Raximova Gulbaxor Karshibaevna
 fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ta’lim va o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqish metodikasini takomillashtirish” (Bolalar adabiyoti fani misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (O‘zbek adabiyoti).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Fil559. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa:  Samarqand davlat pedagogika instituti.
Ilmiy maslahatchi: Axmedova Maloxat Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, Toshkent amaliy fanlar universiteti professori. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Seytkasimov Dauletnazar Beknazarovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent Hoshimxonov Mo‘minxon, pedagogika fanlari doktori (DSc), prof.v.b. Kambarova Saodat Irkinovna.  
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida “Bolalar adabiyoti” fani bo‘yicha o‘quv va mustaqil ta’lim topshiriqlarini nazariy va metodik asoslarini takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:  
bolalar adabiyoti ta’limida mustaqil ta’lim va o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqish metodikasining konseptual, nazariy va metodologik asoslari zamonaviy pedagogik paradigma doirasida kompetensiyaviy, tizimli va integrativ yondashuvlar hamda zamonaviy didaktika, raqamli pedagogika va ta’limni individuallashtirish tamoyillari bilan asoslangan ilmiy-nazariy poydevor sifatida takomillashtirilgan;
“Bolalar adabiyoti” fani bo‘yicha o‘quv va mustaqil ta’lim topshiriqlarining integrativ modeli adabiy ta’lim tizimida pragmatik yo‘nalishga ega topshiriqlarning o‘rni va funksional ahamiyatini bosqichma-bosqich moslashtirish asosida talabalarda badiiy asar mazmunini anglash, uning g‘oyaviy mohiyatini ochib berish hamda ta’limning ijodiy maqsadlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan metodika sifatida takomillashtirilgan;
o‘quv va mustaqil ta’lim topshiriqlarini ishlab chiqish konsepsiyasi ilmiy jihatdan asoslanib, ularning didaktik-metodik funksiyalari aniqlashtirilgan holda mazmuni va tuzilishi jihatidan o‘ziga xos bo‘lgan “Bolalar adabiyoti” fani bo‘yicha yangi avlod darsligi ishlab chiqildi hamda ushbu yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ faolligini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv va mustaqil ta’lim topshiriqlaridan foydalanish metodikasi takomillashtirilgan;
adabiy ta’limni til o‘qitish jarayoni bilan uzviy integratsiyalash asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy, kommunikativ va kreativ kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmi badiiy matn bilan ishlashning bosqichma-bosqich tashkil etilishi, interfaol va dialogik metodlardan foydalanish, nutq faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik texnologiyalar hamda mustaqil ta’lim faoliyatini loyihalash vositalarining o‘zaro uyg‘unligi asosida ilmiy jihatdan aniqlashtirilgan;
bolalar adabiyoti fanini o‘qitishda ishlab chiqilgan metodikaning samaradorligi ko‘p bosqichli pedagogik tajriba-sinovlar, ta’lim monitoringi va diagnostik baholash natijalari asosida empirik jihatdan asoslanib, statistik va sifat tahlili orqali aniqlangan ko‘rsatkichlarga tayangan holda kompetensiyaviy, integrativ va individuallashtirilgan ta’lim yondashuvlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga “Bolalar adabiyoti” fanidan mustaqil ta’lim va o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqishning ilmiy-metodik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
bolalar adabiyoti ta’limida mustaqil ta’lim va o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqish metodikasining konseptual, nazariy va metodologik asoslari zamonaviy pedagogik paradigma doirasida kompetensiyaviy, tizimli va integrativ yondashuvlar hamda zamonaviy didaktika, raqamli pedagogika va ta’limni individuallashtirish tamoyillari bilan asoslangan ilmiy-nazariy poydevor sifatida takomillashtirilgan xulosalardan “Bolalar adabiyoti” fani darslik mazmuniga singdirilgan hamda o‘quv mashg‘ulotlarini tayyorlash va tashkil etishda amaliyotga joriy etilib, o‘quv jarayonida izchil qo‘llanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi № 333-131-sonli ro‘yxatga olish haqidagi ma’lumotnomasi). Natijada, “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishining talabalari uchun mo‘ljallangan “Bolalar adabiyoti”  fanidan ishlab chiqilgan darslik asosida  unda mustaqil ta’lim hamda o‘quv topshiriqlari tizimi pragmatik yondashuv asosida takomillashtirilib, o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda metodik manba sifatida foydalanilgan;
