Ochilov Yunus Ochil o‘g‘lining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Differensiallashgan tariflar tizimini qo‘llash orqali energiya samaradorligini oshirish” (Qarshi shahri va tumani iste’molchilari misolida), 05.05.01- “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: PhD.03/2025.28.11.T.16.01.
Ilmiy rahbar:  Bobojanov Maxsud Kalandarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.28.11.T.16.01
Rasmiy opponentlar: Kadirov Kamoliddin Shuxratovich - texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Shoboev Alisher Hikmatillaevich - texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: maishiy elektr energiyasi iste’molchilarini differensiallashgan tariflar tizimiga o‘tkazish orqali energiya samaradorligini oshirish, elektr yuklama grafiklarini tekislash va ta’minlovchi kuch transformatorlarida energiya isrofini kamaytirishdan iborat.
III. Tatqiqotning ilmiy yangiligi:
maishiy iste’molchilarning iste’mol rejimlarini hisobga olgan holda elektr energiyasiga bo‘lgan talab ko‘rsatkichlari tahlili asosida elektr energetika tizimida maishiy iste’molchilarni differensiallashgan tariflar tizimiga o‘tkazish usuli ishlab chiqilgan;
maishiy iste’molchilarning iste’mol talabi o‘zgarishini monitoring qilish asosida, iste’molchilarning iste’mol rejimlarini hisobga olgan holda ta’minlovchi kuch transformatorlarida quvvat isrofini hisoblash usuli va algoritmi takomillashtirilgan;
iste’molchilarning elektr energiyasiga bo‘lgan talab ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda, iste’molchilarning elektr energiyasiga bo‘lgan talab ko‘rsatkichlarining elektr yuklama grafiklari shakllanishiga ta’sirini baholash uchun matematik model va algoritm ishlab chiqilgan;
maksimal yuklamalar va energiya sarfini tadqiqi asosida maishiy iste’molchilarni differensiallashgan tariflar tizimiga o‘tkazish orqali elektr yuklama grafiklarini tekislash va umumiy sarf xarajatlarni kamaytirishning matematik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi: Energetika sohasida maishiy iste’molchilar uchun differensiallashgan tariflar tizimini joriy etish asosida: 
“Hududiy elektr tarmoqlari” Qashqadaryo hududiy filiali bilan tuzilgan EE/23-100 raqamli shartnoma asosida Qarshi shahar «Cho‘lquvar» mahallasidagi TM-630/10/0,4 quvvati 630 kVA bo‘lgan 8 ta transformatorlardan ta’minot oladigan elektr iste’molchilariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi tomonidan 2025 yil 28-avgustda 01-28-1499 sonli ma’lumotnomasi). Natijada  oyiga 2 797 710 so‘m, bir yilda 268 580 160 so‘m mablag‘ tejab qolish imkonini bergan.
“Hududiy elektr tarmoqlari” Qashqadaryo hududiy filiali tasarrufidagi «Xonobod» MFY da o‘rnatilgan TM-160/10/0,4 quvvati 160 kVA transformator iste’molchilariga differensiallashgan tariflar tizimi joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi tomonidan 2025 yil 28-avgustda 01-28-1499 sonli ma’lumotnomasi). Natijada oyiga 2 812 422 so‘m miqdoridagi harajatlari kamayishi mumkinligi aniqlangan, hamda transformatorlarda elektr energiya isrofi sarfini 8 % gacha kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish