Abdurashidova Marina Sagatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon matni

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Upravlenie innovatsionnoy deyatel`nost`yu visshixobrazovatel`nix uchrejdeniy v usloviyax sifrovoy ekonomiki (na primereTGTU)” (“Raqamli iqtisodiyot sharoitida oliy ta’lim muassasalarining innovatsionfaoliyatini boshqarish (Toshkent davlat texnika universiteti misolida)”, 08.00.16-“Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” bo‘yicha ixtisoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4830.
Ilmiy rahbar: Qodirov Tuyg‘un Uzoqovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, DSc.16/2025.27.12.I.01.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: A.T.Kenjaboev, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; B.V.Nasimov, iqtisodiyot fanlari doktori, (Ds), professor;
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyot sharoitida oliy ta’lim muassasalarining innovatsion faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari quydagilardan iborat:
oliy ta’limning raqamli transformatsiyasi” tushunchasining mazmuni va mohiyatini ochib berishga qaratilgan mualliflik metodik yondashuvi ishlab chiqildi. Mazkur yondashuv innovatsiyalarni kompleks tarzda ko‘rib chiqishga asoslanib, raqamli ekotizimni, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI) natijalarini tijoratlashtirishni, shuningdek, tashkilotlararo va xalqaro raqamli integratsiya vositalarini qamrab oladi;
innovatsion jarayonlarning raqamli transformatsiyasi modeli takomillashtirildi. Mazkur model moliyaviy va boshqa resurslarni tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlar majmuasiga aylantirishga asoslanib, innovatsion siklning bilimlar generatsiyasi va ilmiy-texnik mahsulotlarni ishlab chiqish bosqichlaridan boshlab, ularni bozorga chiqarish hamda xalqaro raqamli integratsiyagacha bo‘lgan barcha bosqichlarni qamrab oladi;
toshkent davlat texnika universitetining ilmiy-innovatsion faoliyatini kompleks raqamlashtirishga mo‘ljallangan science-stu.uz raqamli platformasi ishlab chiqildi. Mazkur platforma kengaytirilgan funksionallikka, modulli arxitekturaga, tizimlararo integratsiyaning yuqori darajasiga ega hamda raqamli iqtisodiyot talablariga mos keluvchi yangi avlod boshqaruv axborot tizimi hisoblanadi;
    oliy ta’lim muassasalarining innovatsion faoliyatini raqamli iqtisodiyotga transfer qilishning milliy va davlatlararo mexanizmi konsepsiyasi ishlab chiqildi. Shuningdek, kompetensiyalar sinergiyasini, ta’lim va ilmiy jarayonlarning raqamli transformatsiyasini, oliy ta’lim muassasalariaro ekotizim hamda raqamli infratuzilmani shakllantirishni hisobga oluvchi BNTU va TDTUning qo‘shma innovatsion faoliyatini amalga oshirishga qaratilgan integrativ strategiya asoslab berildi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
oliy ta’lim muassasalarining innovatsion faoliyatini raqamli iqtisodiyotga transferlashshning milliy va davlatlararo mexanizmi konsepsiyasi ishlab chiqildi hamda BNTU va TDTUning qo'shma innovatsion faoliyati bo'yicha integrativ ishlab chiqilgan amaliyotga joriy etildi  (TDTU ning 2026-yil 12-yanvardagi № 04-22-45-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu taklifni joriy etish qo'shma innovatsion loyihalar doirasida kooperatsiyani kengaytirish, qo'shimcha resurslarni jalb etish, yangi bozorlarga chiqish va kompetensiyalarni taqsimlash orqali risklarni kamaytirishni ta’minlab, universitetlararo hamkorlikda madaniyatlararo akademik integratsiya va  ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlaydi.
moliyaviy va boshqa resurslarni tashkiliy-iqtisodiy tadbirlar majmuasiga aylantirishga asoslangan hamda innovatsion siklning bilimlarni yaratish, ilmiy-texnikaviy mahsulotni ishlab chiqish, bozorga chiqarish va xalqaro raqamli integratsiyalash bosqichlarini qamrab oluvchi innovatsion jarayonlarni raqamli tranformatsiyalashnig takomillashtirilgan  modeli amaliyotga joriy etilgan (TDTU ning 2026-yil 12-yanvardagi № 04-22-45sonli, TTESI ning  2025-yil 30-dekabrdagi № 4467-01/8-18-sonli ma’lumotnomalari). Bu ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni tijoratlashtirish jarayonlarini jadallashtirishga xizmat qilib, talabalarning ijtimoiy mobilligini oshirish va ularning raqamli iqtisodiyot talablariga moslashuvchanligini kuchaytiradi.
Toshkent davlat texnika universitetining ilmiy-innovatsion faoliyatini kompleks raqamlashtirishga mo'ljallangan, kengaytirilgan funksional imkoniyatlar, modulli arxitektura, tizimlararo integratsiyaning yuqori darajasi va raqamli iqtisodiyot talablariga mos yangi avlod boshqaruv axborot tizimi bilan ta’minlangan science-stu.uz raqamli platformasi TDTU faoliyatiga joriy etilgan  Ushbu ilmiy yangilik teng imkoniyatlar va institutsional ishonch asosida universitetning ijtimoiy yo'naltirilgan raqamli muhitini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur yondashuv boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, tranzaksion xarajatlarni qisqartirish, mehnat unumdorligi hamda boshqaruv tahlili sifatini oshirish hisobiga iqtisodiy samarani ta’minlab, teng imkoniyatlar va institutsional ishonch asosida universitetning ijtimoiy yo'naltirilgan raqamli muhitini shakllantiradi;
oliy ta’lim muassasalarining innovatsion faoliyatini raqamli iqtisodiyotga transferlashshning milliy va davlatlararo mexanizmi konsepsiyasi ishlab chiqildi hamda BNTU va TDTUning qo'shma innovatsion faoliyati bo'yicha integrativ ishlab chiqilgan amaliyotga joriy etildi  (TDTU ning  2026-yil 12-yanvardagi № 04-22-45-sonli ma’lumotnamasi). Ushbu taklifni joriy etish qo'shma innovatsion loyihalar doirasida kooperatsiyani kengaytirish, qo'shimcha resurslarni jalb etish, yangi bozorlarga chiqish va kompetensiyalarni taqsimlash orqali risklarni kamaytirishni ta’minlab, universitetlararo hamkorlikda madaniyatlararo akademik integratsiya va  ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish