Mansurov  Sobir Hamroevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mulla Bo‘ri – Dilafgor asarlarining manbasi va matniy tadqiqi”, 10.00.10 –Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1895.
Ilmiy rahbar: Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich filologiya  fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01  . 
Rasmiy opponentlar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Tursunov Yusuf,   filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.     
Yetakchi tashkilot:      O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Dilafgor ilmiy biografiyasi va adabiy merosiga oid birlamchi manbalarni aniqlash, asarlarini qo‘lyozma, toshbosma  va nashr nusxalari matni bilan qiyosiy tadqiq etish, shoirning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rnini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Respublikamizning turli fondlarida va avlodlari qo‘lida saqlanayotgan Dilafgor biografiyasiga oid manbalar aniqlanib, shoir tavalludi, ta’limi, oilaviy ahvoli, davradoshlari haqida ma’lumotlar oydinlashtirilib, shoir ilmiy biografiyasi tiklangan; 
ijodkor lirik asarlari qo‘lyozma va toshbosma hamda nashr nusxalarining matniy qiyosi natijasida matniy tafovutlar aniqlanib, shoirning hanuzgacha ilmiy jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan 10 dan ortiq she’rlari aniqlangan va ilmiy istifodaga olib kirilgan;
shoirning “Qissai Zufunun”, “Marsiyalar daftari”  asarlari birlamchi manbalar asosida ilk marta ilmiy istifodaga olib kirilgan va manbalari matnining qiyosiy tahlili natijasida mazkur asarlarning tuzilishi va ilmiy qiymati misollar asosida dalillangan;   
Dilafgor she’rlarining hajmi, janrlari, mavzu ko‘lami aniqlanib, ular badiiyatini ta’minlagan turli xil badiiy tasviriy vositalardan shoirning foydalanish mahorati ilmiy  asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mulla Bo‘ri Dilafgor biografiyasi, devoni, “Marsiyalar daftari” va “Qissai Zifunun” asarlari tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
respublikamizning turli fondlari va avlodlari qo‘lida saqlanayotgan Dilafgor biografiyasiga oid manbalardan aniqlanib tiklangan shoir tavalludi, ta’limi, oilaviy ahvoli, davradoshlari haqidagi, shuningdek, ijodkor lirik asarlari qo‘lyozma va toshbosma hamda nashr nusxalarining matniy qiyosi natijasida aniqlangan matniy tafovutlar, shoirning ilmiy jamotchilikka ma’lum bo‘lmagan 10 dan ortiq she’rlari aniqlanganligiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan  PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti  2025-yil 1-dekabrdagi 04/1-5748-son ma’lumotnomasi). Natijada, Dilafgor biografiyasi va asarlarining manbasini aniqlash va matniy tadqiq etish bilan bog‘liq yangi faktlardan elektron platforma materiallarini tayyorlashda foydalanilgan;
Dilafgor she’rlarining hajmi, janrlari, mavzu ko‘lami va badiiyatini ta’minlagan turli xil badiiy tasviriy vositalardan mahorat bilan foydalanganligiga oid ilmiy asoslangan nazariy xulosalardan 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan IL-52 tur-21091433. O‘zbek realiyalariga oid maqolalar bazasi platformasini yaratish (Wikipedia elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida) mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 1-dekabrdagi 04/1-5750-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Dilafgor she’rlarining hajmi, janrlari, mavzu ko‘lami va badiiyatiga oid ilmiy asoslangan nazariy xulosalardan elektron platforma yaratishda foydalanilgan;
shoirning “Qissai Zufunun”, “Marsiyalar daftari” asarlari birlamchi manbalar asosida ilk marta ilmiy istifodaga olib kirilgani hamda manbalari matnining qiyosiy tahlili natijasida asarlarning tuzilishi va ilmiy qiymatiga oid yangi ilmiy ma’lumot va xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan IL-402104474 raqamli “Bolalar adabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish nomli innovatsion loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 1-dekabrdagi 04/1-5749-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Qissai Zufunun”, “Marsiyalar daftari” asarlarining tuzilishi va ilmiy qiymatiga oid ilmiy materiallar bilan elektron platforma materiallari boyitilgan;
Dilafgor she’rlarining hajmi, janrlari, mavzu ko‘lami aniqlanib, ular badiiyatini ta’minlagan turli xil badiiy tasviriy vositalardan shoirning foydalanish mahorati ilmiy  asoslanganiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Mahalla” telekanali ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“Mahalla” teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 11-noyabrdagi 02-16-274-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuvlar orqali Dilafgor she’rlarining hajmi, janrlari, mavzu ko‘lami,  badiiyati xususida yangi ilmiy ma’lumotlar ko‘rsatuv ilmiy saviyasini oshirgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish