Tashpulatova Shahnoza Abdullaxatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Homiladorlarda surunkali virusli gepatit V va D ning kechish xususiyatlari», 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Tib800.
Ilmiy maslahatchi: [Axmedova Muboraxon Djalilovna], tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.01.
Rasmiy opponentlar: Bayjanov Allabergan Kadirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibadova Gul`nara Alievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Utepbergenova Gul`mira Alkenovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homiladorlarda surunkali virusli gepatit V va D ning kechish xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor surunkali virusli gepatit V bilan kasallangan homiladorlarda jigardagi surunkali jarayon 88,7% holatda ikkinchi va uchinchi trimestrlarda faollashishi sog‘lom homiladorlik trimestrlariga muvofiq IL-6 va IL-10 profili bilan bog‘liq ekanligi asoslangan;
ilk bor del`ta agentli surunkali virusli gepatit V bilan kasallangan homiladorlarda jigardagi surunkali jarayon faolligini homiladorlikning birinchi trimestridan ortishi, IL-6/IL-10 nisbati 0,6 dan yuqori bo‘lishi bilan bog‘liqligi asoslangan;
ilk bor del`ta agentidan qat’iy nazar surunkali virusli gepatit V bilan kasallangan homiladorlarda VEGF-A genining -2578 C/A (s699947) va -1154 G/A (rs1570360) lokusidagi CA va GA genotiplari jigardagi surunkali yallig‘lanish biomarkerlari (virusli yuklama, alaninaminotransferaza) qiymatini past darajada saqlanishi, homiladorlikni asoratsiz yakunlanishiga himoyalovchi omil ekanligi isbotlangan;
ilk bor homiladorlarda surunkali virusli gepatitlar og‘ir kechishi, homiladorlikni asoratli yakunlanishi VEGF-A genining -2578 C/A (s699947) va -1154 G/A (rs1570360) lokusidagi AA gomozigot genotiplar hamda ularning kombinatsiyalari bilan bog‘liq ekanligi isbotlangan;
ilk bor del`ta agentidan qat’iy nazar surunkali virusli gepatit V bilan kasallangan homiladorlarda VEGF-A genining -2578 C/A (s699947) va -1154 G/A (rs1570360) lokusidagi AA gomozigot genotiplar hamda ularning kombinatsiyalari endoteliy faollashuvi hisobiga gemostaz tizimining giperkoagulyasiyaga olib kelishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik Kengashning 2025 yil 10 iyundagi 19-sonli yig‘ilishi bayonnomasiga asosan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor, surunkali virusli gepatit V (SVGV) bilan kasallangan homiladorlarda jigardagi surunkali jarayon 88,7% holatda ikkinchi va uchinchi trimestrlarda faollashishi sog‘lom homiladorlik trimestrlariga muvofiq IL-6 va IL-10 profili bilan bog‘liq ekanligini asoslanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 21 iyundagi 06-24/353-t son bilan tasdiqlangan «Surunkali B va D gepatitda homiladorlikni salbiy oqibatlar bilan tugallanishini bashoratlash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasining 24.10.2024 yildagi 150-sonli va Xorazm viloyati, Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining 06.01.2025 yildagi 28-I-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik Kengashning 2025 yil 10 iyundagi 19-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: SVGV bo‘lgan homiladorlarda klinik-laborator ko‘rsatkichlar trimestrga bog‘liq og‘irlashishi tufayli har bir trimestrda xavfni erta baholash va o‘z vaqtida davolash og‘ir asoratlarning oldini olib, ona va bola salomatligini saqlash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: SVGV bo‘lgan homiladorlarda xavfni erta baholash, erta davrda nazoratga olish asoratli bemorlarni davolashga ketadigan harajatlarni 4 barobarga tejalishiga erishildi (har bir bemordan 11250000 so‘m tejaldi).
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor, del`ta agentli SVGV bilan kasallangan homiladorlarda jigardagi surunkali jarayon faolligini homiladorlikning birinchi trimestridan ortishi, IL-6/IL-10 nisbati 0,6 dan yuqori bo‘lishi bilan bog‘liqligini asoslanishi Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 21 iyundagi 06-24/353-t son bilan tasdiqlangan «Surunkali B va D gepatitda homiladorlikni salbiy oqibatlar bilan tugallanishini bashoratlash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasining 24.10.2024 yildagi 150-sonli va Xorazm viloyati, Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining 06.01.2025 yildagi 28-I-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik Kengashning 2025 yil 10 iyundagi 19-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: D agentdan qat’iy nazar, SVGV bilan kasallangan ayollar navbatdagi homiladorlikning erta muddatlarida sitokinlar qiymatini aniqlash hamda IL-6/IL-10 nisbati 0,6 dan yuqori bo‘lgan holatda, ginekolog va infeksionist nazorati ostida davolash kompleksiga aminokislotali (L-Arginin) preparatni kiritish og‘ir asoratlar rivojlanish ehtimolini har ikkitadan bitta ayolda bartaraf etilishiga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: D agentdan qat’iy nazar, SVGV bilan kasallangan homiladorlarda sitokinlar qiymatiga asoslangan holda patogenetik davoni o‘tkazish asoratli homiladorlikni davolashga ketadigan harajatlarni 45% ga tejalishiga olib keladi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor, del`ta agentidan qat’iy nazar surunkali virusli gepatit V bilan kasallangan homiladorlarda VEGF-A genining -2578 C/A (s699947) va -1154 G/A (rs1570360) lokusidagi CA va GA genotiplari jigardagi surunkali yallig‘lanish biomarkerlari (virusli yuklama, alaninaminotransferaza) qiymatini past darajada saqlanishi, homiladorlikni asoratsiz yakunlanishiga himoyalovchi omil ekanligi Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 2 fevraldagi 02-25/497-t son bilan tasdiqlangan «Surunkali D va B gepatitda asoratli homiladorlikni bashoratlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 17.03.2025 yildagi 132-I sonli va Xorazm viloyati, Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining 03.03.2025 yildagi 32-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik Kengashning 2025 yil 10 iyundagi 19-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: VEGF A ning rs699947 polimorf lokusidagi -2578 C/A hamda rs1570360 polimorf lokusidagi - 1154 G/A gen polimorfizmi kombinatsiyasida gomozigot AA genotipi bo‘lgan xavf guruhidagi ayollarni ajratib olish hamda patogenetik davo choralarini tavsiya etish imkoni homilaichi davrida gipoksiya kuzatilish ehtimolini kamayishiga, vaqtiga etib, tabiiy tug‘ruq kuzatilish sonini ortishiga, chaqaloqlarni 2500 g dan yuqori tana og‘irligi bilan tug‘ilishiga sabab bo‘ldi. Iqtisodiy samaradorligi: VEGF A ning rs699947 polimorf lokusidagi -2578 C/A hamda rs1570360 polimorf lokusidagi - 1154 G/A gen polimorfizmi kombinatsiyasida gomozigot AA genotipi bo‘lgan xavf guruhidagi ayollarni ajratib olish hamda patogenetik davo choralarini tavsiya etish imkoni 11896000 so‘mni tejalishiga olib keldi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor homiladorlarda surunkali virusli gepatitlar og‘ir kechishi, homiladorlikni asoratli yakunlanishi VEGF-A genining -2578 C/A (s699947) va -1154 G/A (rs1570360) lokusidagi AA gomozigot genotiplar hamda ularning kombinatsiyalari bilan bog‘liq ekanligi Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 2 fevraldagi 02-25/497-t son bilan tasdiqlangan «Surunkali D va B gepatitda asoratli homiladorlikni bashoratlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 17.03.2025 yildagi 132-I sonli va Xorazm viloyati, Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining 03.03.2025 yildagi 32-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik Kengashning 2025 yil 10 iyundagi 19-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: VEGF A ning rs699947 polimorf lokusidagi -2578 C/A hamda rs1570360 polimorf lokusidagi - 1154 G/A gen polimorfizmi kombinatsiyasida gomozigot AA genotipi bo‘lgan ayollar davolash kompleksiga Arginin dori vositasini kiritish, homilaichi davrida gipoksiya kuzatilish ehtimolini kamayishiga, vaqtiga etib, tabiiy tug‘ruq kuzatilish sonini ortishiga, chaqaloqlarni 2500 g dan yuqori tana og‘irligi bilan tug‘ilishiga sabab bo‘ldi. Iqtisodiy samaradorligi: SVGV bilan kasallangan ayollar davolash kompleksiga Arginin dori vositasini kiritish asoratli homiladorlikni davolashga ketadigan harajatni har bir bemorga 11896000 so‘mga tejalishiga olib keldi.
beshinchi ilmiy yangilik: ilk bor del`ta agentidan qat’iy nazar surunkali virusli gepatit V bilan kasallangan homiladorlarda VEGF-A genining -2578 C/A (s699947) va -1154 G/A (rs1570360) lokusidagi AA gomozigot genotiplar hamda ularning kombinatsiyalari endoteliy faollashuvi xisobiga gemostaz tizimining giperkoagulyasiyaga olib kelishi Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 2 fevraldagi 02-25/497-t son bilan tasdiqlangan «Surunkali D va B gepatitda asoratli homiladorlikni bashoratlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining 17.03.2025 yildagi 132-I sonli va Xorazm viloyati, Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining 03.03.2025 yildagi 32-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik Kengashning 2025 yil 10 iyundagi 19-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: VEGF A ning rs699947 polimorf lokusidagi -2578 C/A hamda rs1570360 polimorf lokusidagi - 1154 G/A gen polimorfizmi kombinatsiyasida gomozigot AA genotipi bo‘lgan ayollar davolash kompleksiga Arginin dori vositasini kiritish, homilaichi davrida gipoksiya kuzatilish ehtimolini kamayishiga, vaqtiga etib, tabiiy tug‘ruq kuzatilish sonini ortishiga, chaqaloqlarni 2500 g dan yuqori tana og‘irligi bilan tug‘ilishiga sabab bo‘ldi. Iqtisodiy samaradorligi: SVGV bilan kasallangan ayollar davolash kompleksiga Arginin dori vositasini kiritish asoratli homiladorlikni davolashga ketadigan harajatni har bir bemorga 11896000 so‘mga tejalishiga olib keldi.