Hojieva Nafosatxon Ilhom qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hozirgi zamon nemis tilida ajratish hodisasining gapni semantik-sintaktik murakkablashtirish xususiyatlari” 10.00.04 – Evropa, Amerika va  Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3106
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari nomzodi, professor Begmatov Muxtor Begmatovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent Ro‘ziev Yarash Bozorovich;
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi zamon nemis tilida ajratish hodisasining gapni semantik-sintaktik murakkablashtirish xususiyatlarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
nemis tilshunosligida ajratish hodisasining lingvistik maqomi va voqealanishi, shuningdek, uning semantik-pragmatik hamda struktur-sintaktik mexanizm sifatidagi faoliyatini ilmiy-nazariy tizimlashtirilish asosida gapni semantik-sintaktik jihatdan murakkablashtirishga xos xususiyatlar aniqlangan; 
hozirgi zamon nemis tilida gapni murakkablashtiruvchi lisoniy vositalar va qurilmalar, jumladan, ajratilgan bo‘laklar va ularning sintaktik hamda semantik ahamiyati, mazkur struktur vositalarning funksional qo‘llanishi orqali gapning sintaktik tashkilida yuz beradigan transformatsiyalar va kengayish jarayonlari badiiy asarlardan olingan misollar vositasida tizimli ravishda yoritilgan;
hozirgi zamon nemis tilida badiiy matnlardan keltirilgan gaplarni ajratish hodisasi, parsellyasiya va ilova hodisasi kabi gapni murakkablashtiruvchi struktur vositalar yordamida asoslanishi, ushbu gaplar tuzilishining o‘zgarishi hamda ajratish hodisasining parsellyasiya va ilova konstruksiyalari bilan o‘zaro korrelyasiyasi ochib berilgan;
hozirgi zamon nemis tilida ajratish hodisasining diskursiv-pragmatik funksiyalari aniqlanib, ularning ma’lumotni ta’kidlash, axborotning aktual bo‘linishi (Aktualisierung der Satzglieder), yangilik kiritish, emotsional ohang yaratish va kommunikativ dinamika jarayonidagi ishtiroki asoslab berildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosalar, ishlanma hamda takliflar asosida:            
nemis tilshunosligida ajratish hodisasining lingvistik maqomi va voqealanishi, shuningdek uning ilmiy-nazariy tizimlashtirilishi asosida gapni semantik-sintaktik jihatdan murakkablashtirish xususiyatlariga doir xulosa va echimlardan O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi KA-3-007-raqamli “O‘zbekistonda fan va ta’lim integratsiyalashuvi jarayonining ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy, konseptual falsafiy muammolari tahlili” mavzusidagi amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 3-maydagi 04/11-5765-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada nemis tilshunosligida ajratish hodisasining o‘rni va tasnifi, uning gapni semantik-sintaktik murakkablashtirishdagi roli o‘rganilib, ushbu hodisa nemis tilining struktur va semantik xususiyatlarini chuqurroq anglashga yordam berishi, ajratilgan bo‘laklarning gapni murakkablashtiruvchi vosita sifatidagi sintaktik va semantik ahamiyati ko‘rsatilgan hamda ularning kommunikativ-pragmatik funksiyalarini tahlil qilish metodikasi ishlab chiqilgan;
hozirgi zamon nemis tilida gapni murakkablashtiruvchi lisoniy vositalar va qurilmalar, jumladan, ajratilgan bo‘laklar va ularning sintaktik hamda semantik ahamiyati, mazkur struktur vositalarning funksional qo‘llanishi orqali gapning sintaktik tashkilida yuz beradigan transformatsiyalar va kengayish jarayonlari badiiy asarlardan olingan misollar vositasida tizimli ravishda dalillanishiga doir mulohazalardan Samarqand viloyat teleradiokanalining 2025-yil 29-aprel kuni “Samarqand” radiokanalida efirga uzatilgan “Kun mavzusi” eshittirishi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan.  (Samarqand viloyat teleradiokanalining 2025-yil 2-maydagi 01-07/176-sonli ma’lumotnomasi). Natijada nemis tilida ajratish hodisasi gapni murakkablashtiruvchi struktur vosita sifatida tahlil qilinib, uning sintaktik, semantik va kommunikativ xususiyatlari aniqlangan. Tadqiqot natijalari ajratilgan bo‘laklar yordamida gap tuzilishining murakkablashuvi va ifoda aniqligining oshishiga xizmat qilishini ko‘rsatgan. Shuningdek, mazkur tadqiqot natijalari qiyosiy tilshunoslik fanining rivojlanishiga hissa qo‘shishi, xususan, tillarning sintaktik va semantik o‘ziga xosliklarini chuqurroq tushunishga yordam berishi haqidagi ilmiy xulosalar ilmiy izlanish olib borayotgan tilshunoslar va adabiyotshunoslar uchun muhim nazariy manba bo‘lib xizmat qilgan;
hozirgi zamon nemis tilida badiiy matnlardan keltirilgan gaplarni ajratish hodisasi, parsellyasiya va ilova hodisasi kabi gapni murakkablashtiruvchi struktur vositalar yordamida asoslanishi orqali ushbu gaplar tuzilishining o‘zgarishi hamda ajratish hodisasining parsellyasiya va ilova konstruksiyalari bilan o‘zaro korrelyasiyasini ochib berishiga doir mulohazalardan Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan, Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi va Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan “English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 
2-maydagi 1340/02-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada nemis tilidagi ajratilgan bo‘laklar, mustaqil sintaktik birliklar kabi ajratish konstruksiyalari yordamida murakkab gaplarni shakllantirish va ularning kommunikativ vazifalarini to‘g‘ri anglashni o‘rgatish, gap ichida ajratilgan strukturaviy birliklarning semantik yukini oson va aniq etkazish uchun metodik materiallar ishlab chiqish, nemis tilining hozirgi zamondagi sintaktik tendensiyalari (masalan, ajratish vositasida matnning uslubiy boyitilishi) asosida tilshunoslik savodxonligini oshirish, o‘quv kurslarida nemis tilida matn tuzilmasini murakkablashtirish mexanizmlarini o‘rgatishga qaratilgan yangi dars modullarini ishlab chiqish imkonini bergan;
hozirgi zamon nemis tilida ajratish hodisasining diskursiv-pragmatik funksiyalari aniqlanib, ularning ma’lumotni ta’kidlash, axborotning aktual bo‘linishi (Aktualisierung der Satzglieder), yangilik kiritish, emotsional ohang yaratish va kommunikativ dinamika jarayonidagi ishtirokiga oid mulohazalardan  Alliance Samarkand (Alliance Samarkand NTT ning 23-may 2025-yildagi №4-sonli ma’lumotnomasi)  tomonidan amalga oshirilayotgan nemis tili ta’limi loyihalarida foydalanilgan. Natijada gapni murakkablashtiruvchi sintaktik qurilmalar, ajratilgan bo‘laklarning kommunikativ maqsad va funksiyalari, semantik va pragmatik xususiyatlari til kurslari metodikasi va nazariy modullarini ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish