Kamarova Maftuna Umar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak koreys tili o‘qituvchilarining o‘qish kompetensiyasini “Flipped Learning” metodi vositasida rivojlantirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va amaliyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped4488
Ilmiy rahbar: Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Ped.37.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildora Urinbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Xafizova Mashxura Aminovna, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak koreys tili o‘qituvchilarining o‘qish kompetensiyasini “Flipped Learning” metodini qo‘llash orqali rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘qish kompetensiyasining tarkibiy-komponentli va funksional modeli kompetensiyaviy, hamda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar asosida ishlab chiqilib, uning shakllanishiga ta’sir etuvchi “didaktik”, “metodik”, “psixopedagogik” omillar “uch blokli” integrativ tizim asosida tizimlashtirilishi natijasida ularning o‘zaro “maqsad va mazmun–jarayon–natija” uzviyligi ilmiy asoslangan;
bo‘lajak koreys tili o‘qituvchilarining o‘qish kompetensiyasini rivojlantirish maqsadida optimallashgan kognitiv yuklama modeli “interaktiv”, “hamkorlikda ishlash”, “muammoli o‘qitish”, “refleksiv faoliyat”, “o‘z-o‘zini baholash”, “axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” texnologiyalari integratsiyasi asosida ishlab chiqilishi o‘qish kompetensiyasining “kognitiv-faoliyatli” va “refleksiv-regulyativ” komponentlarining samaradorligini ta’minlashiga xizmat qilgan;
“Flipped Learning” metodini milliy ta’lim tizimiga “kompetensiyaviy”, “kredit-modul tizimi”, “differensial va aralash ta’lim” asosida “raqamli mikrodarslar”, “muammoli-amaliy topshiriqlar”, “kolloborativ faoliyat”, “refleksiv baholash”ga tayanuvchi interfaol-modulli pedagogik texnologiyaning didaktik integratsiya qilinishi talabalarning pedagogik modul asosida kontentni “kognitiv assimilyasiya qilishi”, “mustaqil o‘quv amaliyotini amalga oshirishi”, “interaktiv baholash”, “individual didaktik qayta aloqa” orqali o‘quv jarayonini metodik jihatdan optimallashtirishning samarali mexanizmi ekanligi amaliy isbotlangan;
e-School platformasi orqali modulli-kontent asosida video-ma’ruzalarni o‘zlashtirish, topshiriqlarni mustaqil bajarish, interaktiv testlar va individual didaktik qayta aloqa olish, sinxron onlayn mashg‘ulotlarda amaliy va muhokama faoliyatini tashkil etish orqali talabalarning o‘quv jarayonida faol ishtirokini oshirish va shu orqali “Flipped Learning”, “Blended Learning”, “Student-Centered Learning”, “Active Learning” kabi zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga integratsiyalash imkonini berishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tashkilotlarida ta’limda koreys tilini o‘qish kompetensiyasini “Flipped Learning” metodi vositasida rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘qish kompetensiyasining tarkibiy-komponentli va funksional tuzilmasi kompetensiyaviy hamda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar asosida ishlab chiqilganligi, uning shakllanishiga ta’sir etuvchi didaktik, metodik va psixopedagogik omillar “uch blokli” integrativ tizim asosida tizimlashtirilganligi hamda ularning “maqsad va mazmun – jarayon – natija” uzviyligi ilmiy jihatdan asoslab berilganligi haqidagi ilmiy xulosa, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida
2023–2025-yillarda amalga oshirilgan IL–27–4722022413-sonli “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish jarayonida foydalanildi (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining
2025-yil 5-sentyabrdagi 04-04-1/4990-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishga doir ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar “Komparativistika” elektron platformasi kontentini loyihalash va metodik jihatdan ta’minlashda nazariy-amaliy asos sifatida xizmat qildi;
bo‘lajak koreys tili o‘qituvchilarining o‘qish kompetensiyasini rivojlantirish maqsadida optimallashgan kognitiv yuklama modeli “interaktiv”, “hamkorlikda ishlash”, “muammoli o‘qitish”, “refleksiv faoliyat”, “o‘z-o‘zini baholash” va “axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” texnologiyalari integratsiyasi asosida ishlab chiqilishi o‘qish kompetensiyasining “kognitiv-faoliyatli” va “refleksiv-regulyativ” komponentlarining samaradorligini ta’minlashga xizmat qilganligi haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi huzuridagi Kasb-hunar o‘qituvchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (NTQTTI) tashabbusi bilan 2021–2024-yillarda Janubiy Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan xalqaro loyiha (“The Project for Establishment of Vocational Training Center in Urgench district of Khorezm region, Strengthening Capacity for Establishing the National Skills Testing and Certification System and Establishment of Teachers’ Training Center in Uzbekistan”) doirasida foydalanilgan (2025-yil 4-iyundagi 09-03/09-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xalqaro loyiha doirasida ta’lim jarayoni samaradorligi oshib, zamonaviy raqamli va interaktiv yondashuvlarga asoslangan mashg‘ulotlar o‘qish kompetensiyasining kognitiv-faoliyatli va refleksiv-regulyativ komponentlarini samarali rivojlantiruvchi barqaror pedagogik tajriba sifatida shakllandi;
“Flipped Learning” metodini milliy ta’lim tizimiga kompetensiyaviy, kredit-modul tizimi va differensial-aralash ta’lim asosida, raqamli mikrodarslar, muammoli-amaliy topshiriqlar, kolloborativ faoliyat va refleksiv baholashga tayanuvchi interfaol-modulli pedagogik texnologiya sifatida didaktik integratsiya qilinishi talabalarga pedagogik modul asosida kontentni kognitiv assimilyasiya qilish, mustaqil o‘quv amaliyotini amalga oshirish, interaktiv baholash va individual didaktik qayta aloqa orqali o‘quv jarayonini metodik jihatdan optimallashtirishning samarali mexanizmini ta’minlashini amaliy jihatdan isbotlanganligi haqidagi ilmiy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2022–2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh Davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan “English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 29-maydagi 1637/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur interfaol-modulli pedagogik texnologiya asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar talabalarning o‘quv kontentini kognitiv assimilyasiya qilish, mustaqil o‘quv amaliyotini bajarish, interaktiv baholash va individual didaktik qayta aloqa orqali o‘quv jarayonini samarali optimallashtirishga xizmat qiluvchi barqaror pedagogik tajriba sifatida shakllandi;
e-School platformasi orqali modulli-kontent asosida video-ma’ruzalarni o‘zlashtirish, topshiriqlarni mustaqil bajarish, interaktiv testlar va individual didaktik qayta aloqa olish, shuningdek, sinxron onlayn mashg‘ulotlarda amaliy va muhokama faoliyatini tashkil etish orqali talabalarning o‘quv jarayonida faol ishtirokini oshirish hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlar - “Flipped Learning”, “Blended Learning”, “Student-Centered Learning”, “Active Learning”ni amaliyotga integratsiyalash imkonini beruvchi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyati teleradiokanali tomonidan
2025-yil 20-may kuni “Samarqand” radiokanalida efirga uzatilgan “Kun mavzusi” eshittirishining ssenariysi tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyati teleradiokanali,
2025-yil 23-may, 01-07/195-sonli ma’lumotnoma). Natijada, ushbu ma’lumotlar “Kun mavzusi” eshittirishining ssenariy mazmunini ishlab chiqishda metodik asos sifatida qo‘llanilgan.