Muxammadova Gulbaxor Qobiljon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): Tibbiy ta’lim talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda laborator instrumental usullardan foydalanishning uslubiy yondashuvlari (Gigiena fanini o‘qitish misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(tibbiyot).
Dissertatsiya mavzu ro‘yhatga olingan raqam: B2024.2PhD/Ped7864
Ilmiy rahbar: Ashurova Manzura Djaloldinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti. PhD 06/2025.27.12.Tib.21.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi tashkil etilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Axmadalieva Nigora Odilovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent
Axmadaliev Shoxrux Shuxratovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi
tibbiy ta’lim talabalarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda laborator-instrumental usullardan samarali foydalanish bo‘yicha uslubiy yondashuvlarni ishlab chiqish pedagogik shartlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
tibbiy ta’lim talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayonida laborator-instrumental usullardan foydalanishda mehnat gigiena fani bilan integratsiyasi hamda zamonaviy ta’lim muhitidagi didaktik imkoniyatlarining rekursiv algoritmi individual yondashuvlarning barqarorligiga emperik jihatdan ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
tibbiy ta’lim talabalarini laborator-instrumental usullardan foydalanishida strategik, metodik, refleksiyani rivojlantirish kompetensiyalari o‘zlashtirishdagi strategiyalar va zamonaviy diagnostik tizimining kategoriyalari talabalarning kelgusi faoliyatining tartiblangan algoritmik bosqichlari asosida takomillashtirilgan;
tibbiy ta’lim talabalarini kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayonida mehnat gigiena fanini o‘qitishda laborator – instrumental usullardan foydalangan holda sog‘lom turmush tarziga o‘rgatishning strategik bosqichlari klassterli yondashuvlari asosida takomillashtirilgan;
tibbiy ta’limda mehnat gigiena fanini o‘qitishda talabalarni kasbiy bilimlarini faolligini, tizimli samaradorligini aniqlash ko‘rsatkichlari va baholash mezonlari nazariy va amaliy bilimlarni didaktik jihatdan tashkil qilishning motivatsion maqsadlari tibbiy faoliyatga doir komponentlarini gorizontal va vertikal ta’sir ko‘rsatish xususiyatlari va izchillik tamoyillariga ko‘ra takomillashtirilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tibbiy ta’lim talabalarini kasbiy kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha olingan amaliy natijalar asosida:
tibbiy ta’lim talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayonida laborator-instrumental usullardan foydalanishda mehnat gigienasi fani bilan integratsiyasi hamda zamonaviy ta’lim muhitidagi didaktik imkoniyatlarining rekursiv algoritmi individual yondashuvlarning barqarorligiga emperik jihatdan barqarorligi “Mehnat gigienasi” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan ruxsatnomasi). Natijada tibbiy ta’lim talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mavzular mazmuni takomillashtirilgan;
tibbiy ta’lim talabalarini laborator-instrumental usullardan foydalanishida strategik, metodik, refleksiyani rivojlantirish kompetensiyalari o‘zlashtirishdagi strategiyalar va zamonaviy diagnostik tizimining kategoriyalari talabalarning kelgusi faoliyatining tartiblangan algoritmik bosqichlari “Mehnat gigienasi” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan ruxsatnomasi). Natijada tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishi talabalarini kasbiy kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiladigan zamonaviy yondoshuvlardan foydalanish imkoniyatlari oshgan;
tibbiy ta’lim talabalarini kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayonida mehnat gigienasi fanini o‘qitishda laborator – instrumental usullardan foydalangan holda sog‘lom turmush tarziga o‘rgatishning strategik bosqichlari “Mehnat gigienasi” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan ruxsatnomasi). Natijada tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mavzular mazmunini o‘rganishning shart-sharoitlari takomillashtirilgan