Dalieva Muattarxon Muxtorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
 “O‘zbek xalqi ma’naviy-axloqiy merosida mas’uliyatlilik va fidoyilik talqini: ijtimoiy-falsafiy tahlil” 09.00.04-Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fal1138
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD. 03/2025.27.12.F.10.02 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Siddiqov Ilyosjon Baxromovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Farg‘ona davlat universiteti professor, falsafa fanlari doktori (DSc)  Qambarov Abdumutal Axadjonovich.  Buxoro davlat universiteti professori, falsafa fanlari doktori Xuseyinova Abira Amanovnalar.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek xalqi ma’naviy-axloqiy merosida mas’uliyatlilik va fidoyilik talqining ijtimoiy-falsafiy asoslarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mas’uliyatlilik va fidoyilik fenomenining gnoseologik va aksiologik xususiyatlari tadqiqi asosida ularni rivojlantirish mexanizmlari (dialog va debatlar kompleksi) va usullari (ishontirish, namunaviylik, maqsadlilik, rag‘batlantirish)ning ilmiy-amaliy asoslari tizimli-funksional tamoyil asosida ochib berilgan;
mas’uliyatlilik va fidoyilikni o‘zbek xalqi ma’naviy-axloqiy merosi, milliy qadriyatlar asosida rivojlantirish orqali deviantlik, marginallashuv, kosmopolitik illatlarni bartaraf etish, befarqlik va loqaydlikka qarshi kurash va jamiyatda ma’naviy barqarorlikni ta’minlash mexanizmlari takomillashtirilgan;
mas’uliyatlilik va fidoyilikning falsafiy-axloqiy, ijtimoiy-ma’naviy mohiyatiga doir konseptual qarashlar asosida mas’uliyatni oshiruvchi, fidoyilikni mustahkamlovchi (ratsional, pragmatik) va aksincha uni emiruvchi (deviantlik, marginallashuv, kosmopolitik) omil ekanligi asoslangan;
o‘zbek xalqi ma’naviy-axloqiy merosi asosida mas’ulliyatlilik va fidoyilik fazilatlarini rivojlantirishning milliy va diniy xususiyatlar (ijtimoiy stereotip, e’tiqod, odat, fazilat)ning obektiv jihatlari dialektik jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek xalqi ma’naviy-axloqiy merosida mas’uliyatlilik va fidoyilik g‘oyalari talqinibo‘yicha ishlab chiqilgan falsafiy-axloqiy takliflar asosida:
mas’uliyatlilik va fidoyilikning falsafiy-axloqiy, ijtimoiy-ma’naviy mohiyatiga doir konseptual qarashlar asosida mas’uliyatni oshiruvchi, fidoyilikni mustahkamlovchi (ratsional, pragmatik) va aksincha uni emiruvchi (deviantlik, marginallashuv, kosmopolitik) omil va yondashuvlarni asoslashga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil uchun “2.3.Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘limi”da belgilangan “Yoshlarning keng qatlamlarini jalb etgan holda jamiyatga yot bo‘lgan g‘oyalar, axloqiy buzuqlik va salbiy illatlarga immunitetni mustahkamlash maqsadida “Har bir yoshning qalbi va ongi uchun kurashamiz!” shiori ostida ma’naviyat festivallarini tashkil etish” bandida belgilangan yo‘nalishi doirasidagi vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 6-avgustdagi 4-19-21-4257-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi mas’uliyatlilik va fidoyilikni o‘zbek xalqi ma’naviy-axloqiy merosi, milliy qadriyatlar asosida rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan:
mas’uliyatlilik va fidoyilik fenomenining gnoseologik va aksiologik xususiyatlari tadqiqi asosida ularni rivojlantirish mexanizmlari (diskussiya, dialog, debatlar kompleksi) va usullari(ishontirish, namunaviylik, maqsadlilik, rag‘batlantirish)ning ilmiy-amaliy asoslarini tizimli-funksional tamoyil asosida ochib berilganligiga doir ilmiy tavsiyalardan “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2024-2025 yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasining 2025-yil 31-oktyabrdagi 05-09-1700-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi mas’uliyatlilik va fidoyilik fenomenining gnoseologik va aksiologik xususiyatlari aniqlashtirish, bu boradagi bilimlar bilan keng jamoatchilikni tanishtirishga xizmat qilgan: 
mas’uliyatlilik va fidoyilikni o‘zbek xalqi ma’naviy-axloqiy merosi, milliy qadriyatlar asosida rivojlantirish orqali deviantlik, marginallashuv, kosmopolitik illatlarni bartaraf etish, befarqlik va loqaydlikka qarshi kurash va jamiyatda ma’naviy barqarorlikni ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga doir ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-542-raqamli “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadiryatlari kompleksining elektron-transdisiplinar platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 22-oktyabrdagi 04/11-23740-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi mas’uliyatlilik va fidoyilikning falsafiy-axloqiy, ijtimoiy-ma’naviy mohiyatiga doir konseptual qarashlarni tizimlashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish