Navruzov Dilshod Ismatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon matni
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aksiyadorlik jamiyatlarida kuzatuv kengashi faoliyati samaradorligini baholashni raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” bo‘yicha ixtisoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2363.
Ilmiy rahbar: Ibodullaev Shohboz To‘lqin o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, DSc. 16/2025.27.12.I.01.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qo‘chqorov Toxir Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kurbonov Said Akbarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Xalqaro Nordik universiteti (Nordic International University).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini raqamlashtirish sharoitida aksiyadorlik jamiyatlarida kuzatuv kengashi faoliyati samaradorligini baholashni raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini raqamlashtirish sharoitida Kuzatuv kengashining elektron savdolar hajmini oshirishga qaratilgan faoliyatini rivojlantirish maqsadida vizuallashuv va to‘ldirilgan reallik texnologiyalaridan faol tarzda foydalanish, kompaniya bilan mijozlar o‘rtasidagi munosabatlarni uyg‘unlashgan tarzda tashkillashtirish imkonini beradigan PR instrumentlardan foydalanishning maqsadga muvofiqligi asoslab berildi;
zamonaviy elektron tijorat modellaridan (B2B, B2C) foydalangan holda, unumdorlik zaxirasini shakllantirish yo‘li bitimlar hajmini oshirish uchun elektron tijoratda xaridorlar o‘rtasida va kompaniyalar o‘rtasida individuallashuvni chuqurlashtirish va B2C-segnatura (business-to-customer, “biznes iste’molchi uchun”) instrumentidan faol foydalanish taklifi asoslandi;
raqamli texnologiyalar (Big Data, sun’iy intellekt, blokcheyn) va raqamli platformalardan (mobil raqamlar, elektron do‘kon, elektron auksion) foydalanish ko‘lamini kengaytirish yo‘li bilan birja savdolari hajmini oshirishning zarurligi asoslab berildi;
kuzatuv kengashlari huzuridagi qo‘mitalar faoliyatini samaradorligini baholash amaliyotini takomillashtirish uchun baholash mezonlarining aniqligini va shaffofligini oshirish va har bir qo‘mitaning vakolat doirasini, huquq va majburiyatlarini aniq belgilab qo‘yishning zarurligi asoslab berildi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot jarayonida olingan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
Respublika tovar-xomashyo birjasining savdo tizimi orqali “domen nomlari” onlayn savdolarini tashkillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom-ashyo birjasining 2024-yil 13-avgustdagi 03-22/2703-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida “O‘zRTXB” AJda elektron auksion savdolar hajmi 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 62,9 foizga oshgan. Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aholi va tadbirkorlik sub’ektlari uchun raqamli xizmatlarga teng va ochiq kirish imkoniyatlari kengayib, bozorda shaffoflik va raqobat muhitining kuchayishi ta’minlanadi;
zamonaviy elektron tijorat modellaridan (B2B, B2C) foydalangan holda, unumdorlik zaxirasini shakllantirish yo‘li bitimlar hajmini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasining 2024-yil 13-avgustdagi 03-22/2703-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida yuqori likvidli mahsulotlar (PQ-4484) savdosining hajmi 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 91,4 foizga oshgan. Bu kichik va o‘rta biznes sub’ektlarining bozordagi ishtirokini kengaytirishga hamda aholi bandligi uchun qo‘shimcha iqtisodiy sharoitlar yaratishga xizmat qiladi;
aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini raqamlashtirish sharoitida Kuzatuv kengashining elektron savdolar hajmini oshirishga qaratilgan faoliyatini rivojlantirish taklifi (O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasining 2024-yil 13-avgustdagi 03-22/2703-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida “O‘zRTXB” AJda korporativ buyurtmachilarning elektron auksioni orqali amalga oshirilgan bitimlarning hajmi 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 50,6 foizga oshgan. Taklifning joriy etilishi korporativ boshqaruv shaffofligini oshirib, jamoatchilik va investorlar ishonchini mustahkamlash orqali jamiyatda ochiqlik va hisobdorlik madaniyatini rivojlantiradi;
raqamli texnologiyalar (Big Data, Cloud computing, ASI) va raqamli platformalardan (mobil raqamlar, elektron do‘kon, elektron auksion) foydalanish ko‘lamini kengaytirish yo‘li bilan birja savdolari hajmini oshirish taklifi (O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasining 2024-yil 13-avgustdagi 03-22/2703 -sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida “O‘zRTXB” AJda birja savdolari hajmini 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 4,1 foizga oshgan. Bu o‘z navbatida aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun birja mexanizmlaridan foydalanishni soddalashtirib, raqamli iqtisodiy faollikni oshirish va zamonaviy raqamli iqtisodiyotga ijtimoiy moslashuvni jadallashtirishga xizmat qiladi.