Abdurahimova Dilnoza Ravshanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «HBV, HDV infeksiyasining ohirgi bosqichidagi jigar transplantatsiyasida klinik va virusologik paralelliklar», 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3339.
Ilmiy rahbar: Kasimova Ra’no Ibragimovna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.01.
Rasmiy opponentlar: Xudaykulova Gulnara Karimovna, tibbiyot, fanlari doktori, professor; Dolimov Tohir Kenjabekovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: HBV, HDV infeksiyasining oxirgi bosqichidagi jigar transplantatsiyasida klinik va virusologik parallelliklarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor HBV, HDV etiologiyali jigar sirrozli bemorlarda jigar transplantatsiyasi amaliyoti halqaro MELD shkalasi bo‘yicha 20,3 ball ko‘rsatkichida o‘tkazalganligi sababli bemorlarning transplantatsiyadan keyingi 3 oylik yashovchanlik darajasi 90% ga ortganligi isbotlangan;
ilk bor HBV va HDV etiologiyali jigar sirrozli bemorlarda 2 yil davomida laborator ko‘rsatkichlarni to‘liq normallashishi jigar transplantatsiyasidan keyingi xolestazning biliar traktdagi funksional xolatiga va transplantatga adaptatsiya jarayoni bilan bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor HBV va HDV etiologiyali jigar sirrozli bemorlarda jigar transplantatsiyasidan so‘ng bemorlarga immunoglobulinoterapiya (HBIG) o‘tkazilmagan xolatlarda HBsAg saqlanishi 17,9% ni, HBV DNK va HDV RNK residivi esa 4,2% ni tashkil qilishi aniqlangan;
ilk bor jigar transplantatsiyasi o‘tkazilgan bemorlarda Epshteyn-Barr virusi, sitomegalovirus va inson gerpesvirusi-6 DNKsi qon zardobida salbiy bo‘lishiga qaramay, mononuklear hujayralarda 38,4% holatda musbat aniqlanishi latent gerpesvirus infeksiyalarining reaktivatsiyasi bilan transplantatning erta davrda (3-12 oy) rad etilishi 26,7% va kechki davrda (1-5 yil) rad etilishi 18,2% holatlarda bevosita bog‘liqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabrdagi 27-sonli yig‘ilish baѐnnomasiga asosan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliѐtga tadbig‘i bo‘yicha №27/27 sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor HBV, HDV etiologiyali jigar sirrozli bemorlarda jigar transplantatsiyasi amaliyoti halqaro MELD shkalasi bo‘yicha 20,3 ball ko‘rsatkichida o‘tkazalganligi sababli bemorlarning transplantatsiyadan keyingi 3 oylik yashovchanlik darajasi 90% ga ortganligi isbotlanganligi bo‘yicha olingan natijalar Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti Ekspert kengashining 2025 yil 20 may 1n-r/2-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan «HBV, HDV etiologiyali virusli sirrozla ortotopik jigar transplantatsiyasidan oldin va keyin bemorlarni boshqarish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar V.Voxidov nomidagi RIXIAM bo‘yicha 10.09.2025 yildagi 172-son va RIEMYuPIAMTning Farg‘ona filiali bo‘yicha 28.06.2025 yildagi 43-son hamda RIEYuPKIAMTning Buxoro viloyat filiali bo‘yicha 25.06.2025 yildagi 66-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabrdagi 27/27 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: virusli gepatit B va D bilan bog‘liq jigar sirrozini erta aniqlash va vaqtida transplantatsiyaga yo‘naltirish mehnatga layoqatli aholida nogironlikka olib keluvchi asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: transplantatsiyadan keyin profilaktik antivirus terapiyasini o‘z vaqtida qo‘llash natijasida retransplantatsiya ehtiyojining kamayishi bir bemor uchun qo‘shimcha jarrohlik, reanimatsiya va statsionarga sarflanadigan xarajatlarni tejash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor HBV va HDV etiologiyali jigar sirrozli bemorlarda 2 yil davomida laborator ko‘rsatkichlarni to‘liq normallashishi jigar transplantatsiyasidan keyingi xolestazning biliar traktdagi funksional xolatiga va transplantatga adaptatsiya jarayoni bilan bog‘liqligi isbotlanganligi bo‘yicha olingan natijalar Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti Ekspert kengashining 2025 yil 20 may 1n-r/2-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan «HBV, HDV etiologiyali virusli sirrozla ortotopik jigar transplantatsiyasidan oldin va keyin bemorlarni boshqarish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar V.Voxidov nomidagi RIXIAM bo‘yicha 10.09.2025 yildagi 172-son va RIEMYuPIAMTning Farg‘ona filiali bo‘yicha 28.06.2025 yildagi 43-son hamda RIEYuPKIAMTning Buxoro viloyat filiali bo‘yicha 25.06.2025 yildagi 66-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabrdagi 27/27-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: jigar transplantatsiyasidan keyin virusologik monitoringni takomillashtirish infeksiya residivini barvaqt aniqlashga va asoratlarni oldini olishga imkon beradi, bu esa bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: Jigar transplantatsiyasidan keyin erta davrda GGT va IFni muntazam nazorat qilish bilan birgalikda UDXKni qo‘llash 12 oy davomida 7,824 million so‘m qo‘shimcha xarajatlarni talab qiladi, ammo klinik samaradorlikni 40% dan 70% gacha oshiradi. Bunda jami xarajatlar 600 mln. so‘mdan 307,824 mln. so‘mga kamayib, 292,176 mln. so‘m iqtisod qilinishini ta’minlaydi. Inkremental koeffisientni (ICER) hisoblash shuni ko‘rsatdiki, bitta qo‘shimcha samaradorlik o‘sishining qiymati 2,12 million so‘mni tashkil etadi, bu takroriy jigar transplantatsiyasi (300 million so‘m) narxi bilan solishtirganda iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor HBV va HDV etiologiyali jigar sirrozli bemorlarda jigar transplantatsiyasidan so‘ng bemorlarga immunoglobulinoterapiya (HBIG) o‘tkazilmagan xolatlarda HBsAg saqlanishi 17,9% ni, HBV DNK va HDV RNK residivi esa 4,2% ni tashkil qilishi aniqlanganligi bo‘yicha olingan natijalar Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti Ekspert kengashining 2025 yil 20 may 1n-r/2-son bilan tasdiqlangan «HBV, HDV etiologiyali virusli sirrozla ortotopik jigar transplantatsiyasidan oldin va keyin bemorlarni boshqarish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar V.Voxidov nomidagi RIXIAM bo‘yicha 10.09.2025 yildagi 172-son va RIEMYuPIAMTning Farg‘ona filiali bo‘yicha 28.06.2025 yildagi 43-son hamda RIEYuPKIAMTning Buxoro viloyat filiali bo‘yicha 25.06.2025 yildagi 66-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabrdagi 27/27-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: antivirus profilaktikasini optimallashtirish orqali retransplantatsiya ehtimolining kamayishi sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan yukni pasaytiradi va tibbiy xarajatlarni sezilarli kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Virusga qarshi terapiya (2,24 mln so‘m) va muntazam virusologik monitoringni (1,51 mln so‘m) o‘z ichiga olgan jigar transplantatsiyasidan keyin bemorni parvarish qilish uchun yillik xarajatlar yiliga atigi 3,75 mln so‘mni tashkil etadi. Ushbu nisbatan kichik investisiyalar takroriy jigar transplantatsiyasi zaruriyatida yuzaga keladigan 296,25 mln so‘m miqdoridagi iqtisodiy yo‘qotishning oldini olish imkonini beradi. Bunday kichik yillik xarajatlar tufayli biz takroriy jigar transplantatsiyasi zarurati tufayli yuzaga keladigan qariyb 300 million so‘mlik iqtisodiy yo‘qotishni bartaraf etamiz.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor jigar transplantatsiyasi o‘tkazilgan bemorlarda Epshteyn-Barr virusi, sitomegalovirus va inson gerpesvirusi-6 DNKsi qon zardobida salbiy bo‘lishiga qaramay, mononuklear hujayralarda 38,4% holatda musbat aniqlanishi latent gerpesvirus infeksiyalarining reaktivatsiyasi bilan transplantatning erta davrda (3-12 oy) rad etilishi 26,7% va kechki davrda (1-5 yil) rad etilishi 18,2% holatlarda bevosita bog‘liqligi asoslanganligi bo‘yicha olingan natijalar Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti Ekspert kengashining 2025 yil 20 may 1n-r/2-son bilan tasdiqlangan «HBV, HDV etiologiyali virusli sirrozla ortotopik jigar transplantatsiyasidan oldin va keyin bemorlarni boshqarish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar V.Voxidov nomidagi RIXIAM bo‘yicha 10.09.2025 yildagi 172-son va RIEMYuPIAMTning Farg‘ona filiali bo‘yicha 28.06.2025 yildagi 43-son hamda RIEYuPKIAMTning Buxoro viloyat filiali bo‘yicha 25.06.2025 yildagi 66-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabrdagi 27/27-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sirroz bilan kasallangan bemorlarning sog‘lomligi tiklanishi ularning jamiyatda faol ishtirok etishini, ishga qaytishini va oilaviy-ijtimoiy barqarorlikni saqlab qolish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: monitoring strategiyasida yillik xarajatlar har bir bemor uchun 3,756 million so‘mni tashkil etadi (monitoring + profilaktika), valgansiklovirni barcha IFA-ijobiy bemorlarga tayinlashga asoslangan avvalgi yondashuv esa 1,604 million so‘mni tashkil etgan. Shu bilan birga, yangi strategiyaning samaradorligi standart yondashuvda 38,4% ga nisbatan 61,6% ga etadi. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatdiki, infeksiyaning qayta faollashuvining bitta qo‘shimcha holatini oldini olish narxi taxminan 9,27 million so‘mni tashkil etadi, bu rivojlangan opportunistik infeksiyani davolash xarajatlaridan (30-60 million so‘m) ancha past.
Shunday qilib, IFA+PZR algoritmi klinik jihatdan maqsadga muvofiq va iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lib, jigar transplantatsiyasidan keyin bemorlarda og‘ir asoratlarning oldini olish va virusga qarshi dori vositalaridan foydalanishni optimallashtirish imkonini beradi.