Teshaboev Azizjon Mahammadalievichning
Pedagogika fanlari bo‘yucha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya haqida
E’LON
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Tibbiy ta’limda virtual laboratoriyalar asosida talabalar multidisiplinar kompetentligini rivojlantirish metodikasi (mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya fanini o‘qitish misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzu ro‘yhatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped10978
Ilmiy rahbar: Boltaboev Ulug‘bek Abdusalimovich tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti. PhD. 06/2025.27.12.Tib.21.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi tashkil etilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Komilov Nodirbek Boqijonovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Mamajonov Boxodir Solijonovich, professor
Yetakchi tashkilot: Toshken Davlat davlat tibbiyot universtiteti Termiz filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiy ta’limda virtual laboratoriyalar asosida talabalar multidisiplinar kompetentligini rivojlantirishga doir uslubiy va amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
talabalarda multidisiplinar kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari klinik va analitik fikrlash pragmatikligini oshirishga yo‘naltirilgan metodika orqali boshqa klinik fanlar bilan identifikatsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda multidisiplinar kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari o‘quv jarayoniga kompleks yondashishning elementlarini mikrobiologiya fanini o‘rganishdagi individual ehtiyojlarini hisobga olish va amaliy yondashuvlarning uzviyligiga funksional bog‘liqligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak shifokorlarda multidisiplinar kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi mazmunini intensivlashtirishda DEAR modeli, virtual laboratoriyalar bilan integrativ mazmuniga ko‘ra klinik fikrlashga yo‘naltirilgan situatsion mashqlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda multidisiplinar kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi klinik faoliyat natijadorligini oshirishga yo‘naltirilgan o‘z-o‘zini tahlil qilish, klinik xatolarini aniqlash, klinik bilimlarini real vaziyatlarda qo‘llash salohiyatini oshirish hamda tanqidiy fikrlash va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Tibbiy ta’lim talabalarining multidisiplinar kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda multidisiplinar kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari klinik va analitik fikrlash pragmatikligini oshirishga yo‘naltirilgan metodika orqali boshqa klinik fanlar bilan identifikatsiyalashga doir takliflaridan “Mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 25 iyundagi 218 sonli nashr ruxsatnomasi) Natijada, tibbiy ta’lim talabalarining multidisiplinar kompetensiyalarini rivojlantirishning mazmun-mohiuatini tahlili va didaktik imkoniyatlarini aniqlashga erishilgan;
talabalarda multidisiplinar kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari o‘quv jarayoniga kompleks yondashishning elementlarini mikrobiologiya fanini o‘rganishdagi individual ehtiyojlarini hisobga olish va amaliy yondashuvlarning uzviyligiga funksional bog‘liqligini ta’minlashga doir takliflaridan “Mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 25 iyundagi 218 sonli nashr ruxsatnomasi) Natijada, tibbiy ta’lim talabalarining multidisiplinar kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini aniqlashtirishga erishilgan;
bo‘lajak shifokorlarda multidisiplinar kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi mazmunini intensivlashtirishda DEAR modeli, virtual laboratoriyalar bilan integrativ mazmuniga ko‘ra klinik fikrlashga yo‘naltirilgan situatsion mashqlarni kiritishga doir takliflaridan “Mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 25 iyundagi 218 sonli nashr ruxsatnomasi) Natijada tibbiy ta’lim talabalarining multidisiplinar kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha klinik zarur bilim, metodik tizim va kompetensiyalari takomillashgan.