Navruzova Muyassar Gaybullaevnaning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): O‘zbek tili ixtisosligida “Tibbiy birliklarning leksikografik tadqiqi” 10.00.01 – (o‘zbek tili)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc /Fil746
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari doktori (DSc), professor G‘aybullaeva Nafisa Izatullaevna
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/2025.27.12.Fil.08.07.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Xo‘jamurod Jabborovich filologiya fanlari doktori, professor; Hamroeva Hulkar Hamidullaevna filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Axmedova Dildora Bahodirovna filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiyotga oid birliklarning ilmiy asoslangan,
amaliy qo‘llanmali va kommunikativ faol bo‘lgan tibbiy lug‘aviy tizimini
shakllantirish va leksikografik tavsifini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
termin-atama-tushuncha istilohlarining o‘xshash va farqli tomonlari, tibbiy birliklarni o‘zbek tilida paydo bo‘lish davridan to hozirgi kunga qadar tadrijiy rivojlanish qonuniyatlari, boshqa tillar bilan munosabati va bu jarayonlarga bevosita ta’sir o‘tkazgan olimlar asarlari, lug‘atlardan foydalanilgan; anatomik; klinik; farmatsevtik birliklarning xususiyatlari aniqlangan;
o‘zbek tilida tibbiy birliklarning shakllanishi, taraqqiyot usuli, terminlashishida tizimlilik, izchillik, polifunksionallik, o‘z terminologik maydonidagi monosemiklikka moyillik, ekpressiya, stilistik betaraflik xususiyatlari hamda affiksatsiya, kompozisiya, abbreviaturalar o‘zlashmalar orqali derivatsion mazmun kasb etishi aniqlangan;
tibbiy birliklarni boyishida so‘z o‘zlashtirish, internatsional leksika, tibbiy metafora, tibbiy metonimiya, tibbiy eponim, tibbiy ko‘chimlar, tibbiy toponimlar ular leksik-semantik maydonini hosil qilishda, denotat yoki signifikat semalari orqali ma’no kengayishi yoki torayishi, omonimiya, sinonimiya, antonimiya kabi paradigmatik munosabatlar isbotlangan;
tibbiy terminlar tizimining sinonimiya hodisasida ekvivalent sinonimlar samaradorligi aniqlanib, boshqa tilda tasniflangan ekvivalent (sifat+ot) atamali tarkib bo‘lsa, o‘zbek tilida (ot+fe’l) birikmasi unumdorligi hamda ularning almashtirish “bir xil leksemalarning takrorlanishi” aniqlashtirish (ma’lumotni aniq etkazish), stilistik (aniqligi va neytralligi) ekspressivlik (uslubiy bo‘yoqdorlik) funksiyalari dalillangan;
o‘zbek tili tibbiy birliklarida lotin, yunon, fransuz, nemis, italyan kabi tillardan olingan so‘zlarning o‘zbek tilida termin sifatida qo‘llanishi, 5 jildli O‘TILda berilgan tibbiyotga oid birliklarning genetik tahlilida o‘z qatlam terminlari – 14%; arab: 2%; fors: 1,4%; lotin: 13,2%; yunon: 37,6%; ingliz: 1,4%; fransuz: 1,8%; italyan: 0,4%; nemis: 1,07%; rus: 0,7%; qismlaridan biri boshqa, ikkinchisi boshqa tilga oid murakkab genetik xususiyatga ega birliklar: 4,7%.ni tashkil qilganligi asoslanilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiy birliklarni o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
termin-atama-tushuncha istilohlarining o‘xshash va farqli tomonlari, tibbiy birliklarni o‘zbek tilida paydo bo‘lish davridan to hozirgi kunga qadar tadrijiy rivojlanish qonuniyatlari, boshqa tillar bilan munosabati va bu jarayonlarga bevosita ta’sir o‘tkazgan buyuk mutafakkirlarimiz asarlari, lug‘atlardan foydalanilgan anatomik; klinik; farmatsevtik birliklarning xususiyatlariga oid xulosalardan FZ-2019081773 raqamli “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimediya mahsulotlari to‘plamini (elektron lug‘atlar) yaratish” mavzusidagi fundamental loyihada dissertatsiya ilmiy natijalaridan (2021-2023-yy) foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025-yil 3-iyundagi 01/04-243-sonli ma’lumotnomasi). Natijada elektron lug‘atlar yaratishda dissertatsiya xulosalariga tayanilgan;
o‘zbek tilida tibbiy birliklarning shakllanishi, taraqqiyot usuli, terminlashishida tizimlilik, izchillik, polifunksionallik, o‘z terminologik maydonidagi monosemiklikka moyillik, ekpressiya, stilistik betaraflik xususiyatlari hamda affiksatsiya, kompozisiya, konversiya, abbreviaturalar o‘zlashmalar orqali derivatsion mazmun kasb etishiga oid xulosalardan PZ-202005236-raqamli “Oila psixologiyasi fanidan multimediya mahsulotini yaratish” mavzusidagi innovatsion-tadqiqot loyihani amalga oshirishda dissertatsiya ilmiy natijalaridan (2021-2022-yy) foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2025-yil 2-iyuldagi 01-4230 sonli ma’lumotnomasi). Natijada oilada salomatlikni rivojlantirishda psixologik tamoyillar ishlab chiqilgan;
tibbiy birliklarni boyishida so‘z o‘zlashtirish, internatsional leksika, tibbiy metafora, tibbiy metonimiya, tibbiy eponim, tibbiy ko‘chimlar, tibbiy toponimlar ular leksik-semantik maydonini hosil qilishda, denotat yoki signifikat semalari orqali ma’no kengayishi yoki torayishi, omonimiya, sinonimiya, antonimiya kabi paradigmatik munosabatlarga oid olingan ilmiy natijalardan 2024-2025-yillarda O‘ZMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan va muallif bilan suhbatlar uyushtirilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasi”ning 2025-yil 13-iyundagi 26-36-1006-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tibbiy madaniyat bilan bog‘liq leksik tizim shakllanishiga manba bo‘lgan;
“tibbiy terminlar tizimining sinonimiya hodisasida ekvivalent sinonimlar samaradorligi aniqlanib, boshqa tilda tasniflangan ekvivalent (sifat+ot) atamali tarkib bo‘lsa, o‘zbek tilida (ot+fe’l) birikmasi unumdorligi hamda ularning almashtirish “bir xil leksemalarning takrorlanishi” aniqlashtirish (ma’lumotni aniq etkazish), stilistik (aniqligi va neytralligi) ekspressivlik (uslubiy bo‘yoqdorlik) funksiyalari Oliy ta’limning “Tabiiy fanlar: matematika va statistika” ta’limi yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar uchun yaratilgan “O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi” nomli darsligida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli buyruq, 438477-raqamli nashr ruxsatnomasi, Buxoro davlat universitetining 2025-yil 2-iyuldagi 01-4221 sonli ma’lumotnomasi). Natijada leksikologiya va morfologiya oid mashqlar bajarishda kodlar bilan o‘quv adabiyotlar takomillashtirilgan.