Tula Nodirbek Bahodir o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sovershenstvovanie metodologii perepisi naseleniya dlya effektivnoy sotsial`no-ekonomicheskoy politiki», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Iqt306.
Ilmiy maslahatchi: Nabiev Xamidulla, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ilyos Sultonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Tashpulatov Aybek, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Umarova Muqaddas Abbasovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni samarali tashkil qilishda aholini ro‘yhatga olish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
respondentlarning aholining ro‘yxatga olish jarayonidagi faol qatnashishi, ular tomonidan savolnomani to‘g‘ri va ishonchli to‘ldirilishini ta’minlash maqsadida intervyuerlarning mehnat salohiyatini oshirish (suhbat jarayonini sifatli o‘tkazish, vaqt me’yorlarini to‘g‘ri belgilashlari) bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqilgan;
aholini ro‘yxatga olish metodologiyasini KPI darajalarini optimal diapazonda belgilash (masalan, bir so‘rovnoma uchun o‘rtacha vaqt birligi ≤12 daqiqa; texnik xatoliklar ulushi ≤0.5%) va axborot tizimi asosida aholini ro‘yxatga olish dasturi va so‘rovnomasining elektron versiyasi sifatini oshirishga ko‘ra asoslangan;
hududlarda bandlik darajasi va mehnat unumdorligini oshirishda aholini ro‘yxatga olish orqali “Ishga marhamat” monomarkazlarini, ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan hududlar va ish joylar uchun talabga ko‘ra asosiy tarmoqlarni aniqlash, bandlikka ko‘ra resurslar va moliyalashtirishni optimal taqsimlash kabilar asosida joylashtirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
aholini ro‘yxatga olish sifati va samaradorligini oshirishda jarayon ishtirokchilarining kasbiy malakasi va salohiyati hamda bandlik, ta’lim va ijtimoiy sohalar bo‘yicha istiqbolda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va demografik tendensiyalarni aniqlashga ko‘ra aholi soni va alohida yosh guruhlari tarkibining prognoz ko‘rsatkichlari asoslangan;
aholini ro‘yxatga olish jarayoni harajatlarini optimallashtirishda intervyu oluvchilarning ish faoliyatini vaqt standartini belgilashga ko‘ra yaxshilash va mehnat unumdorligini oshirishda so‘rovnoma samaradorligini vaqt sarfi va qamrov darajasiga ko‘ra baholash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni samarali tashkil qilishda aholini ro‘yhatga olish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
respondentlarning aholining ro‘yxatga olish jarayonidagi faol qatnashishi, ular tomonidan savolnomani to‘g‘ri va ishonchli to‘ldirilishini ta’minlash maqsadida intervyuerlarning mehnat salohiyatini oshirish (suhbat jarayonini sifatli o‘tkazish, vaqt me’yorlarini to‘g‘ri belgilashlari) bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqilgan. (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 20-oktyabrdagi 01/00-02/07-8218-sonli ma’lumotnomasi). Taklif demografik ma’lumotlarni to‘plashning aniqligi, samaradorligi va ishonchliligini metodologik-uslubiy jihatdan oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
aholini ro‘yxatga olish metodologiyasini KPI darajalarini optimal diapazonda belgilash (masalan, bir so‘rovnoma uchun o‘rtacha vaqt birligi ≤12 daqiqa; texnik xatoliklar ulushi ≤0.5%) va axborot tizimi asosida aholini ro‘yxatga olish dasturi va so‘rovnomasining elektron versiyasi sifatini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining amaliy faoliyatiga joriy etilgan va “Munosib mehnat tamoyillarini tatbiq etish bo‘yicha yo‘riqnoma”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 20-oktyabrdagi 01/00-02/07-8218-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif aholini ro‘yxatga olishda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish va xarajatlarni kamaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
hududlarda bandlik darajasi va mehnat unumdorligini oshirishda aholini ro‘yxatga olish orqali “Ishga marhamat” monomarkazlarini ish bilan band bo‘lmagan hududlar va ish joylariga ko‘ra asosiy tarmoqlarni aniqlash, bandlikka ko‘ra resurslar va moliyalashtirishni optimal taqsim-lash kabilar asosida joylarlashtirishning maqsadga muvofiqligi taklifi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan va “Munosib mehnat tamoyillarini tatbiq etish bo‘yicha yo‘riqnoma”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 20-oktyabrdagi 01/00-02/07-8218-sonli ma’lumotnomasi). Taklif hududlarda to‘liq bandlikni ta’minlash imkoniyatlarini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
aholini ro‘yxatga olish sifati va samaradorligini oshirishda jarayon ishtirokchilarining kasbiy malakasi va salohiyati hamda bandlik, ta’lim va ijtimoiy sohalar bo‘yicha istiqbolda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va demografik tendensiyalarni aniqlashga ko‘ra aholi soni va alohida yosh guruhlari tarkibining prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi amaliyotiga joriy qilingan va “Munosib mehnat tamoyillarini tatbiq etish bo‘yicha yo‘riqnoma”ni ishlab chiqishda foydlanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 20-oktyabrdagi 01/00-02/07-8218-sonli ma’lumotnomasi.) Taklif aholini ro‘yxatga olishda turli noaniqliklarning oldini olish va ro‘yxatga olish sifatini oshishining uslubiy asoslarini takomilashtirishga va istiqbolda hududlarda aholi bandlik darajasini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
aholini ro‘yxatga olish jarayoni harajatlarini optimallashtirishda intervyu oluvchilarning ish faoliyatini vaqt standartini belgilashga ko‘ra yaxshilash va mehnat unumdorligini oshirishda so‘rovnoma samaradorligini mehnat unumdorligi, vaqt xarajatlari va ma’lumotlar sifatining integral indeksi asosida baholashga ko‘ra baholash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi amaliyotiga joriy qilingan va “Munosib mehnat tamoyillarini tatbiq etish bo‘yicha yo‘riqnoma”ni ishlab chiqishda foydlanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 20-oktyabrdagi 01/00-02/07-8218-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif aholini ro‘yxatga olish jarayoni samaradorligini oshirish asosida harajatlarni optimallashtirishga va ro‘yxatga olish jarayoni sifatini yaxshilashga muayyan darajada xizmat qiladi.