Kurbanova Feruza Ilxamovnaning filologiya fanlari  doktori  (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek intellektual-falsafiy romanlari poetikasi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Fil792
Ilmiy rahbar: Damin To‘raev, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti
IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05. 
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Azimidin Nasirov va  filologiya fanlari doktori, professor Islomjon Yoqubov, filologiya fanlari doktori, professor  Marhabo Qo‘chqorovalar.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 

II. Tadqiqotning maqsadi jahon adabiyotshunosligidagi intellektual-falsafiy romanga oid qarashlar va fikr-mulohazalarni umumlashtirish asosida janrning mazkur modifikatsion ko‘rinishini nazariy tavsiflash, shuningdek, o‘zbek romanlaridagi mifologik, ilm-fan yutuqlarini badiiy ifoda etuvchi intellektual-falsafiy roman istiqbollarini nazariy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

jahon adabiyotida “intellektual roman” atamasini birinchi bor ilmiy muomalaga kiritgan va uning dastlabki namunalarini yaratgan nemis adibi Tomas Mann ijodida intellektual-falsafiy roman tipining asosiy janriy va poetik xususiyati dalillandi; 
jahon va o‘zbek adabiyotshunosligida intellektual-falsafiy romanning nazariy muammolari, tarixiy-modifikatsion ko‘rinishiga xos umumiy tavsif belgilari qiyoslandi;
o‘zbek intellektual romanining genezisi, uning muayyan tarixiy davrda shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan sabab va omillar ilmiy asosda asoslangan;
Omon Muxtor, Isajon Sulton va Abduhamid Ismoilov kabi yozuvchilar tomonidan yaratilgan intellektual-falsafiy romanlarni ilmiy tadqiq etish asosida  o‘zbek adabiyotida intellektual-falsafiy roman rivojining istiqbollari ko‘rsatilgan; 
o‘zbek adabiyotida yaratilgan intellektual-falsafiy romanlarda mifopoetika, uydirma makon, intertekstuallik, tarixning falsafiy-plyuralistik idrok  va uning yangicha badiiy talqinlari, ilm-u fan yutuqlarining badiiy-intellektual interpretatsiyasi, shuningdek, zamonaviy taraqqiyot  hamda  insoniyat taqdiriga oid futurologik qarashlar, adabiyot va hayot dialektikasi, zamonaviy insonning ma’naviy-axloqiy qiyofasi,  borliq va o‘z Yaratuvchisiga munosabati borasidagi adabiy-estetik qarashlar va ijodkor individual mahorat muammolari isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  O‘zbek adabiyotida intellektual-falsafiy roman tipi, uning belgilari va asosiy tamoyillariga doir olingan ilmiy natijalar asosida:
jahon va o‘zbek adabiyotida intellektual-falsafiy roman, uning nazariy asoslari, tarixiy modifikatsion ko‘rinishiga xos belgilar, Tomas Mann ijodida intellektual-falsafiy roman tipining asosiy janriy va poetik xususiyatiga doir nazariy qarashlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2023-yilda bajarilgan  “Qoraqalpoq folklorida olamning etnolingvistik tasviri” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Qoraqalpoq Gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 15.10 ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotning adabiyotshunoslikning nazariy muammolariga doir yangi ilmiy qarashlar asoslanishiga erishilgan;
zamonaviy adabiyotda intellektual-falsafiy roman ko‘rinishlari milliy adabiy jarayonda Omon Muxtor, Isajon Sulton,  shuningdek, xorijda yashayotgan o‘zbek adibi Abduhamid Ismoil tomonidan yaratilgan intellektual romanlariga oid ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zbekistondagi Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan 2021-2024-yillarga mo‘ljallangan O‘A-21-24 raqamli “Turkiy xalqlar, o‘zbek-ozarbayjon adabiy-madaniy aloqalar” mavzusidagi fundamental loyihasidafoydalanilgan (O‘zbekistondagi Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazining  2025-yil, 02-dekabrdagi  № 157/AZE ma’lumotnomasi). Natijada adabiy ta’sir va adabiy aloqa hodisalari, bir ijodkoming keyingi davr adabiyotiga ta’siri, an’ana va ijodiy vorisiylik masalalariga doir nazariy qarashlarga xizmat qilgan;
o‘zbek adabiyotshunosligida intellektual-falsafiy romanlarda mifopoetika, uydirma makon, intertekstuallik asoslari aniqlanib, ilm-u  fan yutuqlarining badiiy intellektual zamonaviy taraqqiyot mezonlarni ishlab chiqilganiga doir xulosalardan 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258. “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 9-dekabrdagi №04/1-5899-sonli ma’lumotnomasi). Natijada intellektual-falsafiy romanlarga doir nazariy qarashlar asosida o‘zbek adabiyotining ko‘p tilli elektron platformasi ma’lumotlarini boyitishga erishilgan;
o‘zbek adabiyotida yaratilgan  intellektual-falsafiy romanlarda   zamonaviy taraqqiyot va falsafa uyg‘unligi, uning poetik ahamiyatiga doir nazariy qarashlardan Oliy majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan  “Jadidlarning jamiyat huquqiy madaniyatini shakllantirishga ta’siri” nomli davlat amaliy loyihasida foydalanilgan. (“Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazining ML 01/01-82-son 2025-yil 26-sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada XX asrning boshlarida tarixiy romanning modifikatsiyaga uchrashi, hozirgi o‘zbek adabiyotida yaratilgan intellektual-falsafiy romanlarda tasvirga olingan qahramonlar xarakteri misolida huquqiy madaniyatni shakllantirishga doir metodik ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan; 

Yangiliklarga obuna bo‘lish