Berdialiev Bahodir Nazarovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani nemis tiliga tarjimalarining lingvokulturologik tadqiqi” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4597
Ilmiy rahbar: Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02.
Rasmiy opponentlar: Qarshibaeva Uljon Davirovna, filologiya fanlari doktori, professor, Ro‘ziev Yarash Bozorovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani nemis tiliga tarjimalarida lingvokulturologik birliklarning qayta ifodalanishini tahlil qilish, asliyat va tarjima matnlari o‘rtasidagi madaniy tafovutlar hamda adekvat tarjima mexanizmlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani misolida lingvokulturologik birliklarni nemis tiliga tarjima qilishda mahalliylashtirish (domestikatsiya) va xorijiylashtirish (forenizatsiya) yondashuvlari, shuningdek, transliteratsiya, parafraz, tavsifiy tarjima, modulyasiya, umumlashtirish va kalkalash kabi tarjima usullarining qo‘llanish chastotasi aniqlanib, ularning madaniy mazmunni etkazishdagi vazifaviy ustuvorlik darajasi ochib berilgan;
“O‘tkan kunlar” romanining nemis tiliga tarjimalarida etnografik realiyalar, frazeologik birliklar, diniy terminlar, milliy mentalitetga xos konseptlar hamda ijtimoiy-maishiy tushunchalarning ifodalanish xususiyatlari, milliy-madaniy yuklamasi va funksional ahamiyati aniqlangan;
“O‘tkan kunlar” romanidagi milliy-madaniy koloritli birliklar tarjimasida konkretizatsiya, generalizatsiya va madaniy adaptatsiya usullarining qo‘llanishi natijasida semantik torayish, kengayish va neytrallashuv hamda lingvokulturologik qatlamning qisman soddalashuvi yuzaga kelishi, biroq kommunikativ ekvivalentlikning saqlanishiga olib kelishi dalillangan;
diniy so‘zlar va realiyalarning (xufton namozi, joynamoz, Qur’on o‘qish, charlar, suyunchi kabi) nemis tiliga tarjimasida madaniy neytrallashtirish va domestikatsiyaning nisbatan ustunlik qilishi aniqlanib, bu holat asliyatdagi milliy-diniy koloritning susayishiga olib kelishi, islomiy va sharqona konseptlarning esa xristian madaniyatiga xos birliklar bilan almashtirilishi konfessional-semantik siljishlarni keltirib chiqarishi lingvokulturologik tafovut nuqtai nazaridan ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot jarayonida ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani misolida lingvokulturologik birliklarni nemis tiliga tarjima qilishda mahalliylashtirish va xorijiylashtirish yondashuvlari, shuningdek, transliteratsiya, parafraz, tavsifiy tarjima, modulyasiya, umumlashtirish va kalkalash kabi tarjima usullarining qo‘llanish chastotasiga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan ’’English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan (SamDChTIning 2025-yil 31-iyuldagi 2270/02-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda o‘zaro madaniy tafovutlarni tahlil qilish, global fikrlash va madaniyatlararo muloqot kompetensiyalarini rivojlantirishga hissa qo‘shilgan;
“O‘tkan kunlar” romanining nemis tiliga tarjimalarida etnografik realiyalar, frazeologik birliklar, diniy terminlar, milliy mentalitetga xos konseptlar hamda ijtimoiy-maishiy tushunchalarning ifodalanish xususiyatlari, milliy-madaniy yuklamasi va funksional ahamiyatining aniqlanishiga oid xulosalardan “Samarqand viloyat teleradiokanali” DMda 19-iyul kuni efirga chiqqan “Ta’lim va taraqqiyot” eshittirishining navbatdagi soni ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston MTRK Samarqand viloyat TRKning 2025-yil 29-iyuldagi 01-07/270-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tomoshabinlarning badiiy tarjima amaliyoti va tarjimaning lingvomadaniy xususiyatlari to‘g‘risidagi bilimlarini oshirishga erishilgan;
“O‘tkan kunlar” romanidagi milliy-madaniy koloritli birliklar tarjimasida konkretizatsiya, generalizatsiya va madaniy adaptatsiya usullarining qo‘llanishi natijasida semantik torayish, kengayish va neytrallashuv hamda lingvokulturologik qatlamning qisman soddalashuvi yuzaga kelishiga oid xulosalardan 2024-2025-yillarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida amalga oshirilgan “O‘zbekiston Respublikasi turizm obektlarining katalogini raqamlashtirishning turizm rivojlanishiga ta’sirini tadqiq etish” nomli amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 2025-yil 1-avgustdagi 1536-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallarining tarjimalarini amalga oshirishda ish samaradorligi va sifati oshirilgan;
diniy so‘zlar va realiyalarning nemis tiliga tarjimasida madaniy neytrallashtirish va domestikatsiyaning nisbatan ustunlik qilishi, bu holat asliyatdagi milliy-diniy koloritning susayishiga olib kelishi, islomiy va sharqona konseptlarning esa xristian madaniyatiga xos birliklar bilan almashtirilishi konfessional va semantik siljishlarni keltirib chiqarishi bo‘yicha olingan xulosalar, bundan tashqari, til – madaniyat – tafakkur uchligi asosida millatlararo muloqotda madaniy kodlarni etkazish mexanizmlari bo‘yicha olingan xulosalardan Meksika Milliy Avtonom Universitetida 2024-yil 11-16-noyabr kunlari tashkil etilgan “Uzbekistan: Cultural and Heritage Treasures” mavzusidagi ma’ruza va seminar-treninglarda keng foydalanilgan (Meksika Milliy Avtonom Universitetining 2024-yil 14-noyabrdagi sertifikati). Natijada tarjimonlar, madaniyatshunoslar va tilshunoslar uchun lingvokulturologik yondashuvni qo‘llash bo‘yicha amaliy ko‘rsatma bo‘lib xizmat qildi. Shuningdek, o‘zbek madaniy merosining xalqaro maydondagi tanilishi va tushunilishiga hissa qo‘shilgan.