Burxonova Manzura Xurshid qizining 
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini rivojlantirishning  pedegogik asoslari”,13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped ISSN2181-5763
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat pedagogika instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.13.01.
Ilmiy rahbar: Kurbanova Gulnoz Negmatovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Rasmiy opponentlar: Izbullaeva Gulchehra Valerievna pedagogika fanlari doktori (DSc), professori Samieva Shaxnoz Xikmatovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy pedagogik ta'lim sharoitida valeologik va akmeologik yondashuvlarni integrasiyalash asosida sog‘lom turmush tarzini faqat jismoniy salomatlik emas, balki shaxsiy barqarorlik, salomatlikni qadrlash, o‘zini va atrofdagilarni hurmat qilish hamda zararli odatlarga nisbatan barqaror munosabatni shakllantirish orqali bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
fanlararo transdissiplinar bog‘liqlikni ta’minlovchi “HealthCoach” intellektual raqamli ekotizimi hamda “Yangi avlod sog‘lom hayot” texnologik algoritmi asosida talabalarning shaxsiy salomatlik faoliyatini rejalashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik echimni o‘quv jarayoniga joriy etish orqali sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik mazmuni takomillashtirilgan;
sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini  transformatsiya qilishga yo‘naltirilgan  ta’lim modeli talabalarda valeologik savodxonlik va tafakkurni tarkib toptirishni ta’minlovchi “bardoshlilik – moslashuvchanlik – o‘z-o‘zini regulatsiya qilish” klasteri asosida ularning kasbiy faoliyatga valeo-psixologik tayyorgarligini aniqlovchi va impulsiv xulq-atvorni korreksiyalovchi shaxsiy-psixologik tamoyillar darajasini tashxislash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning valeologik tayyorgarligining samaradorlik darajasi shaxsga yo‘naltirilgan individual ta’lim traektoriyasini belgilovchi “shaxsiy qadriyatlar piramidasi”ni tuzishga yo‘naltirilgan kognitiv, aksiologik, amaliy, reflektiv faoliyat kompetentligi 360-darajali baholashning parameter ko‘rsatkichlarini transformatsion belgilash hamda talabalarning kasbiy-valeologik kompetentligini baholash orqali aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik asoslari mavzusi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
oliy pedagogik ta'lim sharoitida valeologik va akmeologik yondashuvlarni integrasiyalash asosida sog‘lom turmush tarzini faqat jismoniy salomatlik emas, balki shaxsiy barqarorlik, salomatlikni qadrlash, o‘zini va atrofdagilarni hurmat qilish hamda zararli odatlarga nisbatan barqaror munosabatni shakllantirish orqali bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari aniqlashtirlgan tavsiyalardan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 24-oktyabrdagi 02/01-01-411-son buyrug‘i asosida berilgan ma’lumotnoma) foydalanilgan. Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarda shaxsiy mas’uliyat va ijtimoiy faollikni oshirish orqali sog‘lom turmush tarziga ongli munosabatni  rivojlantirishga xizmat qilgan;
fanlararo transdissiplinar bog‘liqlikni ta’minlovchi “HealthCoach” intellektual raqamli ekotizimi hamda “Yangi avlod sog‘lom hayot” texnologik algoritmi asosida talabalarning shaxsiy salomatlik faoliyatini rejalashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik echimni o‘quv jarayoniga joriy etish orqali sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik mazmuni takomillashtirilga oid tavsiyalardan (Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining 2025-yil 2-iyuldagi 1-A/585-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan G.Q.0358-son guvohnoma)  “Tarbiya va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmada  foydalanilgan. Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonida fanlararo bog‘liqlik va amaliy faoliyatni integratsiyalash orqali pedagogik tayyorgarlik sifatini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini  transformatsiya qilishga yo‘naltirilgan integrativ ta’lim modeli talabalarda valeologik savodxonlik va tafakkurni tarkib toptirishni ta’minlovchi «bardoshlilik – moslashuvchanlik – o‘z-o‘zini regulatsiya qilish» klasteri asosida ularning kasbiy faoliyatga valeo-psixologik tayyorgarligini aniqlovchi va impulsiv xulq-atvorni korreksiyalovchi shaxsiy-psixologik tamoyillar darajasini tashxislash orqali takomillashtirilga oid xulosalar va tavsiyalardan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 24-oktyabr 02/01-01-411-son buyrug‘i asosida berilgan ma’lumotnoma). Natijada talabalarda sog‘lom fikrlash, gigienik madaniyat va ijtimoiy mas’uliyatni  rivojlantirishga xizmat qilgan.
bo‘lajak o‘qituvchilarning valeologik tayyorgarligining samaradorlik darajasi shaxsga yo‘naltirilgan individual ta’lim traektoriyasini belgilovchi “shaxsiy qadriyatlar piramidasi”ni tuzishga yo‘naltirilgan kognitiv, aksiologik, amaliy, reflektiv faoliyat kompetentligi 360-darajali baholashning parameter ko‘rsatkichlarini transformatsion belgilash hamda talabalarning kasbiy-valeologik kompetentligini baholash orqali aniqlashtirilgan tavsiyalardan (Adliya vazirligining DGU 54120-son guvohnomasi) “HealthCoach ‒ Sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha shaxsiy yordamchi” nomli elektron dasturni ishlab chiqishda foydalanilgan.  Natijada pedagogik jarayon samaradorligini baholash va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalari rivojlanish dinamikasini monitoring qilish tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish