ratsionalizatsiyalash, ma’naviy makonni texnologik jarayonlarga moslashtirish) va rivojlantirish (vorislik va yangilanish dialektikasi, madaniy integratsiya va diffuziya, ijtimoiy tizimning o‘zini-o‘zi tashkil etish) qobiliyati hamda jamiyat taraqqiyotida ijtimoiy ong, strategik kapital sifatida universal mohiyat kasb etishi aniqlashtirilgan;
ziyoli madaniy mavqeiga salbiy ta’sir etuvchi antropologik inqirozning ekzistensial begonashuv (o‘z mohiyatidan uzoqlashish), aksiologik dezorientatsiya (qadriyatlar tizimining buzilishi), texnokratik degumanizatsiya (insonparvarlikning texnikaga qurbon qilinishi) kabi namoyon bo‘lish xususiyatlari aniqlangan hamda ziyoli madaniy mavqeini yuksaltirishning ijtimoiy meritokratiya (bilimli va qobiliyatli insonlarning yuqori mavqega ko‘tarilishini ta’minlovchi tizim), institutsional muhit (erkin fikrlash, qonuniy va ijtimoiy himoya) va kreativ-antropologik ta’lim (inson kapitali va inson qadrini ustun qo‘yish) kabi mexanizmlari asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ziyoli shaxs madaniy mavqeining ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari va uni yuksaltirish imkoniyatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot doirasida olingan ilmiy xulosalar va natijalar asosida:
ziyoli inson konsepsiyasining ratsionallik, tanqidiy tahlil va innovatsion yondashuv (intellektual), ijtimoiy mas’uliyat, adolatparvarlik va insonparvarlik (axloqiy) hamda nafis did, moddiylik va ma’naviylik uyg‘unligi va go‘zallikka intilish (estetik) tamoyillari inson biosotsial mohiyatining tashqi ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘lishi aniqlangan hamda ularning yangi qadriyatlar va demokratik tamoyillar mohiyatiga, zamonaviy turmush va tafakkur tarziga mos ijtimoiy munosabatlarning asosiy mezoni ekanligiga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarini tashkillashtirishda, xususan, 2023-yilda “Ma’naviyat festivalini”ni o‘tkazish dasturini tuzishda va mazkur festival doirasidagi “Ziyolilar ulug‘langan yurt”, “Yangi O‘zbekiston madaniyati ziyoli qatlam qarashlarida” va “Yangi Uyg‘onish davrining ziyoli yoshlari” mavzusidagi tadbirlar mazmunini nazariy va ilmiy jihatdan boyitishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 18-sentyabrdagi 02-22/971-son ma’lumotnomasi). Natijada, insoniyatning tafakkuri, kognitiv bilim, ijodiy kompetentlik ziyolilikni oshiruvchi vosita ekanligini aniqlash imkonini berishga xizmat qilgan;
ziyolilik fenomenining refleksivlik (o‘z-o‘zini tahlil), ma’naviy barqarorlik (haqiqat, adolat, vijdon ustuvorligi), mustaqil fikrga egalik (strategik fikrlash) va futuristik yo‘nalganlik (kelajakni ko‘ra bilish) kabi ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari hamda ziyoli shaxsning jamiyatdagi madaniy mavqei mahsuldorlik (yaratuvchilik faoliyati) e’tirof (jamoatchilik fikri, g‘oyaviy yetakchilik), madaniy kapital (yuksak did, notiqlik, o‘zini tutish madaniyati) va ijtimoiy faollik kabi mezonlariga oid falsafiy tahlillar, ilmiy nazariy xulosalar va taklif-tavsiyalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-11-son “Oilalarga ko‘rsatilayotgan sifatli va tezkor ijtimoiy xizmatlar uchun mobil ilovalar yaratish” (2021-2022-yy) loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 25-iyundagi 04/11-7930-son ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy jamiyatda ziyolilik ijtimoiy taraqqiyot manbai sifatida o‘rnatish imkoniyatlarini aniqlashga va uni yuqori darajaga ko‘tarishga, loyihaning ilmiy-metodologik sifatini takomillashtirish va akademik tahlillarni boyitishda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan;
ziyoli shaxsning umuminsoniy g‘oyalar va qadriyatlar asosida jamiyatni o‘zgartirish (ijtimoiy borliqni insonparvarlashtirish, jamoatchilik ongini ratsionalizatsiyalash, ma’naviy makonni texnologik jarayonlarga moslashtirish) va rivojlantirish (vorislik va yangilanish dialektikasi, madaniy integratsiya va diffuziya, ijtimoiy tizimning o‘zini-o‘zi tashkil etish) qobiliyati hamda jamiyat taraqqiyotida ijtimoiy ong, strategik kapital sifatida universal mohiyat kasb etishi ilmiy yangilik sifatida ilgari surilgan takliflari jumladan, konseptual g‘oyalardan O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining 2020-2025-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturining “VI. Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ustuvor yo‘nalishlari”da keltirilgan “Inson o‘zgarsa – jamiyat o‘zgaradi” g‘oyasiga mos vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2023-yil 11-iyuldagi 02/02-43-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiya tizimidagi xodimlarning ijtimoiy-siyosiy bilimlarini oshirishda foydalanish uchun o‘quv qo‘llanmalar tayyorlashga hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi mafkuraviy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
ziyoli madaniy mavqeiga salbiy ta’sir etuvchi antropologik inqirozning ekzistensial begonashuv (o‘z mohiyatidan uzoqlashish), aksiologik dezorientatsiya (qadriyatlar tizimining buzilishi), texnokratik degumanizatsiya (insonparvarlikning texnikaga qurbon qilinishi) kabi namoyon bo‘lish xususiyatlari aniqlangan hamda ziyoli madaniy mavqeini yuksaltirishning ijtimoiy meritokratiya (bilimli va qobiliyatli insonlarning yuqori mavqega ko‘tarilishini ta’minlovchi tizim), institutsional muhit (erkin fikrlash, qonuniy va ijtimoiy himoya) va kreativ-antropologik ta’lim (inson kapitali va inson qadrini ustun qo‘yish) kabi mexanizmlariga oid ilmiy-nazariy tahlillar, ilmiy xulosa va taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining 2023-yil mart-may oylarida efirga uzatilgan “O‘zbekiston yoshlar”, “Millat va ma’naviyat” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 6-iyuldagi 04-36-1059-son ma’lumotnomasi). Natijada, ziyolilik madaniyatini shakllantirish va yuksaltirishga oid ma’lumotlarni aniq va ishonchli tarzda keng jamoatchilikka etkazib berish imkoniyatini yanada oshirishga, “ziyolilik” mavzusida amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning mazmun va samaradorligini oshirishda, ziyoli insonning madaniy maqomini keng jamoatchilikka targ‘ib qilishda g‘oyaviy-nazariy manba bo‘lib xizmat qilgan.