“Bolalar adabiyoti” fani bo‘yicha o‘quv va mustaqil ta’lim topshiriqlarining integrativ modeli adabiy ta’lim tizimida pragmatik yo‘nalishga ega topshiriqlarning o‘rni va funksional ahamiyatini bosqichma-bosqich moslashtirish asosida talabalarda badiiy asar mazmunini anglash, uning g‘oyaviy mohiyatini ochib berish hamda ta’limning ijodiy maqsadlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan metodika sifatida takomillashtirilgan ilmiy xulosalardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialida amalga oshirilgan AI-XT-0-92997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining      2025-yil 6-avgustdagi 325-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazmuni va tuzilishi jihatidan yangilangan “Bolalar adabiyoti” fanini o‘qitishda o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqish metodikasi yanada takomillashtirilgan;
o‘quv va mustaqil ta’lim topshiriqlarini ishlab chiqish konsepsiyasi ilmiy jihatdan asoslanib, ularning didaktik-metodik funksiyalari aniqlashtirilgan holda mazmuni va tuzilishi jihatidan o‘ziga xos bo‘lgan “Bolalar adabiyoti” fani bo‘yicha yangi avlod darsligi ishlab chiqilgan hamda ushbu yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ faolligini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv va mustaqil ta’lim topshiriqlaridan foydalanish metodikasi takomillashtirilganga doir ilmiy xulosalar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va dabiyoti universiteti davlat ilmiy-texnik dasturlar doirasidagi 2020-2023 yillarda amalga oshirilgan AM-FZ-201908172- “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli loyihada foydalanilgan, bunda badiiy matn bilan ishlashning bosqichma-bosqich tashkil etilishi, interfaol va dialogik metodlardan foydalanish, nutq faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik texnologiyalar hamda mustaqil ta’lim faoliyatini loyihalash vositalarining o‘zaro uyg‘unligi asosida ilmiy jihatdan aniqlashtirilgan va ta’lim amaliyotiga joriy etilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 22-fevraldagi № 04/1-655 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishining talabalari uchun mustaqil ta’lim va o‘quv topshiriqlari tizimi pragmatik yondashuv asosida takomillashtirilgan;
adabiy ta’limni til o‘qitish jarayoni bilan uzviy integratsiyalash asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy, kommunikativ va kreativ kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmi badiiy matn bilan ishlashning bosqichma-bosqich tashkil etilishi, interfaol va dialogik metodlardan foydalanish, nutq faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik texnologiyalar hamda mustaqil ta’lim faoliyatini loyihalash vositalarining o‘zaro uyg‘unligi asosida ilmiy jihatdan aniqlashtirilganga xizmat qilgani haqidagi ilmiy xulosalar Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan olib borilgan FZ-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfavit va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” (2018-2023) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 6-avgustdagi 326-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Bolalar adabiyoti” fanini o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;
bolalar adabiyoti fanini o‘qitishda ishlab chiqilgan metodikaning samaradorligi ko‘p bosqichli pedagogik tajriba-sinovlar, ta’lim monitoringi va diagnostik baholash natijalari asosida empirik jihatdan asoslanib, statistik va sifat tahlili orqali aniqlangan ko‘rsatkichlarga tayangan holda kompetensiyaviy, integrativ va individuallashtirilgan ta’lim yondashuvlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar tizimi ishlab chiqilgan xulosalar asosida boshlangʻich ta’limda “Bolalar adabiyoti” fani darsligi yaratilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi № 333-131-sonli ruxsati bilan nashrga tavsiya etilgan). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining adabiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi   metodik ta’minot oliy pedagogik ta’lim amaliyotiga joriy etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish