Otaxonov Qobuljon Qaxramonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jaligi va xalq tabobati uchun ayrim biologik faol tovarlar olish hamda ularni sinflash», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41 – Xalq tabobati (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/K249.
Ilmiy maslahatchilar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor; Mo‘minjonov Mirjalol Muqimjon o‘g‘li, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat univarsiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.07.04.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Shavkat Vahidovich, kimyo fanlari doktori, professor; Abdug‘aniev Baxtiyorjon Yormuxammatovich, kimyo fanlari doktori, professor; To‘raev Zokirjon, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ayrim mahalliy xomashyolar asosida tarkibida temir saqlagan yangi biostimulyatorlar va oziq-ovqat qo‘shilmalari ishlab chiqish, ularning tarkibi va tuzilishini aniqlash, hamda tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha sinflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ferrotsenilbenzoy kislotalarning mochevina, tiomochevina hosilalari bilan reaksiyasi asosida yangi biologik faol birikmalar sintez qilish usullari ishlab chiqilgan va 3 yangi moddalar hamda ular asosida 8 ta tuzlari sintez qilingan;
ferrotsenilbenzoy kislotalarning monometilolmochevina, metilendimochevina, monometilotiomochevina, metilenditiomochevina bilan hosilalari diazotirlash reaksiyasi orqali, dimetilolmochevina, dimetiloltiomochevina bilan reaksiyasi kislotali muhitda turli xil erituvchilarda sodir bo‘lishi aniqlangan;
sintez qilingan birikmalarning kimyoviy tarkibi va tuzilishi kimyoviy tarkibi va fizikaviy xossalari IQ spektroskopiya, mass-spektrometriya va kvant-kimyoviy hisoblash metodlari yordamida aniqlangan;
ferrotsenilbenzoy kislotalar asosida sintez qilingan biostimulyatorlar uchun tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha yangi xalqaro tovar kod raqami ishlab chiqilgan;
suli, jambil, ukrop o‘simliklari asosida ishlab chiqilgan “Asshifo” oziq-ovqat qo‘shilmasi tarkibidagi kimyoviy elementlar miqdorini induksion bog‘langan plazmali optik emission spektometriya usulida 68 ta kimyoviy elementlar miqdori aniqlangan;
“Asshifo” oziq-ovqat qo‘shilmasi tarkibidagi suvda eruvchan B2, B6, B9, C vitaminlari mavjud ekanligi yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi usulida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ferrotsenkarbon kislotaning aminobenzoy kislota izomerlari bilan hosilalarini sintez qilish va ularni kimyoviy tarkibidan kelib chiqib sinflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ferrotsen, mochevina asosida sintez qilingan biologik faol birikmadan iborat “Asqob” nomli biostimulyator tovar sifatida sinflanib, unga tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha quyidagicha: “o‘simliklar rivojlanishi va hosildorligini oshiruvchi birikmalar (ferrotsen, mochevina, amigdalinning umumiy birikmasi asosida)” uchun – 3808 99 900 1 yangi xalqaro tovar kodi ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2024 yil 4- dekabrdagi 17/0524-2129-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Ferrotsenkarbon kislotaning aromatik kislota qoldiqlari tutgan birikmalari” ni sinflash imkonini bergan;
ferrotsen, mochevina asosida sintez qilingan biologik faol birikmadan iborat “Asqob” nomli biostimulyatorini qo‘llash texnologiyasi Andijon viloyatida jami 347 gektar g‘o‘za maydonlariga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 27 sentyabrdagi 22-05/4951-son ma’lumotnomasi). Natijada, biostimulyator bilan ishlov berilgan g‘o‘za maydonlarida 5,8-6,0 s/ga qo‘shimcha hosil olish imkonini bergan;
suli, jambil, ukrop o‘simliklari asosida ishlab chiqilgan “Asshifo” oziq-ovqat qo‘shilmasini ishlab chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ruxsatnoma berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 13 yanvardagi No 000840-son ruxsatnomasi). Natijada, suli, jambil, ukrop o‘simliklari asosida yangi turdagi oziq-ovqat qo‘shilmalari ishlab chiqarish imkonini bergan.