Buranova Dilafruz Djamaldinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitishga sohaviy va amaliy yondashuvning konseptual asoslari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Ped177.
Ilmiy maslahatchi: Bakieva Gulandom Hisomovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ikromxonova Feruza Ikromovna, filologiya fanlari doktori, professor; Sabirona Gulnoza Sadikovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Raximov Bog‘ibek Karimboevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: tibbiyot OTMlari bakalavriatura quyi bosqich talabalarini ingliz tiliga o‘qitish uchun sohaviy va amaliy yondashuvga asoslangan konseptual asoslarni rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak shifokorlarning lingvo-kompetentligini rivojlantiruvchi innovatsion ESP konsepsiyasi mutaxassislik fanlariga integratsiyalashgan sohaviy-amaliy kontekstdagi AL-Med (Active Learning in Professional Medicine) faol ta’lim usuliga ko‘ra tibbiy mutaxassislik fanlariga integratsiyalashgan sohaviy-amaliy kontekstdagi didaktik strategiyaning kommunikativ aspektlar va tibbiy-lingvostrategik o‘quv kontentini funsional (kognitiv-kommunikativ) faollashtirish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak shifokorlar uchun kasbiy ingliz tili ta’limining polikomponent tizimi klinik amaliyot (poliklinika, shifoxona) sharoitida tibbiy-lingvistik meta-kompetensiyalarni mutaxassislik standartlari bilan lingvistik komponentlarning amaliy-kommunikativ konsensusini shakllantiruvchi “til-kasb integratsiyasi” kontekstida rivojlantirishga yo‘naltirilgan lingvodidaktik adaptatsiya jarayoni hamda interaktiv-kommunikativ sinergiya asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak shifokorlarni tayyorlashda quyi bosqich (bakalavriat) talabalari uchun ingliz tili kursining diskursiv-ierarxik dinamikasi pedagogik faoliyatning kombinator transformatsiyasini tibbiy oliy ta’limning keyingi pog‘onalari (ordinatura – murakkab klinik muloqot / magistratura – ilmiy-tadqiqot kommunikatsiyasi) kesimidagi til malakalari uchun fundamental asoslar hamda sohaviy-amaliy kontekstagi didaktik me’yorlar bilan kognitiv-pragmatik aspektda tizimli muvofiqlashtirish orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak shifokorlar uchun tibbiy e-ESP modeli multimodal ta’limiy muhitda raqamli ta’lim texnologiyalari va immersiv algoritmlar vositasida kasbiy kommunikatsiyaning metalingvistik (til qoidalarini anglash) va lingvopragmatik (kontekstual muloqot) interpretatsiyasi hamda interfaol lingvo-axborot o‘quv formatidagi AL-Med faol ta’lim usullariga asoslangan kollaborativ nutq faollashuvi dinamikasini ochib berish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak shifokorlarni tayyorlashda qisqa muddatli ingliz tili kursini intensifikatsiya qilish amaliyotining samaradorligi ta’limni lingvo-evristik optimallashtirish va generativ-ratsional loyihalashtirish asosida lingvo-kasbiy yo‘naltirilgan “soha – amaliyot – ingliz tili” tizimining kompleksli integratsiyasi hamda funksional-metodologik evolyusiyani ta’minlovchi universal innovatsion-metodik konseptlarning kognitiv-mustaqil darajalariga ko‘ra isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tibbiyot OTMlarida ingliz tilini o‘qitishga sohaviy va amaliy yondashuvning konseptual asoslarini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak shifokorlarning lingvo-kompetentligini rivojlantiruvchi innovatsion ESP konsepsiyasi mutaxassislik fanlariga integratsiyalashgan sohaviy-amaliy kontekstdagi AL-Med (Active Learning in Professional Medicine) faol ta’lim usuliga ko‘ra tibbiy mutaxassislik fanlariga integratsiyalashgan sohaviy-amaliy kontekstdagi didaktik strategiyaning kommunikativ aspektlar va tibbiy-lingvostrategik o‘quv kontentini funsional (kognitiv-kommunikativ) faollashtirish orqali takomillashtirilishi borasidagi ilmiy taklif va tavsiyalar Qozogʻiston Milliy tibbiyot universitetining “Davolash ishi”, “Umumiy tibbiyot”, “Pediatriya” ta’lim yoʻnalishlari bakalavriat talabalariga ingliz tilini o‘qitishning uslubiy faoliyatiga tatbiq etilgan (S.D. Asfendiyarov nomidagi Qozogʻiston Milliy tibbiyot universitetining 2024-yil 12-apreldagi 81E669DE9F8941902430-09-03-01-22-09 son ma’lumotnomasi). Natijada tibbiyot uchun ESPni o‘qitish strategiyasi ishlab chiqilgan hamda sohaviy va amaliy yondashuvga asoslangan til ta’limi ommalashtirilgan;
