Yadgarova Dinara Baxodirovnaning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlarda jismoniy tarbiya vositalari orqali talabalarni valeologik madaniyatini shakllantirish mexanizmi”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped4944. 
Ilmiy rahbarlar: Yarashev Komiljan Dexkanovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Xodjaniyazov Sardor Umarovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.28/2025.27.12.Ped.01.01.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratilla Inoyatovich  biologiya fanlari doktori, professor; Raximov Vladimir Shavkatovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlarda jismoniy tarbiya vositalari orqali talabalarni valeologik madaniyatini shakllantirish mexanizmi bo‘yicha  dastur ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy ta’lim muassasasi talaba qizlarining dardan tashqari mashg‘ulotlarida chidamlikni oshirish uchun yuklamalarga moslashish, funksional imkoniyatlarni kengaytirish, harakat faoligi va yuklama intensivligini oshirish, tiklanish hamda sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan to‘rt uslubiy blokni ishlab chiqish xisobiga jismoniy tayyorgarligini barqaror o‘sish ko‘rsatkichlari yaxshilangan;
oliy ta’lim muassasasi talaba qizlarining dardan tashqari mashg‘ulotlarida ish qobilyatini oshirishga qaratilgan aerobika va fitnes mashqlar kompleksini talaba qizlarning jismoniy harakatiga nisbatan darajasi bo‘yicha tizimli texnologik modelni ishlab chiqish hisobiga sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlarni rejalashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
talabalarda valeologik madaniyatni takomillashtirishga qaratilgan zamonaviy didaktik yondashuvlarga asoslangan mashg‘ulotlarning metodik imkoniyatlaridan samarali foydalanishning pedagogik texnologiyalari maqsadli, diagnostik, motivatsion, innovatsion faoliyatli, refleksiv-tahliliy komponentlar va usullarni jismoniy rivojlanishiga ko‘ra qo‘llash hisobiga talabalarning salomatlik darajasi yaxshilangan;
talabalarda valeologik madaniyatni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslarini tadqiq qilishda o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik omillar hamda aksiologik, akmeologik konseptual-paradigmali yondashuvlarni darsdan tashqari sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlarda qo‘llash hisobiga talabalarining voleologik bilim, ko‘nikma va malakalari oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalar valeologik madaniyatini rivojlantirish jarayonini takomillashtirishning samarali pedagogik mexanizmlarini ishlab chiqishga qaratilgan tadqiqotlar davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasasi talaba qizlarining dardan tashqari mashg‘ulotlarida chidamlikni oshirish uchun yuklamalarga moslashish, funksional imkoniyatlarni kengaytirish, harakat faoligi va yuklama intensivligini oshirish, tiklanish hamda sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan to‘rt uslubiy bloki bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 
22 dekabrdagi 537-sonli buyrug‘iga asosan 537091-raqamli guvohnoma). Natijada,  talabalarning valeologik madaniyati darajasi 19% ga oshgan; 
oliy ta’lim muassasasi talaba qizlarining dardan tashqari mashg‘ulotlarida ish qobilyatini oshirishga qaratilgan aerobika va fitnes mashqlar kompleksini talaba qizlarning jismoniy harakatiga nisbatan darajasi bo‘yicha tizimli texnologik modeli bo‘yicha taklif va tavsiyalar Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2025-yil 17-dekabrdagi 02-16/13902-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning valeologik madaniyatni rivojlantirishga oid bilimlari 28% ga oshgan;
talabalarda valeologik madaniyatni takomillashtirishga qaratilgan zamonaviy didaktik yondashuvlarga asoslangan mashg‘ulotlarning metodik imkoniyatlaridan samarali foydalanishning pedagogik texnologiyalari maqsadli, diagnostik, motivatsion, innovatsion faoliyatli, refleksiv-tahliliy komponentlar va usullarni jismoniy rivojlanishiga ko‘ra qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Buxoro davlat universiteti o‘quv jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar  vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-sonli buyrug‘iga asosan 55271-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarning jismoniy tayyorgarligi darajasi 24,5% ga oshgan;
talabalarda valeologik madaniyatni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslarini tadqiq qilishda o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik omillar hamda aksiologik, akmeologik konseptual-paradigmali yondashuvlarni darsdan tashqari sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat universiteti o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar  vazirligining 2024-yil 
4-martdagi 55-sonli buyrug‘iga asosan 55271-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarning jismoniy rivojlanganlik darajasi 5,2% ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish