To‘xtaeva Dilafruz Ashurovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“O‘zbek tilida darajalanishning yondosh hodisalarga munosabati (O‘zbek xalq maqollari misolida)”. 10.00.01 ‒ O‘zbek tili
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.2.PhD/Fil6026
Ilmiy rahbar: Jo‘raeva Bibish Muxsinovna filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/2025.27.12.Fil.08.07
Rasmiy opponentlar: Renessans ta’lim universiteti professori, filologiya fanlari doktori (DSc) Yusubova Ra’no Norboevna, Qo‘qon davlat universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori (DSc) Madrahimov Ilhomjon Sobirovich.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek xalq maqollari asosida darajalanishning boshqa semantik kategoriya hamda turlarga munosabatini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon hamda o‘zbek tilshunosligida darajalanishning nazariy tadqiqi atroflicha o‘rganilgan, daraja va darajalanishning nolingvistik hamda lingvistik ko‘rinishlari asoslangan;
maqollar misolida darajalanish va ekspressivlikning turlari, ya’ni intensivlik, baho, emotsionallik, obrazlilik o‘rtasidagi tafovutlar aniqlangan;
darajalanishning sinonimiya hamda antonimiya bilan bo‘lgan munosabatiga aniqlik kiritilib, maqollar asosida dalillangan;
darajalanishning giponimiya va partonimiya bilan aloqadorligi, ular o‘rtasidagi o‘xshash hamda farqli jihatlar misollar yordamida isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yangi so‘z va atamalarning o‘zbekcha muqobili lingvistik tatqiqida darajalanish va unga yondosh hodisalar, jumladan, ekspressivlik, intensivlik, obrazlilik hamda baho xarakteriga ega bo‘lgan birliklarning lisoniy va nutqiy xususiyatlari, ularning maqollar misolidagi o‘ziga xos jihatlari, o‘zbek millati ongidagi dualistik dunyoqarashning lingvistik vositalarda namoyon bo‘lishi haqidagi muayyan xulosalarni ochib berishda ALM-202310132634 raqamli “Yangi so‘z va atamalarning o‘zbekcha muqobilini sun’iy intellekt asosida avtomatik taqdim qiluvchi atamacom.uz dasturiy ta’minoti platformasi va mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani (2022–2023-yy.) amalga oshirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2025-yil 11-iyundagi 908-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mobil ilovadagi nomlarni shakllantirishda ilmiy xulosalarga tayanilgan.
Darajalanishning semantik turlarga munosabati nazariy asoslab berilganligi, ulardagi o‘ziga xoslik, individuallik maqollar yordamida chuqur tahlil qilinganligi (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyat bo‘limining 2025-yil 27-maydagi 01/232-sonli ma’lumotnomasi) ma’naviyat targ‘ibotchilarining notiqlik mahoratini yanada oshirishga imkon yaratdi.
Amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar natijasidan o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi o‘rni va nufuzini oshirishga qaratilgan tadbir va boshqa loyihalarda keng foydalanilgan (Buxoro viloyati hokimligining 2025-yil 20-maydagi 11/1180-sonli xati). Natijada darajalanish xususiyatiga ega maqollarning tilda qo‘llanilishi hamda gradatsiyaning boshqa yondosh hodisalardan asosiy farqlari haqidagi ilmiy xulosalardan foydalanish orqali tadbirlarning samaradorligiga erishildi.
Darajalanish xususiyatini o‘zida namoyon etuvchi maqollarning tilda qo‘llanilishi hamda gradatsiyaning ekspressivlik, intensivlik, baho kabi kategoriyalardan asosiy farqlari va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha O‘zbekiston teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat televideniyasi “Assalom Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza” ko‘rsatuvlarining 2025-yil yanvar, fevral, mart sonlaridagi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “Buxoro” telekanalining 2025-yil 29-apreldagi №01-09-54-son ma’lumotnomasi). Bu orqali ushbu ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va ular yangi ma’lumotlar bilan takomillashgan.