bo‘lajak shifokorlar uchun kasbiy ingliz tili ta’limining polikomponent tizimi klinik amaliyot (poliklinika, shifoxona) sharoitida tibbiy-lingvistik meta-kompetensiyalarni mutaxassislik standartlari bilan lingvistik komponentlarning amaliy-kommunikativ konsensusini shakllantiruvchi “til-kasb integratsiyasi” kontekstida rivojlantirishga yo‘naltirilgan lingvodidaktik adaptatsiya jarayoni hamda interaktiv-kommunikativ sinergiya asosida takomillashtirilishi mazmunidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Fan, ta’lim va innovatsiyalar boshqarmasi faoliyatida Qo‘shma ta’lim dasturlari doirasidagi o‘quv modullari va dasturlarini yaratishda unumli foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2024-yil 20-iyundagi 02-28/13509-son ma’lumotnomasi). Natijada bular tibbiyot sohasidagi amaliyot uchun ingliz tilidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlanlantirish uchun zarur manba sifatida xizmat qilgan;
bo‘lajak shifokorlarni tayyorlashda quyi bosqich (bakalavriat) talabalari uchun ingliz tili kursining diskursiv-ierarxik dinamikasi pedagogik faoliyatning kombinator transformatsiyasini tibbiy oliy ta’limning keyingi pog‘onalari (ordinatura – murakkab klinik muloqot / magistratura – ilmiy-tadqiqot kommunikatsiyasi) kesimidagi til malakalari uchun fundamental asoslar hamda sohaviy-amaliy kontekstagi didaktik me’yorlar bilan kognitiv-pragmatik aspektda tizimli muvofiqlashtirish orqali aniqlashtirilishi borasidagi tahlil natijalaridan Evropa Ittifoqining ta’lim dasturi grantiga oid Toshkent pediatriya tibbiyot institutida amalga oshirilgan ERASMUS + “Improvement of ChILDren care teaching as a template for upgrading medical education in Central Asia” dasturi asosidagi “Child C.A” xalqaro loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2024-yil 20-apreldagi 18/965-son ma’lumotnomasi). Natijada tibbiyot mutaxassislari uchun ingliz tilini o‘qitish metodikasini uzlyuksiz takomillashtirish, xalqarolashtirish, shuningdek, o‘quv-metodik va ilmiy manbalarni zamonaviy va qulay tarzda ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak shifokorlar uchun tibbiy e-ESP modeli multimodal ta’limiy muhitda raqamli ta’lim texnologiyalari va immersiv algoritmlar vositasida kasbiy kommunikatsiyaning metalingvistik (til qoidalarini anglash) va lingvopragmatik (kontekstual muloqot) interpretatsiyasi hamda interfaol lingvo-axborot o‘quv formatidagi AL-Med faol ta’lim usullariga asoslangan kollaborativ nutq faollashuvi dinamikasini ochib berish orqali takomillashtirilishi borasidagi xulosalardan Astana tibbiyot universitetining “Tibbiyot” va “Pediatriya” ta’lim dasturlari bo‘yicha 1-2-bosqich bakalavriatura talabalariga ingliz tilini o‘qitish jarayoni va amaliy faoliyatida foydalanilgan (Astana tibbiyot universitetining 2024-yil 15-maydagi 17.10/2581-son ma’lumotnomasi). Natijada tibbiyot OTMlarida kommunikativ ingliz tilining yangicha uslubiy yondashuvlari va standartlari belgilanib, elektron darsliklar va interfaol platformalar kabi raqamli resurslar asosidagi multimodal ta’lim muhitining kengaytirilgan va mobil tizimi yaratilgan;
bo‘lajak shifokorlarni tayyorlashda qisqa muddatli ingliz tili kursini intensifikatsiya qilish amaliyotining samaradorligi ta’limni lingvo-evristik optimallashtirish va generativ-ratsional loyihalashtirish asosida lingvo-kasbiy yo‘naltirilgan “soha – amaliyot – ingliz tili” tizimining kompleksli integratsiyasi hamda funksional-metodologik evolyusiyani ta’minlovchi universal innovatsion-metodik konseptlarning kognitiv-mustaqil darajalariga ko‘ra isbotlanishi xususidagi ilmiy-nazariy qarashlardan O‘zbekiston Respublikasi OTMlarida “Tibbiyotda ingliz tili” fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy bazani yaratish uchun ilmiy asoslangan metodologik tizim sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasarrufidagi Tibbiy ta’limda o‘quv resurslarini yaratish va rivojlantirish Markazining 2024-yil 19-iyundagi RM-35 son ma’lumotnomasi). Natijada sohaviy va amaliy yondashuvga asoslangan o‘qitishning yangilangan mazmunidagi “English in Medicine” darsligi respublikaning barcha (12) tibbiyot OTMlari uchun 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab asosiy darslik sifatida o‘quv jarayoniga joriy qilingan.