Yorieva Farangiz Murodilloevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda agroturizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish (Buxoro viloyati misolida)», 08.00.17 - “Turizm va mehmonxona faoliyati”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3159
Ilmiy rahbar: Alieva Mahbuba To‘ychievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kasimova Zilola G‘ulomiddin qizi, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;
 Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda agroturizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy, amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “agroturizm” tushunchasining iqtisodiy mazmuni qishloq aholisi daromadlarini diversifikatsiya qilish, qishloq hududlarida yangi ish o‘rinlari tashkil etish, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish va hududiy iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashishga qaratilgan, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasi kesishmasida shakllangan maxsus turdagi turizm faoliyati nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
agroturizm ob’ektlarini klassifikatsiyalash tizimi fermer xo‘jaliklarini “boshlang‘ich” (oddiy fermer xo‘jaligi – 4-6 soat), “o‘rta” (agroturizm majmuasi – 1-3 kun), “yuqori” (agro-resort – 3 kundan ziyod) va “maxsus” (tematik ferma – 1-7 kun) toifalarga ajratish hamda ular uchun aniq talablar, xizmatlar to‘plami va maqsadli auditoriya belgilash orqali takomillashtirilgan;
Buxoro viloyatida markazlashtirilgan koordinatsiya markazi, marketing bo‘limi, sifat nazorati xizmati va moliyaviy-hisobot bo‘linmalarini o‘z ichiga oluvchi o‘rik mevasidan sho‘rdonak ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq agroturizm klasterini tashkil etish orqali soha barqaror rivojlanish va raqobatbardoshligini ta’minlash asoslangan;
Buxoro viloyatida agroturizm tushumlari dinamikasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni ifodalovchi ekonometrik model va trend tahlili asosida agroturizm tushumlari hajmining 2029-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Agroturizmni rivojlantirishni boshqarish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “agroturizm” tushunchasining iqtisodiy mazmuni qishloq aholisi daromadlarini diversifikatsiya qilish, qishloq hududlarida yangi ish o‘rinlari tashkil etish, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish va hududiy iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashishga qaratilgan, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasi kesishmasida shakllangan maxsus turdagi turizm faoliyati nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Turizmda raqamli texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va  Innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyundagi 370-33 raqamli guvohnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tadbiq etilishi natijasida oliy o‘quv yurti talabalarida agroturizm jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida boshqarish, agroiqtisodiy rejalashtirish va marketing, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini brendlash hamda ekoturizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha nazariy bilim va ko‘nikmalarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
agroturizm ob’ektlarini klassifikatsiyalash tizimi fermer xo‘jaliklarini “boshlang‘ich” (oddiy fermer xo‘jaligi – 4-6 soat), “o‘rta” (agroturizm majmuasi – 1-3 kun), “yuqori” (agro-resort – 3 kundan ziyod) va “maxsus” (tematik ferma – 1-7 kun) toifalarga ajratish hamda ular uchun aniq talablar, xizmatlar to‘plami va maqsadli auditoriya belgilash orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 yanvardagi PF-16-son “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoniga 5-ilova sifatida tasdiqlangan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash yo‘nalishi bo‘yicha 2025-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari”ni shakllantirish jarayonida amaliy foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 29-dekabrdagi 03-17/930-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi agroturizm faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish va qo‘llab-quvvatlashga oid ilmiy-amaliy tavsiyalar va normativ-huquqiy hujjat loyihasini shakllantirish imkonini bergan; 
Buxoro viloyatida markazlashtirilgan koordinatsiya markazi, marketing bo‘limi, sifat nazorati xizmati va moliyaviy-hisobot bo‘linmalarini o‘z ichiga oluvchi o‘rik mevasidan sho‘rdanak ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq agroturizm klasterini tashkil etish orqali soha barqaror rivojlanish va raqobatbardoshligini ta’minlash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 27-apreldagi 215-son “2022 - 2026-yillarda Buxoro viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Qarori ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 29-dekabrdagi 03-17/930-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi ishlab chiqilgan model` doirasida klaster faoliyati orqali 2029-yilga qadar viloyat agroturizm ulushini 0,245% dan 0,559% gacha oshirish, aholi bandligini 4,1 barobar (750 kishidan 3 100 kishigacha) va daromadlarini 4,0 barobar (39,6 mlrd so‘mdan 46,815 mlrd so‘mgacha) o‘sishiga erishishni rejalashtirish asosida agroturizm sohasida barqaror rivojlanish va raqobatbardoshlikni ta’minlash imkoni yaratilgan;
Buxoro viloyatida agroturizm tushumlari dinamikasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni ifodalovchi ekonometrik model va trend tahlili asosida agroturizm tushumlari hajmining 2029-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari hamda prognoz metodologiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son “Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 29-dekabrdagi 03-17/930-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi Buxoro viloyatida agroturizm sohasining kelgusi rivoji, investisiya salohiyati va infratuzilma loyihalari bo‘yicha aniq raqamli ma’lumotlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi hamda turli klaster strategiyalari o‘rtasidagi iqtisodiy sinergiyani chuqur tahlil qilish imkonini yaratib, trend tahlili asosida viloyat miqyosida agroturizm tushumlari 2025-yildagi 39 619 mlrd so‘mdan 2029-yilda 46 815 mlrd so‘mgacha, ya’ni 18,2% o‘sishi kutilmoqda.

Yangiliklarga obuna bo‘lish